Ish vaqti hisobi qanday yuritiladi

preview

Ish vaqtini hisobga olishning qaysi turini tanlash kerak

Amaliyotda ish vaqtini hisobga olishning ikki turidan foydalanadilar:

  • kundalik;
  • jamlab hisobga olish.

Kundalik hisobda ish vaqti – har bir ish kuni va har bir ish haftasining davomiyligi tegishli toifadagi ishchilar uchun belgilangan normadan oshmagan holda taqsimlanadi. Ya’ni, xar bir xodimning ishlagan soatlari kunlik hisoblanadi.

Kuniga ish vaqtining normal muddati olti kunlik ish haftasida har kungi ishning muddati yetti soatdan, besh kunlik ish haftasida esa sakkiz soatdan ortib ketmasligi lozim. Ish haftasi, oʻz navbatida haftasiga qirq soatdan ortiq boʻlishi mumkin emas . Ammo olti kunlik ish haftasida (6 x 7 = 42) ortiqcha ishlamaslik uchun siz ish vaqtini taqsimlashning turli variantlarini koʻrib chiqishingiz mumkin. Masalan:

haftasiga besh kun – 7 soatdan, shanba kuni – 5 soat (35 + 5 = 40);

haftasiga toʻrt kun – 7 soatdan, ikki kun – 6 soatdan (28 + 12 = 40) va boshqalar.

Belgilangan muddatdan ortiq ish vaqtini ish vaqtidan tashqari ish deb hisoblang.

Boshqacha qilib aytadigan boʻlsak, xodimning bir ish kunida ortiqcha ishlaganligi (kam ishlaganligi) uchun oʻsha yoki boshqa haftaning boshqa kunlarida kam ishlashi (ortiqcha ishlashi) bilan kompensatsiya qilinishi mumkin emas.

Misol
Ortiqcha ishlangan ish vaqti 
Xodim besh kunlik ish haftasida sakkiz soatlik ish kuniga ega. Dushanba kuni xodim oʻn soat ishlagan, ya’ni ikki soat ortiqcha ishlagan.
Ushbu ikki soat ish ish vaqtidan tashqari ish hisoblanadi va unga oshirilgan ish haqi toʻlanishi yoki dam olish bilan kompensatsiya qilinishi kerak.

Shuni yodda tutingki, ba’zi xodimlar qisqartirilgan yoki yarim kunlik ish soatlariga ega boʻlishi mumkin. Shuning uchun ularning ish vaqtining kunlik normasi umumiy belgilanganidan kamroq boʻladi.

Misol
Nogiron xodim uchun ish vaqti normasining hisob-kitobi
Nogiron xodim haftasiga oʻttiz olti soatdan ortiq ishlamasligi kerak . Shuning uchun unga kuniga olti kunlik ish haftasida olti soatdan, besh kunlik ish haftasida yetti soatdan oshmagan ish vaqtini belgilash zarur.

Ish vaqtini jamlab hisobga olishda uning normasiga xar kuni amal qilinmaydi, oʻzoqroq muddatga (hisobga olinadigan davr) – bir oy, chorak, yarim yil lekin bir yildan oshmagan muddatga amal qilinadi. Ya’ni ishning kunlik yoki haftalik muddati oʻzgarishi mumkin va natijada paydo boʻlgan ortiqcha ishlaganlik yoki normada ishlamaslik holatlari hisob-kitob davrida muvozanatlanadi.

Odatda, agar korxonada bajariladigan topshiriqlar hajmi bir xil boʻlmasa (qurilish-montaj ishlari, qishloq xoʻjaligi va boshqalar) uzoq hisobga olish davri (chorak, yarim yil, yil) belgilanadi..

Shuningdek, moslashuvchan yoki smenali ish jadvalida, vaxta usulida uzluksiz ishlab chiqarishlarda va boshqalarda jamlab hisobga olishning hisobini yuritish maqsadga muvofiq boʻladi.

Tashkilotingizda bir xil kundalik ish soatlari bilan barqaror ish jadvali mavjud boʻlsa, masalan 8:00 dan 17:00 gacha, 9:00 dan 18:00 gacha va hakoza, kundalik hisobdan foydalaning.

Ish vaqtini jamlab hisobga olishni qoʻllanish tartibi, jamoa shartnomasida belgilanadi, agar u tuzilmagan boʻlsa, - ish beruvchi tomonidan xodimlarning boshqa vakillik organi bilan kelishib belgilanadi . Unda bularni koʻrsatishingiz kerak:

  • ish vaqtini jamlab hisobga olish qoʻllaniladigan shaxslar doirasini;
  • hisob olish davrining uzunligi va boshqalarni.

Ish smenasining davomiyligini, kundalik ishning boshlanish va tugash vaqtini, smenalarni almashtirish tartibi va jamlab hisobga olishning boshqa masalalari ichki mehnat qoidalarida, shuningdek ish va dam olish vaqti toʻgʻrisidagi nizomda, smena jadvallarida va boshqa korxonaning mahalliy hujjatlarida aks ettirish mumkin.

E’tibor bering
Bunda hisobga olinadigan davr bir yildan, kundalik ish vaqtining (smenaning) muddati esa oʻn ikki soatdan ortib ketmasligi kerak, ishning tugashi bilan keyingi kuni (smenada) ish boshlanishi oʻrtasidagi kundalik dam olish vaqtining muddati oʻn ikki soatdan kam boʻlmasligi kerak .
Vaziyat
Ish jadvali “Uch kundan keyin”
Oʻrta tibbiyot xodimlar uchun xususiy klinikada ish jadvali “Uch kundan keyin” qilib belgilangan.
Hisobga olish davrining ruxsat etilgan davomiyligiga amal qilinsa, bunday ish vaqti rejimini qoʻllash mumkinmi?
– Mumkin emas. Hisobga olish davrida ishlagan umumiy vaqt ushbu xodim uchun belgilangan ish vaqti normasiga toʻgʻri kelsa ham, ish smenasining davomiyligi oʻn ikki soatdan oshmasligi kerak

Quyidagilar uchun ish vaqtini jamlab hisobga olish mumkin emas:

  • oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan xodimlarga  ;
  • homilador ayollarni va oʻn toʻrt yoshga toʻlmagan bolasi (oʻn olti yoshga toʻlmagan nogiron bolasi) bor ayollarni ularning roziligisiz  ;
  • nogiron shaxslarga nogironlik guruhidan qat’iy nazar – ularning roziligisiz va ijobiy tibbiy xulosaga ega boʻlmaganlarga  .

Hisobga olish davrida ishlangan vaqt belgilangan normadan oshmasligiga amal qiling. Masalan, agar hisobga olish davri uchun bir oy qabul qilingan boʻlsa, u holda bir hafta ichida xodim qirq soatdan ortiq ishlashi mumkin, lekin oylik hisob-kitobda ortiqcha ish boʻlmasligi kerak. Ishlangan soatlarning umumiy soni ruxsat etilgan hisobga olish davri uchun ish vaqtining davomiyligiga mos kelishi kerak. Hisobga olish davridagi ish vaqti normasidan ortiq ish ish vaqtidan tashqari ish hisoblanadi.


Hisobga olish davri uchun ruxsat etilgan ish vaqtining davomiyligini qanday hisoblash kerak

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi xar yili kelgusi yil uchun ish vaqtining tavsiya etilgan hisobini ishlab chiqadi. Unda ish haftasi turidan kelib chiqqan holda xar oy, chorak, yarim yil va butun yil uchun ish soatlari/kunlari soni va ish vaqti normasi toʻgʻrisidagi ma’lumotlari mavjud boʻladi.

2021 yil uchun tavsiya etilgan ish vaqti hisob-kitobiga bu yerda qarang.

Xodimlaringizning ish vaqtini qayd etishda, shu jumladan, hisobga olish davrida ortiqcha ishlangan yoki kam ishlangan soatlar balansini oʻrnatishda qoʻllanma sifatida foydalaning.

Vaziyat
Ish vaqtini jamlab hisobga olishda ish soatlari balansini oʻrnatish
Korxonada qirq soatlik, besh kunlik ish haftasi oʻrnatilgan. Ish vaqtini jamlab hisobga olish qoʻllaniladi. Hisobga olish davri – oy. 2021 yilning avgust oyi birinchi ikki haftasida xodim toʻqson soat ishladi.
Avgust oyida ruxsat etilgan ish vaqtining qolgan davomiyligi qancha?
2021 yilgi ish vaqti hisob-kitobiga koʻra, avgust oyida ish vaqti normasi 175 soatni tashkil etadi. Xodim 90 soat ishlagan. Bu beliglayengan normadan 10 soat oshiq (40 + 40 = 80 soat). Shunga koʻra, oyning keyingi qolgan kunlariga u 85 soatdan oshmasligi kerak (175 – 90 = 85 soat).

Muayyan davrlar uchun ish vaqtining normasini siz oʻzingiz hisoblab chiqarishingiz mumkin. U xodimga haftasiga belgilangan ish vaqti davomiyligiga bogʻliq holda hisoblanadi (40 soat, 36 soat, 24 soat va hakozalar). Haftalik soatlar sonini haftadagi ish kunlari soatlariga boʻling (besh kunlik hafta uchun 5 ga va olti kunlik hafta uchun 6 ga). Olingan sonni bir oydagi ish kunlari soniga koʻpaytiring.

Misol
2021 yil oktyabr oyi uchun ish vaqtining hisob-kitobi
Korxonada ish vaqtlarini jamlab hisobga olish bilan birga besh kunlik qirq soatlik ish haftasi belgilangan. Hisobga olish davri kalendar oy hisoblanadi. 2021 yil oktyabr oyi uchun ish vaqtining normasini hisoblaymiz.
Oktyabr oyidagi besh kunlik ish haftasining kalendariga koʻra, ish kunlari soni 20 kunni tashkil qiladi. 1 oktyabr – dam olish kuni, shuning uchun biz buni hisob-kitobga kiritmaymiz.
Oktyabr oyi uchun ish vaqti normasi 160 soatga teng: (40 soat : 5 kunga) x 20 kunga.
Shunday qilib, agar xodimning ish vaqti jamlab hisobga olinsa va hisobga olish davri uchun bir oy qabul qilingan boʻlsa, u oyiga 160 soatdan ortiq ishlamasligi kerak.
E’tibor bering
Agar oyda bayram, dam olish kuni boʻlsa, bayram oldidagi ish kunidan ish vaqti bir soatga qisqartiriladi. Ish vaqtining oylik normasining davomiyligini hisob-kitob qilishda ushbu soat olib tashlanadi. 

2021 yil uchun barcha bayramlar, jumladan qoʻshimcha va uzaytirilgan ishlanmaydigan kunlar bilan tavsiya etilgan ish vaqti taqvimi uchun bu yerda qarang.

Misol
Agar oyda ishlanmaydigan bayram kunlari boʻlsa, ish vaqtini hisob-kitobi
Olti kunlik ish haftasida 2021 yil may oyi uchun ish vaqti normasini hisoblaymiz.
9 may (yakshanba) – “Xotira va qadrlash kuni” bayrami. Shunga koʻra, 8 may (shanba) bayramdan oldingi kun bir soatga qisqartiriladi.
13 may (payshanba) – “Roʻza hayiti” bayrami.
12 may kuni bayramdan oldingi kun ham bir soatga qisqartiriladi (mayda jami – 2 ish soati qisqartiriladi).
14 may – hamma uchun qoʻshimcha ishlanmaydigan kun.
15 may – olti kunlik ish haftasida ishlaydiganlar uchun qoʻshimcha ishlanmaydigan kun.
Shunday qilib, may oyida olti kunlik ish haftasiga koʻra, ish kunlari soni – 23 kun.
May oyi uchun ish vaqtining normasi quyidagiga teng:
40 soat : 6 kunga x 23 kunga – 2 soat = 151 soat.

Ish vaqtini hisobga olish tabelini qanday toʻldirish kerak

Ish beruvchi har bir xodimning haqiqatda ishlagan ish vaqtini aniq hisobga olib borishi shart . Mehnat kodeksida aks ettirilmagan, bunday hisob aynan qanday shaklda amalga oshiriladi. Amalda, xodimlarning ish vaqtini qayd etishning optimal va qulay shakli ish vaqtini hisobga olish tabeli hisoblanadi. Uning qonunchilik bilan belgilangan shakli mavjud emas. Tashkilotingiz faoliyati va ish vaqtining oʻziga xos hususiyatlaridan kelib chiqib, uni oʻzingiz ishlab chiqishingiz mumkin.

Odatda, xar bir xodimga mehnat va ish haqini hisobga olish uchun barcha hujjatlarda joylashtirilgan tabel raqami beriladi.

Quyidagilar tabelda hisobga olinadi:

  • amalda ishlagan ish vaqti, ya’ni xodim haqiqatda ish joyda boʻlgan va oʻz mehnat vazifalarini bajargan vaqt;
  • ish haqiqatda bajarilmagan, ish vaqti hisoblangan alohida davrlar (xodimning aybisiz ishlanmagan vaqtlar, bolani ovqatlantirish uchun tanaffuslar va boshqalar).

Hisobi yuritilishi kerak boʻlgan barcha davrlar, korxona tomonidan mustaqil ravishda ishlab chiqiladigan va tasdiqlanadigan shartli yoki raqamli belgilar bilan belgilanishi mumkin. 

Misol uchun, haqiqatda ishlangan ish vaqtining davomiyligi (soatlarda) besh kunlik ish haftasi bilan – 8, olti kunlik ish haftasi bilan – 7, ish vaqtini jamlab olish hisobi bilan – 12; xodimning xizmat safarida oʻtkazgan vaqti – XS, ta’til – T, kasallik ta’tilida – K, bayram kunlari·– B, dam olish kunlari – D.

Tabelni toʻldirishni  bu yerda qarang.


Oʻrindoshlikda ish vaqtini hisobi

Oʻrindoshlik asosida ishlashda oʻrindoshlik asosida ishlashning davomiyligi xodimlarning ushbu toifasi uchun belgilangan ish vaqti normasining yarmidan ortiq boʻlishi mumkin emas (sogʻliqni saqlash tizimi vrach xodimlari bundan mustasno). Xodim asosiy ish joyidagi mehnat majburiyatlarini bajarishdan ozod boʻlgan kunlarda u oʻrindoshlik asosida toʻliq ish kunida ishlashi mumkin .

Agar oʻrindoshlik asosida ishlaydigani ishchilar uchun yarim kunlik normaga rioya qilishning iloji boʻlmasa, oʻrindoshlik asosidagi ish vaqtining (smenaning) umumiy davomiyligini hisobga olish davri mobaynida oʻrindoshlik ish vaqti normadagi ish vaqtining yarmidan oshmasligi uchun ish vaqtini jamlab hisobga olishni yoʻlga qoʻying. Bunda hisobga olish davri bir oydan, kunlik ishning (smenaning) davomiyligi esa 12 soatdan oshmasligi kerak.

Ichki oʻrindoshlik asosida ishlashda ish vaqtini hisobga olish asosiy ish boʻyicha va oʻrindoshlik asosidagi ish boʻyicha alohida-alohida yuritiladi .

 

Tushuntirishlar material e’lon qilingan paytda amalda boʻlgan normalarni hisobga olgan holda tayyorlangan va ekspertlar fikrini aks ettiradi. Yakuniy qarorni foydalanuvchi aniq vaziyatlarni hisobga olgan holda mustaqil ravishda qabul qiladi
Oʻzbekistonda ish vaqti - ish vaqti me’yorlari, ish vaqti turlari ish vaqti, oʻzbekistonda ish vaqti, ish vaqtini hisobga olish, ish vaqtini hisoblash, ish vaqti me’yorlari Oʻzbekistonda ish vaqti. Oʻzbekistondagi ish vaqti me’yorlari bilan kadrovik.uz saytida tanishishingiz mumkin. Bu erda ish soatlarining turlari mavjud. 2024 yilda ish vaqtini hisoblash, shuningdek, ish vaqtini qanday qilib toʻgʻri yozishni bilib olishingiz mumkin /oz/publish/doc/text176677_ish_vaqti_hisobi_qanday_yuritiladi