Noyabr oyida har bir kadrovikka asqotadi:
Alimentlar boʻyicha qarzdor haqida ma’lumot berish
Tashkilotga bir ayol kelib, oʻzini yangi xodimlardan birining sobiq xotini deb tanishtirdi va goʻyoki sobiq erining ish haqi miqdori bilan qiziqdi, buni aliment undirish zaruriyati yuzasidan deb tushuntirdi. Ayol uning shaxsini tasdiqlovchi hujjat va aliment olish huquqini tasdiqlovchi hech qanday hujjat taqdim etmadi. Tashkilot soʻralgan ma’lumotni berishga haqlimi?
Qonun ish beruvchiga shunday ma’lumotlarni berish majburiyatini yuklamaydi.
Adliya vazirining AV tomonidan 2009 yil 8 iyulda 1980-son bilan roʻyxatga olingan Buyrugʻi bilan tasdiqlangan Qarzdor jismoniy shaxsga ish haqi yoki unga tenglashtirilgan boshqa toʻlovlarni toʻlayotgan tashkilotlar yoki boshqa shaxslar tomonidan ijro hujjatlarini ijro etish Qoidalarining 18-bandiga muvofiq undiruvchi tashkilotdan ijro hujjati boʻyicha ish haqidan ushlab qolingan qarzdorning talabi boʻyicha tashkilot amalga oshirilgan undiruvlar yuzasidan ma’lumotnoma talab qilishga haqlidir (u esa, oʻz navbatida, buni bajarishga majbur). Biroq, ushbu hujjatni taqdim etishdan oldin ish beruvchi uning undiruvchi ekanligiga ishonch hosil qilishi lozim. Buning uchun shaxsni tasdiqlovchi va shaxs undiruvchi ekanligiga dalil hisoblangan hujjatlarni talab qilish zarur (FPKga muvofiq ijro hujjatlarida undiruvchiga oid ma’lumotlar koʻrsatiladi). Ish beruvchilarga undiruvchidan shaxsiy ma’lumotlarni koʻrsatgan holda yozma murojaat qilishini talab qilishni tavsiya qilish mumkin.