Noyabr oyida har bir kadrovikka asqotadi:
«Kadrlar boʻlimi xodimning mehnat daftarchasini yoʻqotib qoʻydi. Xodim ish stajini tiklash uchun avvalgi ish joylari toʻgʻrisida arxiv ma’lumotlarini taqdim eta olmaydi.
Agar uning avvalgi ish joyi oʻz faoliyatini toʻxtatgan va hujjatlar arxivga topshirilmagan boʻlsa, mehnat daftarchasini qogʻoz shaklida qanday qilib tiklash mumkin?».
Kadrovik.uz tushuntiradi:
– Xodim qogʻoz mehnat daftarchasini tiklay olmaydi, chunki 2020 yil boshidan beri blanklar chiqarilishi toʻxtatilgan. Barcha tashkilotlar ish staji hisobini YaMMT tizimida elektron shaklda yuritadi
.
Xodim arxiv ma’lumotnomalari bilan tasdiqlab boʻlmaydigan ish stajini sud orqali, ish haqidan ushlab qolingan majburiy toʻlovlar boʻyicha aniqlab, tiklashiga toʻgʻri keladi.
2019 yil 1 yanvardan keyingi davr uchun bajarilgan har qanday ish, basharti mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromadlar hisoblangan boʻlsa, ish stajiga qoʻshiladi
.
2022 yil 1 iyuldan boshlab davlat pensiyalarini tayinlashda fuqarolardan mehnat staji, ish haqi, oliy ta’lim muassasalaridagi oʻqish hamda harbiy xizmat davri toʻgʻrisidagi hujjatlarni talab qilish bekor qilinadi
.
Valeriya Lyandres,
"Norma" eksperti