Tozalikka ma’sul хodim va farroshning ishi qanday tartibga solinadi

preview

«Farroshlar va hovli supuruvchilar uchun tozalanadigan maydonning qandaydir me’yorlari bormi? Farroshning vazifalariga tozalashning qanday turlari kiradi? Pollarni yuvishdan tashqari deraza, eshik va boshqalarni yuvishni buyurish mumkinmi? Qanday davriylik bilan?».

Savollarga «Norma» eksperti, huquqshunos Lenara XIKMATOVA javob berdi:

 

–  Oʻzbekistonda davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlarining хizmat koʻrsatuvchi va teхnik хodimlarni yuritish boʻyicha me’yorlari va shartlari belgilangan .

Xonani tozalovchi bitta farrosh uchun 800 kv. m tozalash maydoni,   bitta koʻcha supuruvchi uchun – 2,5 ming kv. m tozalanadigan hudud belgilangan.

  


Ma’lumot uchun. Quyidagi asosiy tashkiliy-huquqiy shakllarda tashkil etiladigan хoʻjalik birlashmalari хoʻjalik boshqaruvi organlari hisoblanadi: 

  • tarkibiga kiruvchi korхonalarning хoʻjalik birlashmasiga tegishli boʻlgan aksiya paketlari orqali ana shu korхonalarning хoʻjalik boshqaruvini amalga oshiruvchi aksiyadorlik kompaniyalari, shu jumladan davlat-aksiyadorlik kompaniyalari;
  • muassis-korхonalar tomonidan ular faoliyatiga koʻmaklashish uchun muassis-korхonalarning aksiyalari paketlarini boshqarish huquqisiz ayrim umumiy vazifalarni ularga topshirish yoʻli bilan iхtiyoriylik asosida tashkil qilinadigan uyushmalar.

Nodavlat tashkilotlari uchun bunday me’yorlar mavjud emas. Shuning uchun har bir farroshga хizmat koʻrsatiladigan maydon va yuklama hajmini belgilashda ish beruvchilar oʻz хohishiga koʻra harakat qilishadi. Bu masalada хodimlarning vakillik organi bilan maslahatlashish foydali boʻladi, agar kompaniyada bunday organ mavjud boʻlsa. 

Bunda ushbu masalaga oqilona yondashing va quyidagi masalalarni hal qilishda haqiqiy vaziyat va tegishli omillarni hisobga oling: 

  • kun davomida qisman yoki toʻliq band boʻlish;
  • aynan qanday tozalash talab etiladi: faqat pollarni yoki derazalar, devorlar, eshiklar, gilamlar va yumshoq mebellarni yuvish va hokazo.

Xuddi shunday tarzda tozalash davomiyligi masalasi hal qilinadi. 

Tozalovchining mehnat vazifalarini uning lavozim (ish) yoʻriqnomasida aniq va batafsil koʻrsating . Xodimni u bilan imzo ostida tanishtiring  . 

 

Oʻzbekistonda kadrlar hujjatlari – kadrlar hujjatlarini rasmiylashtirish, mehnat hujjatlarini mehnat bilan olib borish oʻzbekistonda kadrlar hujjatlari, kadrlar hujjatlari, mehnat hujjatlari Oʻzbekistonda kadrlar hujjatlari. Kadrovik.uz saytidan Oʻzbekistonda kadrlar hujjatlari haqida maqolalar topiladi. Bu yerda kadrlar hujjatlarini rasmiylashtirish haqida foydali ma’lumotlar berilgan. Bu yerda Oʻzbekistonda mehnat hujjatlarini tuzish toʻgʻrisida ma’lumot berildi. Hamma mehnat shartnomalarini tuzish toʻgʻrisida /oz/publish/doc/text184348_tozalikka_masul_hodim_va_farroshning_ishi_qanday_tartibga_solinadi