Xodimning ta’tilini boshqa muddatga koʻchirish

preview

Korxonada vaqtincha moliyaviy qiyinchiliklar sababli ta’tilga chiquvchi xodimlarga pul toʻlash toʻxtatib turilishi e’lon qilindi. Ish beruvchi shunga asosan xodimning ta’tilini boshqa muddatga koʻchirishi mumkinmi?

 

Yoʻq, ish beruvchi bunday yoʻl tutishga haqli emas. Qoidaga koʻra yillik ta’tillar davri uchun xodimga oʻrtacha ish haqidan kam boʻlmagan miqdorda haq toʻlash kafolatlanadi. Ta’til uchun haq toʻlash jamoa shartnomasida belgilangan muddatlarda, lekin ta’til boshlanmasidan oldingi oxirgi ish kunidan kechikmay amalga oshiriladi .

Xodimga ta’til boshlangunga qadar ta’til uchun haq toʻlanmagan va ta’tilning belgilangan muddatda boshlanishi toʻgʻrisida vaqtida xabardor qilinmagan boʻlsa, MKning 145-moddasi toʻrtinchi qismiga muvofiq ta’til xodimning arizasiga koʻra boshqa muddatga koʻchirilishi mumkin.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Ta’tilni uzaytirish va koʻchirish toʻgʻrisidagi vaziyatlarning ma’lumotlar bazasi Ta’tilni uzaytirish va koʻchirish toʻgʻrisidagi vaziyatlarning ma’lumotlar bazasi Ta’tilni uzaytirish va koʻchirish toʻgʻrisidagi vaziyatlarning ma’lumotlar bazasi /oz/publish/doc/text177699_hodimning_tatilini_boshqa_muddatga_kuchirish