Oktyabr oyida har bir хodim uchun foydali boʻladi:
Mehnat shartnomasiga surunkasiga ikki smenada ishlash shartini kiritish mumkinmi
Tuzilgan mehnat shartnomasiga koʻra хodim 3 sutkada tanaffus bilan surunkasiga ikkita 12 soatlik smena davomida ishlarni bajarmoqda. Ya’ni haqiqatda ish rejimi – «har uch sutkada bir sutka». Shunday qilish toʻgʻrimi?
– Yoʻq, notoʻgʻri.
Har biri 12 soatlik ikki smenada surunkasiga ishlash MK 120-m. 2-q. zid. Unda aytilishicha, хodimni surunkasiga ikki smena davomida ishga jalb etish taqiqlanadi.
Bundan tashqari, MK 128-m. buzilmoqda, sababi ishning tugashi bilan keyingi smenada (kamida 12 soatlik) ish boshlanishi oʻrtasidagi kundalik dam olish vaqtining muddatiga rioya etilmayapti. Hatto хodimning roziligi bilan bunday ishlash rejimiga yoʻl qoʻyib boʻlmaydi. Bunday shart uning mehnat shartnomasida qayd etilgan boʻlsa ham. Zero MK 5-m. muvofiq, mehnat shartnomasining хodim ahvolini qonun hujjatlarida nazarda tutilganiga qaraganda yomonlashtiradigan shartlari haqiqiy emas deb hisoblanadi.
Qanday tuzatiladi
Ushbu bandni haqiqiy emas deb topish hamda MK VII va VIII - boblarining normalariga muvofiq keladigan boshqa ish rejimini belgilash toʻgʻrisida mehnat shartnomasiga qoʻshimcha kelishuv tuzing.