Oktyabr oyida har bir хodim uchun foydali boʻladi:
Farzandiga “kasallik varaqasi” ochilganda mehnat ta’tili uzaytirish
“Xodimada yillik haq toʻlanadigan ta’tildan foydalanish davrida 10 yoshga toʻlgan farzandi betob boʻlib qoldi, shu munosabat bilan unga mehnatga layoqatsizlik varaqasi berildi. Uni taqdim etgan holda, u ta’tilni uzaytirishni soʻradi, sababi kasalni parvarishlab, undan amalda foydalanmadi. Agar хodimaning oʻzi emas, balki farzandi betob boʻlgan boʻlsa, ish beruvchi buni amalga oshirishi shartmi?”.
Savolga “Norma”ning mehnat huquqi boʻyicha eksperti, yurist Lenara XIKMATOVA javob berdi:
- Haqiqatan, MKning 145-moddasiga asosan хodimlar quyidagi hollarda ta’tilni uzaytirish yoki boshqa muddatga koʻchirish huquqiga egadirlar:
- vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik davrida;
- homiladorlik va tugʻish ta’tili muddati boshlanganda;
- yillik ta’til oʻquv ta’tiliga toʻgʻri kelib qolganda;
- davlat yoki jamoat vazifalarini bajarayotganda, basharti qonunlar va boshqa normativ hujjatlarda bunday vazifalarni bajarish uchun хodimni ishdan ozod etish nazarda tutilgan boʻlsa.
Agar ta’tildan foydalanishga toʻsqinlik qiluvchi sabablar ta’til boshlangandan keyin kelib chiqsa, ta’til tegishli kunlar soniga uzaytiriladi yoki хodim bilan ish beruvchining kelishuviga binoan ta’tilning foydalanilmay qolgan qismi boshqa muddatga koʻchiriladi.
Yuqorida koʻrsatilgan modda mehnatga layoqatsizlik varaqasi kasal farzandini parvarishlash boʻyicha rasmiylashtirilgan taqdirda хodimning ta’tili uzaytirilishini aniqlashtirmaydi. Biroq MKning 285-moddasiga muvofiq vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi nafaqat хodimning oʻzi kasal boʻlganda, balki oilaning betob a’zosini parvarish qilganda ham toʻlanadi.
Kasallik varaqasi, boshqalar qatorida, oilaning betob a’zosini parvarishlash zaruratini tasdiqlaydi. Va u umumiy asoslarda - parvarishlovchi mehnat ta’tilida boʻlishi yoki boʻlmasligidan qat’i nazar beriladi .
Agar farzandning betobligi хodimning mehnat ta’tili davrida roʻy bergan boʻlsa, bu ta’tildan maqsadga koʻra foydalanish imkoniyatini bermaydi: aхir хodim dam olish emas, balki bemorni parvarishlashiga toʻgʻri keladi. Shu bois koʻrib chiqilayotgan vaziyatda ish beruvchi vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasini toʻlashi, shuningdek ta’tilni uzaytirishi yoki хodim bilan kelishgan holda uning foydalanilmagan qismini boshqa muddatga koʻchirishi kerak.
- Kasal farzandini parvarishlash boʻyicha “kasallik varaqasi” taqdim etilgan taqdirda ta’til qanday muddatga uzaytiriladi?
- Ta’til хodimning mehnat ta’tili davriga toʻgʻri keladigan mehnatga layoqatsizlik varaqasida koʻrsatilgan farzandni parvarishlash kunlari soniga uzaytiriladi.
Ambulatoriya sharoitida parvarishga muhtoj boʻlgan 14 yoshga yetmagan bemor bolani parvarishlash uchun uning onasiga 14 kalendar kunidan oshmagan muddatga mehnatga layoqatsizlik varaqasi beriladi beriladi
Buxgalter.uz tavsiya qiladi