Oktyabr oyida har bir хodim uchun foydali boʻladi:
Taraflar kelishuviga koʻra ishdan boʻshatishda хodim fikri oʻzgarsa...
Ish beruvchi joriy oyning 15-sanasida хodim bilan mehnat shartnomasini shu oyning 20-sanasida bekor qilish toʻgʻrisida kelishuv imzoladi. Ushbu muddatga ikki kun qolganda хodim mehnat shartnomasini bekor qilish fikrini oʻzgartirganligini bildirdi. Ish beruvchi esa fikrini oʻzgartirmadi. Mazkur holatda ish beruvchi qanday yoʻl tutadi? Mehnat shartnomasi taraflarning kelishuviga koʻra bekor qilinadimi?
Mazkur holatda ilgari erishilgan kelishuvdan хodimning bosh tortishi mehnat shartnomasining bekor boʻlish faktiga ta’sir qilmaydi, chunki shartnomani bekor qilish uchun asos sifatida MKning 97-moddasi 1-bandi tanlangan. Shunga koʻra, хodimning ish beruvchi bilan tuzilgan kelishuvdan bir taraflama bosh tortishi noqonuniy va kelishuvni oʻzgartirmaydi hamda uning amal qilishini toʻхtatmaydi. Shuning uchun ish beruvchi хodim bilan MKning 97-moddasi 1-bandiga koʻra mehnat shartnomasini ilgari tuzilgan kelishuvga asosan bekor qilishga haqli.