Noyabr oyida har bir kadrovikka asqotadi:
Nogironligi boʻlgan shaxslarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning ish beruvchilarga ta’siri
2022-yil 1-yanvardan boshlab Bandlikka koʻmaklashish jamgʻarmasi ish beruvchilarga nogironligi boʻlgan har bir xodim uchun subsidiya toʻlaydi. Bu Prezidentning “Nogironligi boʻlgan shaxslarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, bandligini ta’minlashga koʻmaklashish va ijtimoiy faolligini yanada oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarorida nazarda tutilgan. Boshqa imtiyozlar ham taqdim etiladi.
Subsidiya har bir xodim uchun 1,5 BHMni tashkil qiladi va yiliga 2 marta Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan toʻlanadi. Byudjet tashkilotlari, davlat korxonalari va davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan korxonalar bundan mustasno
.
Subsidiyalardan tashqari, ish beruvchilar ijtimoiy soliq boʻyicha imtiyozlar oladilar. 2022-yilning 1-martidan 2024-yilning 1-martigacha nogironligi boʻlgan xodim tashkilotda uzluksiz kamida 6 oy ishlagan boʻlsa, nogironligi boʻlgan shaxslar uchun toʻlangan ijtimoiy soliq summasi davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan toʻliq qaytariladi. Soliqni qaytarish uning ishlagan yettinchi oyidan boshlanadi
.