Xodim xizmat safaridan yakshanba kuni qaytib kelsa

preview

 

E’tibor bering
Javob “Norma” yuristlarining umumlashgan fikrini hisobga olgan holda oʻzgartirildi.

«Xodim xizmat safaridan 25 sentyabr (yakshanba) tungi soat 02:00 da qaytib keldi. Dam olish kunida xizmat safarida ishlash uchun ikki hissa miqdorida haq toʻlanadi. 25 sentyabr kungi xizmat safari qanday hisob-kitob qilinadi? Hisobga 12:00 dan 02:00 gacha boʻlgan vaqt   – bor-yoʻgʻi 2 soat olinadimi? Yoki butun kunmi?».

Savolga ekspert va «Norma» kadrlar xizmati rahbari Valeriya LYaNDRES javob berdi:

 

–  Xizmat safariga chiqish kuni boʻlib trasport vositasida ketish kuni hisoblanadi – 00: 00 dan 24:00 gacha.  Kelish kuni –  transport vositasida doimiy ish joyiga kelish vaqti sanaladi, xuddi shunday  00: 00 dan 24:00 gacha .

Bu holatda dam olish kunining yoʻlga sarflangan 2 soatini hisobga olib, unga ikki  baravar haq toʻlash kerak, deb hisoblaymiz. 


Bu Mehnat kodeksining 157-moddasi bilan tasdiqlangan boʻlib, unda dam olish kunlari va bayram kunlaridagi ishlar uchun haq toʻlash tartibi haqida gap boradi. Bayram yoki dam olish kunidagi ish xodimning xohishiga qarab boshqa dam olish kuni (otgul)* berish bilan qoplanishi mumkin.


* Ma’lumot uchun: dam olish  va bayram kunlaridagi ishdan farqli oʻlaroq, ish vaqtidan tashqari ish uchun belgilangan ish vaqtidan tashqari bajarilgan ish soatlariga teng keladigan miqdorda otgul bilan kompensatsiya qilinadi yoki mehnat haqi toʻlanadi. 

 

Oʻzbekistonda xizmat safarlari – xizmat safarlarini roʻyxatdan oʻtkazish, Oʻzbekistonda xizmat safari turlari, xizmat safarini tashkil yetish boʻyicha batafsil ma’lumotlar xizmat safari, xizmat safari, xizmat safari haqida ma’lumot, oʻzbekistonda xizmat safari, oʻzbekistonda xizmat safari Oʻzbekistonda xizmat safarlari. Bu yerda siz Oʻzbekiston boʻylab xizmat safarlarini roʻyxatdan oʻtkazish haqida ma’lumot olishingiz mumkin. Ish safarini qanday tashkil qilish kerak. Ish safari paytida ish uchun toʻlov haqida ma’lumot /oz/publish/doc/text184589_hodim_hizmat_safaridan_yakshanba_kuni_qaytib_kelsa