Qabul qiluvchi tomonning xabar berishicha, xizmat safariga yuborilgan xodim xizmat safari davomida har kuni ham ish joyida boʻlmagan. Ish beruvchi xizmat davomidagi progullar uchun qanday intizomiy choralar koʻrishga haqli?
- Xizmat safariga yuborilgan xodim uchun ish kunlari va ish vaqti u yuborilgan tashkilotlarning ish vaqti bilan belgilanadi
. Xizmat safariga yuborilgan xodim qabul qiluvchi tashkilot (korxona)ning ish rejimiga rioya qilishi kerak.
Xizmat safari davomidagi ish vaqtini toʻgʻri rasmiylashtirish va toʻlash va agar kerak boʻlsa, xodimga intizomiy jazo tayinlash uchun qabul qiluvchi tomon uning ish joyida (kun yoki soat) yoʻqligini hujjatlashtirishi kerak.
Ish joyida xodimning yoʻqligi toʻgʻrisidagi akt namunasiga qarang.
Xodim qaytib kelgach, undan yozma tushuntirish xati talab qiling va e’tiborga oling.
"Kundalik" va yashash xarajatlarini qoplang, shuningdek bunday xodimga ish haqini haqiqatda ishlagan vaqtiga mutanosib ravishda toʻlang.
E’tibor bering
Xizmat safari vaqtidagi progullar uchun intizomiy choralar oddiy progullar uchun qanday boʻlsa, xuddi shu qoidalar boʻyicha qoʻllaniladi. Bunda mehnat vazifalarini bir marta qoʻpol buzishgacha boʻlgan choralarni qoʻllash mumkin. Biroq, bir martalik qoʻpol qoidabuzarlik uchun xodim ishdan boʻshatilishi mumkin boʻlgan holatlar roʻyxati aynan Ichki mehnat tartibi qoidalarida boʻlishi kerak. Agar tashkilot bunday roʻyxatni, masalan, jamoa shartnomasiga kiritsa, unda mehnat shartnomasini MK 100-moddasi 2-qismi 4 - bandiga bionan tugatilishi noqonuniy boʻladi.

Oʻzbekiston Respublikasida ish vaqtini tartibga solish - ish vaqti va dam olish vaqti, ish vaqti haqida hamma narsa
oʻzbekiston respublikasida ish vaqti, ish vaqtini tartibga solish, ish vaqtini hisobga olish
Oʻzbekiston Respublikasi mehnat kodeksiga muvofiq ish vaqti. Ushbu sahifada Oʻzbekistonda ish vaqtini tartibga solish haqidagi maqolalar mavjud. Kadrlar boʻlimi tomonidan ish vaqtini hisobga olish va boshqa jihatlar haqida oʻqing kadrovik.uz
/oz/publish/doc/text179907_hodim_hizmat_safarida_progul_qilgan_bulsa