Alohida mehnat shartnomasini tuzish zarurati

preview

Tashkilotda jamoa shartnomasi rasmiylashtirilib, unga ish beruvchining mansabdor shaxslari barcha lavozimlar va ular boʻyicha mehnatga haq toʻlash miqdorlarini kiritdi. Endi ishga yangi xodim kelganda faqat direktorning buyrugʻi chiqariladi. Xodimlar  bilan mehnat shartnomasi  tuzilmaydi.

Tashkilot shunday yoʻl tutishga haqlimi? Agar haqli boʻlsa, unga va uning mansabdor shaxslariga jarima solinadimi?

 

Tashkilotning harakatlari noqonuniy. Mehnat kodeksining 82-moddasida har bir xodim bilan alohida yozma mehnat shartnomasi tuzishning zarurligi aniq qilib belgilab qoʻyilgan.

Shartnoma ikki nusxada tuziladi. Bunda birinchi nusxasi xodimga beriladi, ikkinchi nusxasi esa ish beruvchida saqlanadi.

Jamoa shartnomasi va rahbarning buyrugʻi mehnat shartnomasi oʻrnini bosa olmaydi.

Shunga koʻra tashkilot mehnat qonun hujjatlarini buzmoqda. Agar Davlat mehnat inspeksiyasidan tekshiruv kelsa, tashkilotning mansabdor shaxslariga Oʻzbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 49, 255-moddalariga koʻra jarima solinishi mumkin.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Oʻzbekistonda jamoa shartnomalari (bitimlari) – jamoa shartnomalarining shartlari, jamoa kelishuvlarini rasmiylashtirish qoidalari jamoa shartnomalari, jamoa kelishuvlari, jamoa shartnomalarini rasmiylashtirish, jamoa kelishuvlarini rasmiylashtirish, oʻzbekistonda jamoa shartnomalari, oʻzbekistonda jamoa kelishuvlari Oʻzbekistonda jamoa shartnomalari (bitimlari). Jamoa shartnomalari va kelishuvlarini tuzish tartibi. kadrovik.uz saytida jamoa shartnomalarini rasmiylashtirish qoidalari, jamoa kelishuvlari shartlari ham taqdim etilgan /oz/publish/doc/text176345_tashkilotda_jamoa_shartnomasi_rasmiylashtirilib