Kasanachi bilan mehnat shartnomasini tuzish tartibi

preview

«Kompaniya ishlab chiqarish jarayonining asosiy qismini kasanachilik asosida tashkil etishni rejalashtirmoqda. Uy sharoitida ishlab chiqarilgan mahsulotlarni sertifikatlash kerakmi? Kasanachi bilan mehnat shartnomasi qanday tuziladi? Kasanachi bilan mehnat munosabatlari odatdagi xodimlardan – ofisga kelib ishlovchilardan farq qiladimi?".

Kadrovik.uz tushuntiradi:

 

–  Kasanachilar bilan ishlashda Kasanachilik toʻgʻrisidagi nizom me’yorlariga amal qiling. Ushbu hujjat barcha asosiy davrlarni – mehnat shartnomalarini tuzish, xom ashyo va materiallarni kasanachilarga topshirish, ish haqi shartlaridan tortib to ish vaqti davomiyligi, dam olish, ta’tillar va shu kabi masalalarni tartibga soladi. 

Ish beruvchining buyurtmasi boʻyicha kasanachi tomonidan ishlarni bajarish (xizmatlar koʻrsatish) uchun NAMUNAVIY MEHNAT ShARTNOMASI 11.01.2006 y. 4-son VMQga 2-ilova  tasdiqlangan.

Eslatib oʻtamiz  :

  • Kasanachi ishlab chiqarish topshirigʻi hajmidan hamda mehnat shartnomasida belgilangan boshqa shartlardan kelib chiqqan holda oʻzi uchun ish vaqti muddatini, ish jadvali va tartibini mustaqil ravishda belgilaydi.
  • Ish beruvchi kasanachi uchun ishlab chiqarish topshirigʻini belgilashda ishlarning ayrim turlarini bajarish uchun vaqt normativlarini hisobga olishi kerak, bunda butun ishlar kompleksini bajarish uchun ish vaqtining umumiy muddati Mehnat kodeksining 116-moddasida belgilangan normal yoki qisqartirilgan ish vaqti muddatidan oshmasligi kerak, agar bu mehnat shartnomasida koʻrsatilgan yoxud qonunchilikda belgilangan boʻlsa (18 yoshga toʻlmagan shaxslar va nogironligi boʻlgan shaxslar uchun).
  • Mehnat ta’tili muddatini hisoblash va har yilgi asosiy ta’tilga chiqish huquqini beradigan mehnat stajini hisoblab chiqarish uchun, dam olish va bayram kunlarini hisobga olgan holda, mehnat shartnomasida koʻrsatilgan ishlar hajmini bajarish uchun zarur boʻlgan normativ vaqt qabul qilinadi.
  •  Kasanachining har yilgi mehnat ta’tili muddati, agar kasanachi qonunchilikka muvofiq koʻproq davom etadigan har yilgi asosiy ta’tilga chiqish huquqiga ega boʻlmasa, 15 ish kunidan kam boʻlishi mumkin emas. Ta’tillar berish vaqti va navbati kasanachi bilan kelishuv boʻyicha ish beruvchi tomonidan tasdiqlangan jadvalda belgilanadi.
  • Kasanachilar buyurtmachi-korxonalarning ishlab chiqarish texnologiyasiga toʻliq amal qilgan taqdirda, uy sharoitida ishlab chiqarilgan mahsulotlar va xizmatlarni qoʻshimcha sertifikatlash va standartlash talab etilmaydi. Bunda uyda ishlab chiqarilgan mahsulot sifati boʻyicha belgilangan standartlarga rioya qilish boʻyicha mas’uliyat, u sanoat korxonalariga qaytarilganda — kasanachilar zimmasiga, oxirgi iste’molchiga sotishda esa sanoat korxonasi zimmasiga yuklanadi .
  • Kasanachining ishlagan vaqti pensiyalar va ijtimoiy sugʻurta boʻyicha nafaqalar miqdorlarini tayinlash uchun mehnat stajiga qoʻshiladi .
  • Kasanachiga davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha nafaqalarni toʻlash, belgilangan tartibga muvofiq ish beruvchining ishlab chiqarish xonalarida ishlaydigan xodimlar singari amalga oshiriladi .


Oʻzbekistonda mehnat munosabatlarining ayrim shakllarining xususiyatlari – mehnat shartnomalari turlari va ularning xususiyatlari oʻzbekistonda mehnat munosabatlarining ayrim shakllarining xususiyatlari, mehnat munosabatlarining ayrim shakllarining xususiyatlari, mehnat shartnomalari turlari va ularning xususiyatlari, mehnat munosabatlarining turli shakllari Oʻzbekistonda mehnat munosabatlarining ayrim shakllarining xususiyatlari. Turli xil mehnat turlari ishchilarning huquqlari va ish beruvchilarning majburiyatlariga qanday ta’sir qilishini bilib oling. Ishga qabul qilish, ish haqi va ijtimoiy kafolatlarning asosiy jihatlari bilan kadrovik.uz saytida tanishing /oz/publish/doc/text182225_kasanachi_bilan_mehnat_shartnomasini_tuzish_tartibi