Noyabr oyida har bir kadrovikka asqotadi:
Bir yil uchun ish yakunlari boʻyicha mukofot yoki xodimlar tilida aytilganidek, «oʻn uchinchi maosh» tashkilotda kadrlar qoʻnimsizligini kamaytirishga imkon yaratadi. Bir yil uchun korxona mehnat faoliyati yakunlari boʻyicha mukofotlash tizimini qanday tashkil qilish kerakligini aynan kadrovik.uz uchun «Norma» kompaniyasi ekspertlari tushuntirib berdilar:
Oʻzbekiston qonun hujjatlarida «oʻn uchinchi maosh» tushunchasi berilmagan. Uni toʻlash shartlari va miqdori hech bir hujjatda belgilanmagan. Biroq, mohiyatiga koʻra, gap nima haqida borayotganligi tushunarli. Bu – bir yil uchun ish yakunlari boʻyicha mukofot puli
korxona ish faoliyatiga oʻz mehnat hissasini qoʻshganligi uchun xodimlarga toʻlanadigan ragʻbatlantiruvchi toʻlov.
Xususiy tashkilotlarda mehnatga haq toʻlash, mukofot, qoʻshimcha toʻlov, ustama va ragʻbatlantiruvchi xususiyatdagi toʻlovlarni toʻlash tizimi va shakllari korxonaning iqtisodiy imkoniyatlarini hisobga olgan holda, jamoa shartnomasida yoxud kasaba uyushmalari qoʻmitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organlari bilan kelishilgan holda qabul qilinadigan boshqa ichki hujjatlarda belgilanadi
.
Mukofot pulini hisoblash tartibini quyidagilarda qayd etish mumkin:
- mehnat shartnomasida
; - jamoa shartnomasida
; - boshqa ichki hujjatda, masalan, – Yil yakunlari boʻyicha mukofotlash toʻgʻrisidagi nizom, Mehnatga haq toʻlash toʻgʻrisidagi nizom, Mukofotlash toʻgʻrisidagi nizomda
.
Mukofotlash shartlarini jamoa shartnomasiga kiritadigan boʻlsangiz, uni oʻzgartirish tartib-taomillari murakkabroq kechishini hisobga oling: mehnat jamoasi vakillari bilan kelishilishi
qoʻshimcha ishlab chiqilgan loyiha umumiy yigʻilishga (konferensiyaga) ma’qullash uchun kiritilishi lozim.
Yil yakunlari boʻyicha mukofotlash toʻgʻrisidagi nizom ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qoʻmitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organlari bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi
. Tasdiqlangan nizom bilan barcha xodimlarni imzo chektirib tanishtiring.
Toʻlov miqdori qanday belgilanadi
Koʻp holatlarda toʻlov manbai oʻtgan yil uchun moliya-xoʻjalik faoliyati yakunlari boʻyicha korxona tasarrufida qolgan foyda hisoblanadi.
Bir yil uchun ish yakunlari boʻyicha mukofot puli miqdori, qoidaga koʻra, quyidagilarga bogʻliq boʻladi:
- xodim olgan ish haqiga;
- ushbu korxonadagi uzluksiz ish staji davomiyligiga.
Ish beruvchi, masalan, stajiga qarab xodimning yillik ish haqi yoki maoshidan foiz stavkasini, maosh miqdorida mukofot pulini belgilashi mumkin. Shuningdek u ayrim xodimlar uchun mukofot puli miqdorini oshirishi ham mumkin. Masalan, – mehnat faoliyatida erishgan eng yuqori koʻrsatkichlari uchun.
Mukofot pulini toʻlash toʻgʻrisidagi nizomda nimalar aks ettirilishi lozim
Quyidagilarni aks ettirishni tavsiya qilamiz:
1. Xodimni mukofotlashda hisobga olingan koʻrsatkichlar. Har bir ish beruvchi ushbu koʻrsatkichlarni mustaqil ravishda belgilaydi, sababi ular tashkilot faoliyati turiga va xodimlarning mehnat vazifalariga bogʻliq boʻladi. Masalan, bunday koʻrsatkichlar sifatida quyidagilar koʻrsatilishi mumkin:
- reja bajarilishi (ortigʻi bilan bajarilishi);
- ishlab chiqarilayotgan mahsulotning sifati yaxshilanishi;
- yangi texnika va texnologiyalarning oʻzlashtirilishi;
- moddiy resurslarni tejash va h.k.
2. Xodimga toʻlanadigan mukofot puli miqdorini kamaytirish uchun asoslar. Masalan:
- rahbariyat topshiriqlarini yoki lavozim majburiyatlarini bajarish yuzasidan belgilangan muddatlarga rioya etilmaganligi, uzrli sabablar mavjud boʻlmagan hollarda ularni sifatsiz bajarish;
- ijro intizomi darajasi yetarli emasligi;
- mehnat tartibi talablariga rioya qilmaslik (intizomiy undiruv choralari qoʻllanilmagan holda) va h.k.
3. Mukofotlanadigan xodimlar roʻyxati.
Unga odatda shtatdagi barcha xodimlar, ayrim hollarda esa tashqi oʻrindoshlar ham kiritiladi
. Fuqarolik-huquqiy shartnoma boʻyicha vazifalarni bajaruvchilar ish beruvchi bilan mehnat munosabatlarida boʻlmaganligi sababli ushbu roʻyxatga kiritilmaydi.
Mukofotlanadigan xodimlar roʻyxatini shakllantirishda ish beruvchi 31 dekabrga qadar mehnat munosabatlari toʻxtatilgan shaxslarni unga kiritish-kiritmaslikni hal etishi lozim.
4. Mukofot tayinlanishiga toʻsqinlik qiluvchi sabablar.
Bunday sabablar jumlasiga, masalan, moliyaviy, soliq, mehnat, ijro intizomi buzilishi, xodim tomonidan ichki mehnat tartibi qoidalariga, lavozim yoʻriqnomalariga rioya etilmasligi, texnika xavfsizligi, mehnatni muhofaza qilish qoidalarining buzilishi, ish beruvchining bevosita koʻrsatmalarini bajarishdan bosh tortish hamda xodimga nisbatan intizomiy chora qoʻllanilgan boshqa holatlarni kiritish mumkin
.
Intizomiy javobgarlikka tortilgan xodimlar mukofotlashdan butunlay mahrum etiladi
.
5. Hisobga olinadigan davr va eng kam uzluksiz ish staji.
Har bir xodimning mehnat natijalari aniqlanadigan hisob davri – bu kalendar yil (1 yanvardan 31 dekabrgacha). Shu boisdan, qoidaga koʻra, mukofot puli keyingi yilning boshida toʻlanadi.
Mukofot pulini toʻlash uchun eng kam uzluksiz ish stajini 1 yilga teng deb olish maqsadga muvofiq boʻladi. Ya’ni mukofot puli kalendar yilda toʻliq ishlagan xodimlarga beriladi.
Mukofot pulini toʻlash tartibi va asos
Ish beruvchi kalendar yilning 31 dekabri holatiga koʻra mukofot pulini toʻlash toʻgʻrisida buyruq chiqaradi, ushbu toʻlov buyruq chiqarilgan kunda shtatda (roʻyxatda) boʻlgan xodimlarga butun kalendar yil uchun toʻliq hajmda toʻlanadi. Shuningdek buyruqda quyidagi xodimlar roʻyxati keltirilishi shart:
- kalendar yilda mehnat jabhasida yuqori koʻrsatkichlarga erishgan, qoʻshimcha mukofot puli toʻlanadigan xodimlar;
- mukofot puli toʻliq boʻlmagan kalendar yil uchun toʻlanadigan xodimlar (uzrli sabablarga koʻra – oʻquv yurtiga oʻqishga kirganligi, pensiyaga chiqqanligi, saylanadigan lavozimlarga saylab qoʻyilganligi va boshqa holatlarda mehnat shartnomasi bekor qilinishi zarurati tufayli) – mukofot puli toʻlanadigan davr koʻrsatilgan holda;
- mukofot puli miqdori kamaytirilgan xodimlar – sabablari* va kamaytirilgan miqdor foizlarda koʻrsatilgan holda;
- mukofot pulidan butunlay mahrum etilgan xodimlar – sabablari koʻrsatilgan holda*.
* Mukofot puli miqdorini kamaytirish yoki undan mahrum qilish sabablari hujjatlar bilan asoslab berilishi lozim. Boshqacha aytganda, – agar xodim biror qoidabuzarlik sodir etgan yoki yaxshi ishlamagan boʻlsa, bu holat hujjatlar bilan – bevosita rahbarning raporti, dalolatnomalar bilan rasmiylashtirilishi lozim. Mehnat nizolari yuzaga kelgan holatlarda ushbu masala yuzasidan dalil-isbot boʻlishi uchun shunday qilish kerak.
Xodimlarga mukofot pulini toʻlash uchun mehnat shartnomasi boʻyicha kalendar yilda ishlangan vaqt hisobga olinadi, ish haqi saqlanmaydigan ta’tillarda, bolani parvarishlash ta’tillarida boʻlgan davrlar bundan mustasno.