Korxonada xodimlarni mukofotlash tizimini qanday tashkil qilish kerak

preview

Ish beruvchi xodimlarni mukofotlashi shartmi? Mukofotlarni toʻlash va undan mahrum qilish uchun sabablar tartibga solinadimi? Mukofotlashni qanday hujjatlashtirish kerak?

Kadrovik.uz tushuntiradi:

 

– Ish beruvchi xodimlarni mukofotlashga majbur emas, lekin buni amalga oshirishi mumkin . U ragʻbatlantiriladigan xodimlar doirasini va toʻlovlar miqdorini mustaqil ravishda belgilaydi. U individual (ma’lum bir xodimni), shuningdek jamoaviy tarzda (tashkilot yoki boʻlimning barcha xodimlari va boshqalarni) mukofotlashi mumkin. Har bir xodim uchun mukofotlar miqdori farq qilishi mumkin.

Bayramlar arafasida mukofotlash mumkin:

  • umumdavlat (Navroʻz, 8 mart va boshqalar);
  • mahalliy (korxona kuni, tovarlar bozorda mavjudligi yubileyi va boshqalar);
  • individual (xodimning tugʻilgan kuni, toʻy, bola tugʻilishi va hokazo).

Shuningdek, ishda yuqori koʻrsatkichlarga erishganligi uchun (prognozli ishlab chiqarish koʻrsatkichining bajarilishi, mijozlar sonining koʻpayishi va boshqalar) yoki ma’lum bir vaqt davri (chorak, yil) uchun ish yakuni boʻyicha mukofotlar berilishi mumkin.

Mukofotlar quyidagicha boʻlishi mumkin:

  • bir yoʻla beriladigan (oldindan aniqlanmagan, ma’lum bir vaziyat boʻyicha toʻlanadi);
  • doimiy (oldindan belgilangan sabab boʻyicha muntazam ravishda toʻlanadi).

 

Mukofotlashni qanday rasmiylashtirish kerak

Agar mukofotlash bir yoʻla beriladigan boʻlsa, buyruq rasmiylashtirish kifoya (namunaga qarang). Unda mukofot toʻlanadigan xodimlar roʻyxati va uning miqdorini koʻrsating.

Agar siz xodimlarni muntazam ravishda mukofotlashni  rejalashtirsangiz, mahalliy hujjatni (masalan, Mukofotlash toʻgʻrisida nizom) ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqlashni tavsiya qilamiz. Unda – quyidagilarni nazarda tuting:

1) mukofot toʻlanadigan holatlar;

2) ragʻbatlantiriladigan xodimlar doirasi (mutaxassisliklar va lavozimlar boʻyicha) yoki mukofotlarni toʻlash uchun xodimlarni tanlash mezonlari;

3) miqdori, shartlari, tartibi, toʻlovlar va boshqa masalalar davriyligi.

Mukofotni keyingi toʻlash muddati yoki sababi kelganda, buyruq rasmiylashtirishingiz kerak boʻladi, xolos (namunaga qarang).

 

Xodimni ma’lum bir muddat yoki bir yoʻla mukofot olish huquqidan mahrum qilish mumkinmi

1) Ma’lum muddatga – agar bu muddat davomida xodimga nisbatan intizomiy jazo qoʻllanilsa, mumkin ;

2) Bir yoʻla – agar xodim mahalliy hujjatlarda belgilangan mukofotni berish shartlariga javob bermasa, mumkin .

Valeriya LYaNDRES

 «Norma» eksperti

Oʻzbekistonda ish haqi - xodimlarga ish haqi va boshqa toʻlovlar, xodimlarga barcha turdagi toʻlovlar oʻzbekistonda haq toʻlash, oʻzbekistonda haq toʻlash, oʻzbekistonda haq toʻlash turlari, oʻzbekistonda haq toʻlash shakllari, ish haqi va boshqa toʻlovlar Oʻzbekistonda xodimlarga ish haqi va boshqa toʻlovlar. Bu yerda siz Oʻzbekistondagi ish haqi va xodimlarga toʻlanadigan boshqa toʻlovlar haqida ma’lumot olishingiz mumkin. Tashkilotlarda turli xil toʻlovlar qanday amalga oshiriladi va kadrlar boʻlimi xodimi nimani bilishi kerak /oz/publish/doc/text183521_korhonada_hodimlarni_mukofotlash_tizimini_qanday_tashkil_qilish_kerak1