Noyabr oyida har bir kadrovikka asqotadi:
Tashkilot xodimi toʻsatdan vafot etdi
Tashkilot xodimi toʻsatdan vafot etdi. Oradan bir oy oʻtib uning xotini kadrlar boʻlimiga oʻlim sanasi 15-mart deb qayd qilingan guvohnoma olib keldi. Ish vaqtini hisobga olish tabelida xodim oxirgi marta ishda boʻlgan kun 13-mart deb belgilangan.
Bu holatda mehnat munosabatlarini tugatish toʻgʻrisidagi buyruq qaysi sana bilan rasmiylashtirilishi kerak? Mehnat munosabatlarini bekor qilish sanasi sifatida qaysi sana koʻrsatiladi?
Mehnat munosabatlarini tugatish toʻgʻrisidagi buyruq oʻlim haqidagi guvohnoma taqdim etilgan kundagi sana koʻrsatilgan holda rasmiylashtiriladi.
Mehnat munosabatlarini tugatish sanasi etib Mehnat kodeksining 107-moddasiga binoan oxirgi ish kunini koʻrsatish noqonuniy. Buyruqda mehnat munosabatlarini tugatish sanasi sifatida oʻlim haqidagi guvohnomaga asosan vafot etgan kun koʻrsatiladi.