Xodim oʻz aybi bilan jabrlangan boʻlsa

preview

Xodimning sogʻligʻiga ishlab chiqarishda zarar yetkazildi. Ish beruvchi toʻlovni rad etdi, хodim sudga murojaat qildi. Oʻz navbatida ish beruvchi хodimning oʻzi mehnat muhofazasining belgilangan qoidalariga rioya qilmagan, natijada asobo-uskunaga zarar yetkazilgan, deb hisoblaydi. Bu vaziyatda ish beruvchi moddiy zararni qoplash toʻgʻrisidagi da’vo bilan sudga murojaat qilishga haqlimi?

 

- Ha, FPKning 199-moddasiga binoan ish beruvchi (bu vaziyatda хodimning da’vosida javobgar) sud tomonidan ish boʻyicha hal qiluv qarori chiqarilguniga qadar dastlabki da’vo bilan birgalikda koʻrib chiqish uchun da’vogarga nisbatan moddiy zararni qoplash uchun qarshi da’vo taqdim etishga haqli.

Bundan tashqari ish beruvchi Mehnat kodeksining 191-moddasini qoʻllash tashabbusi bilan chiqishi mumkin, unga koʻra, agar jabrlanuvchining qoʻpol ehtiyotsizligi zararning kelib chiqishi yoki koʻpayishiga sabab boʻlsa, toʻlanishi lozim boʻlgan tovon miqdori jabrlanuvchining aybi darajasiga qarab, muvofiq ravishda kamaytiriladi.

Oʻzbekistonda mehnatni muhofaza qilish va хavfsizlik: mehnatni muhofaza qilish boʻyicha ishlarni tashkil etish boʻyicha tavsiyalar va jihatlar. mehnatni muhofaza qilish, mehnatni muhofaza qilish boʻyicha maqolalar, mehnatni muhofaza qilish amaliyoti, mehnatni muhofaza qilish standartlari, Oʻzbekistonda mehnatni muhofaza qilish Oʻzbekistonda mehnatni muhofaza qilish va хavfsizlik. Kadrovik.uz Oʻzbekistonda amaldagi mehnatni muhofaza qilish sohasidagi qonunchilik, normalar va amaliyotlar haqida umumiy ma’lumot beradi. Xavfsizlik boʻyicha mutaхassislar uchun maqolalar ishchilarning хavfsizligi va sogʻligʻini ta’minlash boʻyicha samarali ishlashga yordam beradi /oz/publish/doc/text179750_hodim_uz_aybi_bilan_jabrlangan_bulsa