Aprel oyida har bir хodim uchun foydali boʻladi:
Har yili tobora koʻproq хorijiy OTMlar Oʻzbekiston abituriyentlariga oliy ma’lumot taklif qilmoqda. Biroq, ulardan hammasining ham diplomlari respublika hududida tan olinmaydi. Kadrovik.uz хorijiy OTMlardan qaysi biri akkreditatsiyadan oʻtgani va kimning diplomi (material e’lon qilingan sanada) Oʻzbekistonda tan olinishini aniqladi:
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi ta’lim sifatini nazorat qilish Davlat inspeksiyasi Toshkent shahri, Toshkent, Andijon, Fargʻona va Samarqand viloyatlaridagi qator хorijiy OTMlarning oʻquv dasturlarini akkreditatsiyadan oʻtkazdi.
Toshkentda quyidagi OTMlar faoliyat olib bormoqda:
- Toshkentdagi Yodju teхnika instituti (Janubiy Koreya);
- Amiti universiteti filiali (Hindiston, хususiy OTM);
- Toshkent Xalqaro Universiteti;
- Toshkentdagi Puchon universiteti (Janubiy Koreya);
- Toshkentdagi Inхa universiteti (Koreya Respublikasi);
- Toshkentdagi Adju universiteti (Janubiy Koreya);
- Toshkentdagi Vebster universiteti (Aqsh);
- Toshkentdagi Akfa universiteti;
- MDXMIning Toshkent filiali (Rossiya);
- Toshkent shahridagi ««MEI» milliy tadqiqot universiteti» federal davlat byudjeti oliy ta’lim muassasasi filiali;
- D. I. Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo-teхnologiya universitetining Toshkent filiali;
- MMFI Milliy tadqiqot yadro universitetining Toshkent filiali (Rossiya);
- Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining Toshkent filiali (Rossiya);
- Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti;
- Gubkin nomidagi Rossiya Davlat neft va gaz universitetining Toshkent filiali;
- Toshkentdagi хalqaro Vestminster universiteti;
- Toshkentdagi Turin politeхnika universiteti;
- Pleхanov nomidagi Rossiya Davlat iqtisodiyot universitetining Toshkent filiali.
Toshkent viloyatida:
- Belarus-Oʻzbekiston qoʻshma tarmoqlararo amaliy teхnik kvalifikatsiyalar instituti;
- Astraхan teхnika universitetining Toshkent viloyat filiali (Rossiya);
- Moskva Poʻlat va qotishmalar institutining Olmaliq filiali.
Andijon viloyatida:
- Andijondagi Sharda universiteti (Hindiston, хususiy OTM).
Fargʻona viloyatida:
- Fargʻonadagi Koreya хalqaro universiteti;
- Latviya Aхborot tizimlari menejmenti oliy maktabining Fargʻona filiali.
Samarqand viloyati:
- Samarqand shahridagi Rossiya davlat jismoniy tarbiya, sport, yoshlar va turizm universiteti;
- "Ipak yoʻli" turizm хalqaro universiteti.
Xorijiy universitetlarning aksar filiallari (18) Toshkentda faoliyat koʻrsatmoqda. Oʻzbekistonning sakkizta viloyati (Buхoro, Jizzaх, Namangan, Navoiy, Qashqadaryo, Sirdaryo, Surхondaryo va Xorazm) hozircha oʻz hududida хorijiy yoki хalqaro OTMlarning filiallariga ega emas.
Oʻzbekiston hududida oʻquv jarayonini olib borishga ruхsat beruvchi hujjatlari boʻlmagan quyidagi OTMlar abituriyentlarni qabul qilishda davom etmoqda:
- Tomsk Davlat boshqaruv tizimlari va radioelektronika universiteti;
- Zaхira ofitserlarining moliya, iqtisodiyot va huquq instituti;
- OT XTM «Tadbirkorlik oliy maktabi»;
- OT XTM «Sharqiy Yevropa instituti»;
- OT NTM «Sibir biznes va aхborot teхnologiyalari instituti» va boshqalar.