Noyabr oyida har bir kadrovikka asqotadi:
Tavsiyada:
– mehnat daftarchalarini olish;
– ishga qabul qilish toʻgʻrisidagi yozuv;
– doimiy ishga oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi yozuv;
– mehnat shartnomasini bekor qilish toʻgʻrisidagi yozuv;
– mehnat daftarchalari hisobi va ularning harakatini nazorat qilish;
– mehnat daftarchalarini berish;
– koʻpincha yoʻl qoʻyiladigan xatoliklar.
Mehnat daftarchalarini olish
2020 yil 1 yanvardan elektron mehnat daftarchalari yuritilishi nazarda tutilgan Yagona milliy mehnat tizimi joriy qilinganligi munosabati bilan aholi bandligiga koʻmaklashish markazlari (mehnat birjalari) tomonidan qogʻoz shaklidagi mehnat daftarchalari berilishi toʻxtatilgan. Tegishincha, agar xodim ushbu sanadan keyin sizning tashkilotingizga birinchi marta ishga kirgan boʻlsa, uning mehnat faoliyati toʻgʻrisidagi yozuvlar faqat elektron mehnat daftarchasiga kiritiladi.
Oʻzbekistonda ishlaydigan chet ellik xodimga ham mehnat daftarchasini rasmiylashtiring. U mehnatga oid munosabatlarning sub’yekti hisoblanadi, unga nisbatan Oʻzbekistonning mehnat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari toʻliq tatbiq etiladi
.
Ishga qabul qilish toʻgʻrisidagi yozuv
2020 yil 1 yanvardan boshlab elektron mehnat daftarchalari yuritilayotganligiga qaramay, amaldagi qonun hujjatlariga qogʻoz shaklidagi mehnat daftarchasini bekor qilishga taalluqli tuzatishlar hanuzgacha kiritilmagan. Mehnat kodeksining 80-moddasi va Mehnat daftarchasini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga muvofiq ishga kirayotgan shaxs mehnat daftarchasini taqdim etishi kerak, birinchi marotaba ishga kirayotgan shaxslar bundan mustasno, ish beruvchi esa unga tegishli yozuvlarni kiritishi lozim. Shu boisdan hozirgi paytda qogʻoz shaklidagi mehnat daftarchasi bilan birga elektron mehnat daftarchasi yuritilmoqda.
Mehnat daftarchalarini toʻldirishda Mehnat daftarchalarini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaning 3 va 4-boʻlimlarida nazarda tutilgan qoidalarga amal qilinadi.
Xodimni ishga qabul qilishda «Ish toʻgʻrisidagi ma’lumotlar» boʻlimining 3-ustunida korxonaning toʻliq nomini sarlavha koʻrinishida yozing. U korxona ustavi va boshqa ta’sis hujjatlarida koʻrsatilgan nomiga muvofiq boʻlishi lozim. Yozuv qoʻlda yoki korxona nomi koʻrsatilgan muhrdan foydalangan holda qayd etilishi mumkin.
Korxona nomi oʻzgargan boʻlsa, buni korxonadagi har bir xodimning mehnat daftarchasida aks ettiring. 3-ustunda navbatdagi raqam berilmasdan quyidagi yozuvni qayd eting: «Korxona _____ _________________ sanasidan boshlab __________________ deb qayta nomlandi».
Sarlavha tagida 1-ustunda tartib raqamini qayd eting.
2-ustunda ishga qabul qilingan sanani koʻrsating.
3-ustunda quyidagi yozuvni qayd eting: «____________ sex, boʻlim, boʻlinma, uchastkaga ___________________________lavozimiga (kasbi, mutaxassisligi boʻyicha) qabul qilindi». Unga beriladigan malaka razryadini aniq koʻrsating (razryad berilgan taqdirda).
4-ustunda qanday hujjatga asosan yozuv kiritilganligini koʻrsating, sanasi va tartib raqamini qayd eting.
|
T/r |
Sana |
Ishga qabul qilinganligi, boshqa ishga oʻtkazilganligi va mehnat shartnomasi bekor qilinganligi haqida ma’lumotlar |
Na osnovanii kakogo dokumenta vnesena zapis (data,nomer) |
||
|
yil |
kun |
oy |
|||
|
1 |
2 |
3 |
4 |
||
|
|
|
|
|
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti |
|
|
1 |
2020 |
26 |
09 |
Yuriskonsult lavozimiga ishga qabul qilindi |
Prikaz № 115-k ot 26.09. 2020 g. |
Mehnat daftarchasiga xodimning korxonadagi mehnat faoliyati davomida unga nisbatan qoʻllanilgan undiruvlar yoki ragʻbatlantirish tusidagi toʻlovlar haqidagi yozuvlar kiritilishi mumkinmi?
– Mumkin emas. Mehnat daftarchasiga faqat Mehnat daftarchalarini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaning 2.1-bandida nazarda tutilgan yozuvlar kiritiladi. Ragʻbatlantirish tusidagi toʻlovlar haqidagi yozuvlar ham roʻyxatda keltirilmagan. Shuningdek, intizomiy jazo toʻgʻrisidagi yozuvlar kiritilmasligi koʻrsatilgan.
Doimiy ishga oʻtkazish toʻgʻrisidagi yozuv
Doimiy ishga oʻtkazishda:
- 1-ustunda yozuv tartib raqamini qayd eting;
- 2-ustunda ish boshlangan sanani koʻrsating;
- 3-ustunga boshqa ishga oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi yozuvni kiriting: «________________ lavozimiga (kasbi, mutaxassisligiga) oʻtkazildi». Xodim oʻtkazilayotgan tarkibiy boʻlinmani koʻrsating (muayyan tarkibiy boʻlinmaga oʻtkazilgan taqdirda);
- 4-ustunga tegishli buyruq raqami va sanasini kiriting.
|
T/r |
Sana |
Ishga qabul qilinganligi, boshqa ishga oʻtkazilganligi va mehnat shartnomasi bekor qilinganligi haqida ma’lumotlar |
Na osnovanii kakogo dokumenta vnesena zapis (data,nomer) |
||
|
yil |
kun |
oy |
|||
|
1 |
2 |
3 |
4 |
||
|
|
|
|
|
Sogʻliqni saqlash sohasi xodimlari kasaba uyushmasi markaziy kengashi
|
|
|
1 |
2020 |
27 |
09 |
Mehnatni muhofaza qilish boʻlimi mutaxassisligiga ishga qabul qilindi |
Prikaz № 115-k ot 27.09. 2020 g. |
|
2 |
2021 |
02 |
02 |
Mehnatni muhofaza qilish boʻlimi mudiri lavozimiga oʻtkazildi |
Prikaz № 03-k ot 02.02. 2021 g. |
Mehnat shartnomasini bekor qilish toʻgʻrisidagi yozuv
Mehnat shartnomasi bekor qilinganda:
- 1-ustunda yozuv tartib raqamini qayd eting;
- 2-ustunda mehnat shartnomasi bekor qilingan sanani koʻrsating;
- 3-ustunda quyidagi yozuvni qayd eting: «Mehnat shartnomasi bekor qilindi»;
- 4-ustunda buyruq sanasi va raqamini koʻrsating.
|
T/r |
Sana |
Ishga qabul qilinganligi, boshqa ishga oʻtkazilganligi va mehnat shartnomasi bekor qilinganligi haqida ma’lumotlar |
Na osnovanii kakogo dokumenta vnesena zapis (data,nomer) |
|||
|
yil |
kun |
oy |
||||
|
1 |
2 |
3 |
4 |
|||
|
|
|
|
|
Oʻzbekiston davlat yoshlar teatri
|
|
|
|
1 |
2020 |
27 |
09 |
Liboslar boʻyicha mutaxassis sifatida ishga qabul qilindi |
Prikaz № 115-k ot 27.09.2020 g. |
|
|
2 |
2021 |
02 |
02 |
Mehnat shartnomasi bekor qilindi |
Prikaz № 03-k ot 02.02.2021 g. |
|
|
|
|
|
|
Kadrlar boʻlimi boshligʻi (F. I. O.) (Imzo, muhr) |
|
|
Ishdan boʻshatish uchun asos (sabab) mehnat daftarchasida qayd etilmaydi. Shuningdek, Mehnat kodeksining moddasi va bandi koʻrsatilmaydi. Ular koʻrsatilgan taqdirda, mehnat daftarchasiga quyidagi tartibda tuzatish kiriting.
|
T/r |
Sana |
Ishga qabul qilinganligi, boshqa ishga oʻtkazilganligi va mehnat shartnomasi bekor qilinganligi haqida ma’lumotlar |
Na osnovanii kakogo dokumenta vnesena zapis (data,nomer) |
||
|
yil |
kun |
oy |
|||
|
1 |
2 |
3 |
4 |
||
|
|
|
|
|
«Profline» MChJ |
|
|
7 |
2020 |
26 |
09 |
Uchinchi razryadli tokar sifatida ishga qabul qilindi |
Prikaz № 115-k ot 26.09.2020 g. |
|
8 |
2021 |
03 |
02 |
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 100-modda 2-qism 3-bandiga koʻra mehnat vazifalarini muntazam ravishda buzganligi uchun mehnat shartnomasi bekor qilindi |
Prikaz № 15-k ot 03.02.2021 g. |
|
9 |
2021 |
05 |
02 |
8-sonli yozuv haqiqiy emas deb hisoblanadi |
|
|
|
2021 |
03 |
02 |
Mehnat shartnomasi bekor qilindi |
Prikaz № 15-k ot 03.02.2021 g. |
|
|
|
|
|
Kadrlar boʻlimi boshligʻi (F. I. O.) (Imzo, muhr) |
|
Mehnat shartnomasining bekor qilinishi toʻgʻrisidagi yozuv korxona rahbari yoki bunga vakolatli boʻlgan shaxsning imzosi bilan hamda korxona yoki kadrlar boʻlimining muhri bilan tasdiqlanadi.
Mehnat daftarchalari hisobi va yuritilishini nazorat qilish
Tashkilotda mehnat daftarchalari yuritilishini lozim darajada nazorat qilish uchun Mehnat daftarchalari hisobini yuritish kitobini rasmiylashtiring. Ushbu kitob kadrlar xizmati tomonidan yuritiladi. Bunday kitob yuritilmagan taqdirda buyruq bilan mas’ul shaxsni tayinlang. Kitob shakli Mehnat daftarchalarini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 3-ilovada belgilangan.
Kitob sahifalari raqamlangan hamda ular ip bilan tikilib, direktor imzosi va muhr bilan (muhr mavjud boʻlgan taqdirda) mustahkamlangan boʻlishi shart
.
Mehnat daftarchalari hisobini yuritish kitobida xodimlarni ishga olishda mehnat daftarchalarini qabul qilish hamda mehnat shartnomalari bekor qilinganda ularni berish holatlarini seriyalari va raqamlari koʻrsatilgan holda aks ettiring.
Mehnat daftarchalarini berish
Quyidagi holatlarda mehnat daftarchasini berishingiz kerak:
- ish davrida xodimning talabiga koʻra – qaytarish sharti bilan 5 kunlik muddatga;
- mehnat shartnomasi bekor qilinganda.
Xodimning yozma ravishdagi iltimosnomasiga koʻra qaytarib berish sharti bilan mehnat daftarchasini 5 kundan ortiq boʻlmagan muddatga berishingiz mumkin
. Mehnat daftarchasi berilganligi dalilini Mehnat daftarchalarini yuritish kitobida qayd eting. Zarurat boʻlganda vaqtinchalik berish uchun alohida kitob tuting. Sanani koʻrsating hamda xodim va kadrlar boʻyicha inspektorga imzo qoʻydiring.
Mehnat shartnomasi bekor qilinganda oxirgi ish kunida bu haqida mehnat daftarchasiga yozuv kiriting va mehnat daftarchasini xodimga bering, undagi yozuv rahbar yoki boshqa vakolatli shaxs tomonidan imzolanishi va ish beruvchining muhri (mavjud boʻlgan taqdirda) yoki kadrlar boʻlimi muhri bilan tasdiqlanishi lozim
. Mehnat daftarchasini berishni, jumladan xodim tomonidan bajarilmagan majburiyatlar boʻlgan taqdirda ham kechiktirmang.
Ta’tilga chiqib, undan keyin mehnat munosabatlari bekor qilingan holatlarda ta’til tugagan kuni mehnat daftarchasini bering
.
Mehnat daftarchasini xodimning shaxsan oʻziga bering, buning imkoni boʻlmagan taqdirda, xodimning yozma roziligi bilan
yoxud pochta xodimi tomonidan yuborilgan telegramma yoki xatlar mavjud boʻlgan taqdirda pochta orqali joʻnating. Xodimning yozma ravishdagi roziligisiz mehnat daftarchasini pochta orqali yubormang.
Mehnat daftarchasini berishda Mehnat daftarchalari hisobini yuritish kitobida:
Qabul qilish-topshirish dalolatnomasi tuzilishi shart emas.
Mehnat shartnomasi bekor qilingan kuni xodim ishda boʻlmagan taqdirda oʻsha kuniyoq unga pochta orqali mehnat daftarchasini olib ketish toʻgʻrisida ogohlantiruvchi xabarnoma joʻnating yoki pochta orqali yuborish toʻgʻrisidagi yozma ravishdagi xabarnomajoʻnatishini soʻrang
. Xabarnoma yuborilgandan keyin xodim mehnat daftarchasini oʻz vaqtida olmagan taqdirda uni ishlayotgan xodimlarning mehnat daftarchalaridan alohida qilib korxona xodimlar boʻlimida 2 yil davomida saqlang, keyin esa tashkilot arxiviga oʻtkazing. Mehnat daftarchalari 50 yil saqlangandan keyin belgilangan tartibda yoʻq qilib yuborilishi mumkin
.
Xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilindi. U mehnat daftarchasini olgani kelmadi. 2 hafta oʻtgach uning opasi kadrlar boʻlimiga kelib, xorijga ketganligini ma’lum qildi va mehnat daftarchasini berishlarini soʻradi. Kadrlar boʻyicha inspektor opasining pasport ma’lumotlarini jurnalga qayd etdi va unga imzo qoʻydirib ukasining mehnat daftarchasini berib yubordi.
Inspektor toʻgʻri yoʻl tutganmi?
– Yoʻq. Ishdan boʻshatish kunida xodimga mehnat daftarchasini olishi yoki uni pochta orqali yuborishga rozilik bildirishi haqida xabarnoma joʻnatilishi lozim.
Xodim vafot etgan boʻlsa, mehnat daftarchasini uning yaqin qarindoshlariga tilxat yozdirib olish yoʻli bilan topshiring yoki ularning talablariga koʻra pochta orqali joʻnating
. Vafot etgan xodimning mehnat daftarchasida «Ish toʻgʻrisidagi ma’lumotlar» boʻlimida quyidagi yozuvni qayd eting: «Mehnat munosabatlari toʻxtatildi».
Koʻpincha yoʻl qoʻyiladigan xatolar
1-xato. Mehnat shartnomasi 15 iyun kuni bekor qilingan. Bu kuni kadrlar boʻlimi boshligʻi ishga kelmaganligi sababli ish beruvchi xodimga mehnat daftarchasini bermagan. Mehnat daftarchasiga ishdan boʻshatilishi haqidagi yozuv kiritilib, 19 iyun kuni berilgan, biroq mehnat shartnomasini bekor qilish sanasi 15 iyun deb koʻrsatilgan.
– Mehnat kodeksining 108-moddasi buzilgan. Mehnat shartnomasi bekor qilingan kuni xodimga ishdan boʻshatilishi haqidagi yozuv kiritilgan, rahbar (boshqa vakolatli shaxs) tomonidan imzolangan va ish beruvchining muhri bilan tasdiqlangan (mavjud boʻlgan taqdirda) mehnat daftarchasi berilishi lozim.
Aybdor mansabdor shaxs Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 49-moddasi boʻyicha jarimaga tortilishi mumkin.
Xodimning murojaati boʻyicha sud ish beruvchining zimmasiga mehnat daftarchasini oʻz vaqtida bermaganlik oqibatida kelib chiqqan majburiy progul vaqti uchun haq toʻlash majburiyatini yuklashi mumkin
.
2-xato. Mehnat daftarchasini toʻldirish chogʻida kadrlar boʻlimi inspektori mehnat shartnomasini bekor qilish sabablarini koʻrsatgan.
– Mehnat daftarchalarini berish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaning 2.20-bandi qoidalari buzilgan. Mehnat shartnomasini bekor qilish uchun asos (sabab) mehnat daftarchasiga kiritilmaydi.
Mehnat daftarchasiga tuzatish kiriting.