Oktyabr oyida har bir хodim uchun foydali boʻladi:
Nogiron хodimga ta’til berish
Tashkilotda ishlovchi II guruh nogironi oʻzining navbatdagi ta’tilidan foydalanib boʻlgan. Endi u direktor nomiga ish haqi saqlanmagan holda ta’til berish toʻgʻrisida ariza yozdi. Mazkur хodim bajarishi zarur boʻlgan ish hajmi toʻplanib qolgani, bundan kompaniyaning manfaatlariga zarar yetishini hisobga olib rahbariyat bunga e’tiroz bildirmoqda.
Bu vaziyatda ish beruvchi ta’til olish uchun berilgan arizani qanoatlantirishni rad etishga haqlimi?
Yoʻq, agar arizada 14 kundan ortiq boʻlmagan ish haqi saqlanmagan holda ta’til berish soʻralayotgan boʻlsa, rad etishga haqli emas.
Mehnat kodeksining 150-moddasi ikkinchi qismi uchinchi хatboshiga muvofiq ish beruvchi II guruh nogironi boʻlgan хodimning yozma arizasiga asosan unga har yili 14 kalendar kungacha ish haqi saqlanmagan holda ta’til berishga majbur.
Agar хodim 14 kundan koʻproq soʻrasa, u holda ta’til berish toʻgʻrisidagi buyruqda 14 kun koʻrsatiladi. Qolgan qismini berishni ish beruvchi rad etishga haqli.