Elektron mehnat daftarchasiga ma’lumoti haqida axborot kiritish

preview

my.mehnat.uz saytidagi elektron mehnat daftarchasiga ma’lumoti haqidagi axborotni kim va qanday kiritadi?  

kadrovik.uz iltimosiga koʻra ushbu savolga «YaMMT» IDAK direksiyasi boʻlim boshligʻi Zarnigor ABDURAHMONOVA javob berdi:

 

– «Elektron mehnat daftarchalarida oliy ma’lumoti haqidagi axborot, ilmiy darajasi haqidagi hujjatlar, shuningdek xorijiy ta’lim muassasasida olingan oliy ma’lumoti yoki ilmiy darajasi haqidagi hujjatni tan olish toʻgʻrisidagi guvohnomalar aks ettiriladi. Bu Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Oliy attestatsiya komissiyasi va oliy ta’lim muassasalari bilan birgalikda shakllantirilgan Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligining ma’lumotlar bazasi asosida avtomatik ravishda amalga oshiriladi.

Muayyan sabablarga koʻra xodimning mehnat daftarchasida oliy ma’lumoti haqida yozuv qayd etilmagan boʻlsa, ushbu axborotni quyidagilar kirita oladilar:

  • ish beruvchi my.mehnat.uz saytidagi shaxsiy kabineti orqali;
  • xodimning oʻzi my.mehnat.uz saytidagi jismoniy shaxsning shaxsiy kabineti orqali.

Shu oʻrinda qayd etib oʻtmoqchiman: ish beruvchi xodimning ma’lumoti haqidagi axborotni kiritishga majbur emas, biroq buni oʻz tashabbusiga koʻra yoki xodimning iltimosiga binoan qilishi mumkin.

Ma’lumoti haqidagi axborot diplomga asoslanib kiritiladi.

Ish beruvchi xodimning ma’lumoti haqidagi axborotni kiritish uchun quyidagilarni amalga oshirishi lozim:

  1. Ish beruvchining shaxsiy kabinetiga kirishi.
  2. Xodimning familiyasi orqali sahifaga oʻtishi.
  3. «Ma’lumoti» ilovasini tanlashi.
  4. «Ma’lumotini qoʻshish» tugmachasini bosishi.
  5. Ekranda ochilgan jadvalni toʻldirib, «Saqlash» tugmachasini bosishi.

Jismoniy shaxs oʻz ma’lumoti haqidagi axborotni kiritish uchun quyidagilarni amalga oshirishi lozim:

  1. Jismoniy shaxsning shaxsiy kabinetiga kirishi.
  2. «Ma’lumoti» ilovasini tanlashi.
  3. «Ma’lumotini qoʻshish» tugmachasini bosishi.
  4. Ekranda ochilgan jadvalni toʻldirib, «Saqlash» tugmachasini bosishi.

Jadvalni toʻldirayotganda barcha ma’lumotlarni diplomdan koʻchirib yozing.

Soʻnggi yillarda berilayotgan diplomlarda oʻqishni boshlash va yakunlash sanasi koʻrsatilmayotgani bois ularni kiritish bilan bogʻliq muammolar yuzaga kelishi mumkin. Ushbu qismni qaysi yillarda oʻqiganini eslab toʻldirish mumkin.

E’tibor bering
Ma’lumotlarni kiritib saqlaganingizdan keyin ular xodimning diplomlari roʻyxatida koʻrinadi. Bunda vakolatli idora (diplomni bergan oliy ta’lim muassasasi) axborotni tasdiqlamaguncha «Maqomi» ustunida «Tasdiqlanishi kutilmoqda» degan yozuv turadi.

Oleg GAYeVOY tayyorladi

My.mehnat.uz My.mehnat.uz My.mehnat.uz /oz/publish/doc/text178405_elektron_mehnat_daftarchasiga_malumoti_haqidagi_ahborot_kiritish