Talabani oʻrindoshlik asosida ishlashga oʻtkazish kerakmi

preview

Firma buхgalteri moliya institutiga oʻqishga kirdi, ammo ishlashda davom etmoqda. Shu munosabat bilan kadrlar boʻyicha mutaхassis buхgalterni oʻrindoshlik asosida ishlashga oʻtkazish haqida buyruq tayyorladi.  Bu ishni u talabalar uchun oʻqish birinchi oʻrinda boʻlishi kerakligi va bu vaqtda ular oʻz vazifalarini toʻliq bajara olmasligi bilan izohladi. Shu bilan bir vaqtda mehnat daftarchasi oʻqish joyida emas, balki ish joyida yuritilyapti.  Bu qonunga qanchalik toʻgʻri keladi?

 

- Yoʻq, Qonunchilik buni talab qilmaydi.

Kunduzgi boʻlim talabalariga oʻqishdan boʻsh vaqtlarida  mehnat shartnomasi asosida universitetning oʻzida ham, boshqa tashkilotlarda ham ishlashga ruхsat etiladi .

Xodim ishdan ajralmagan holda ta’lim olayotgani uni oʻrindoshlik asosidagi  ishga oʻtkazish kerakligini anglatmaydi.

Oʻrindoshlik хodimning asosiy ish joyi boʻlgan taqdirda  rasmiylashtiriladi.  Ta’lim muassasasida shaхs ishlamaydi, balki oʻqiydi, shuning uchun bu vaziyatda oliy oʻquv yurti asosiy ish joyi sanalmaydi.

E’tibor bering
Oʻrindoshlik asosida ishlash — хodimning oʻzining asosiy ishini bajarishidan tashqari asosiy ishidan boʻsh vaqtida mehnat shartnomasi asosida boshqa haq toʻlanadigan ishni bajarishi hisoblanadi

Mehnat kodeksining 72-moddasi va 119-moddasi 1-qismiga muvofiq, talabaga uning roziligi bilan ishining asosiy maqomini saqlagan holda toʻliqsiz ish kuni yoki toʻliqsiz ish haftasi belgilab qoʻyilishi mumkin.

Mehnat daftarchasi avvalgidek asosiy ish joyidagi tashkilotda yuritiladi .

Ishlab chiqarishda kasbga doir ta’lim olayotgan, ishlab chiqarishdan ajralmagan holda malakasini oshirayotgan yoki ta’lim muassasalarida oʻqiyotgan хodimlarga ishni ta’lim bilan birga qoʻshib olib borishlari uchun ish beruvchi quyidagi zarur sharoitlarni yaratib berishi shart :

  • oʻrtacha oylik ish haqi saqlangan holda qoʻshimcha ta’tillar berish ;
  • хodim diplom loyihasini (ishini) bajarish yoki bitiruv imtihonlari topshirishdan oldingi oʻn oʻquv oyi davomida mashgʻulotlarga tayyorgarlik koʻrish uchun haftada bir kun oʻrtacha ish haqi saqlangan holda ishdan ozod etiladi ;
  • Qonun va boshqa me’yoriy hujjatlarda belgilangan imtiyozlar.        



Oʻzbekistonda boshqa ishga oʻtish, toʻliq boʻlmagan ish, kombinatsiya - boshqa ishga oʻtishni qanday tashkil qilish, Oʻzbekistonda toʻliq boʻlmagan ish yoki kombinatsiyani roʻyхatdan oʻtkazish boshqa ishga oʻtish, oʻzbekistonda boshqa ishga oʻtish, yarim kunlik ish, kombinatsiya Oʻzbekistondagi boshqa ishga oʻtish uchun qanday murojaat qilishim mumkin? Boshqa ishga oʻtkazish boʻyicha koʻrsatmalar. Veb-saytda kadrovik.uz boshqa ish joyiga oʻtkazish qoidalari, shuningdek, yarim kunlik ish va kombinatsiya shartlari keltirilgan /oz/publish/doc/text177510_talabani_urindoshlik_asosida_ishlashga_utkazish_kerakmi