Noyabr oyida har bir kadrovikka asqotadi:
Korxona xodimlarining umumiy soni – 20 kishi. Shtat jadvalida ish joylarida mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik texnikasiga rioya etish boʻyicha mutaxassis lavozimi alohida belgilanmagan. Direktor bunday lavozimni joriy etmay, ushbu vazifani xodimlardan birining zimmasiga yuklamoqchi. Shunday qilish mumkinmi?
– Yoʻq, mumkin emas.
Xodimlari soni 50 nafardan kamroq korxonalarda mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik texnikasiga rioya etilishini nazorat qilish xizmatini alohida tashkil etish (mutaxassis lavozimini alohida joriy etish) haqidagi qarorni ish beruvchining oʻzi qabul qiladi
.
Bunda qonunchilikda mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik texnikasiga rioya etilishini nazorat qilish boʻyicha vazifalarni alohida maxsus lavozimni egallamaydigan shaxsning zimmasiga yuklash imkoniyati nazarda tutilmaydi.
Shu sababli ish beruvchi tashkilotdagi qaysidir xodim ish joylarida mehnatning muhofaza qilinishi va xavfsizlik texnikasiga rioya etilishini kuzatishini istasa, MMQ boʻyicha mutaxassis lavozimini alohida joriy etish va uni shtat jadvaliga kiritish lozim. Keyinchalik rahbar ushbu lavozimga yangi xodimni qabul qilishni istamasa, ushbu vazifani ishlab turgan xodimlardan birining zimmasiga uning roziligi bilan bir necha lavozimda ishlash yoki oʻrindoshlik tartibida yuklash mumkin. Amaldagi qonunchilikda bu taqiqlanmagan, tashkilotda tegishli boʻsh ish oʻrni mavjud boʻlganda oʻrindoshlik asosida ham, bir necha lavozimda ham ishlashga yoʻl qoʻyiladi
.
Biroq shuni yodda tuting: MMQ boʻyicha mutaxassis vazifalarini faqat maxsus tayyorgarlikka ega xodim bajarishi mumkin
. U texnik yoʻnalishdagi oliy yoki oʻrta maxsus, kasb-hunar ta’limiga ega boʻlishi kerak. Bunday ta’lim olmagan boʻlsa, xodim ishdan ajralgan holda yoki qisman ajralgan holda
288 akademik soatdan kam boʻlmagan hajmdagi oʻquv kurslarida mehnatni muhofaza qilish sohasida qayta tayyorgarlikdan oʻtishi kerak
.
MMQ sohasida qayta tayyorlash va malaka oshirish bilan quyidagilar shugʻullanadi:
- Mehnatni muhofaza qilish sohasidagi xizmatlar bozori professional ishtirokchilarining yagona reyestriga «mehnatni muhofaza qilish boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish» xizmat turi boʻyicha kiritilgan MMQ sohasidagi xizmatlar bozorining professional ishtirokchilari;
- Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Bandlik va mehnatni muhofaza qilish Respublika ilmiy markazi
.
Oʻqish yakunlariga koʻra belgilangan namunadagi diplom beriladi.