Oktyabr oyida har bir xodim uchun foydali boʻladi:
«Xodim jiddiy kasallikni boshidan oʻtkazdi. U oʻsha vaqtdan buyon muntazam ravishda qisqa vaqt oraligʻi bilan kasallik ta’tillarida boʻlib kelmoqda. U qancha muddatgacha «betob» boʻlishi mumkin va korxona unga ushbu davrlar uchun qachongacha haq toʻlashi kerak?».
Vaziyatga ekspert va «Norma» kadrlar xizmati rahbari Valeriya LYaNDRES izoh berdi:
– Agar xodimda aynan bir kasallik boʻyicha (sil kasalligi bundan mustasno) vaqtincha mehnatga layoqatsizlik davri uzluksiz 4 oyni, tanaffus bilan oʻn ikki oy mobaynida jami olti oyni tashkil qilsa, tibbiy-davolash muassasasi bemorni tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasiga (avval – TMEK, hozirgi vaqtda – TIEK) yuboradi
.
Bunda mehnatga layoqatsizlik varaqasi yoki mehnatga layoqatsizlik ma’lumotnomasining amal qilish muddati bemor TIEKga yuborilgan kundan boshlab toʻxtatiladi.
Shu tariqa, tanaffus bilan jami 12 oylik muddat uchun bir kasallik boʻyicha vaqtincha mehnatga layoqatsizlik davrining toʻliq 6 oylik muddati tugagandan soʻng, xodim tibbiy muassasa tomonidan TIEKga yuborilganligini nazorat qilishingiz kerak. Ushbu holatda mehnatga layoqatsizlikning soʻnggi varagʻida sanani koʻrsatgan holda TIEKka yoʻllanganligi haqida yozuv kiritiladi:
|
«TIEKka yoʻllanmoqda «___» ____________ 20___ y. Bosh shifokor (VMK raisi) imzosi ___________________________________ TIEK tomonidan tekshirildi __________________________________________________ |
Shu sanadan boshlab TIEK qarori qabul qilingunga qadar vaqtincha mehnatga layoqatsizlik boʻyicha nafaqa toʻlashni vaqtincha toʻxtatib turing.
Hujjatlar TIEKda qabul qilingan kundan boshlab ikki hafta muddatda tibbiy koʻrik oʻtkaziladi
.
TIEK xulosasini mehnatga layoqatsizlik varaqasidagi boʻlimda qarang:
|
TIEK xulosasi: birinchi marta yoki takroran nogironligi boʻlgan shaxs deb tan olingan, birinchi, ikkinchi, uchinchi guruh nogironligi boʻlgan shaxs deb tan olingan; nogironligi boʻlgan shaxs deb tan olinmagan, mehnatga layoqatsizlik varaqasi davom ettiriladi (tagiga chizing).
TIEK raisining imzosi__________________________________ TIEK muhri |
Uning natijalariga koʻra sizda voqealar rivojining 2 ta varianti boʻlishi mumkin:
1-variant. TIEK xodimni nogiron deb tan olmaydi
Bu holda davolash-profilaktika muassasasi tomonidan mehnatga layoqatsizlik varaqasi xodimning mehnat qobiliyati tiklangunga qadar, ammo ikki oydan ortiq boʻlmagan muddatga uzaytiriladi
. Ish beruvchi esa TIEK qaroriga binoan vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik boʻyicha nafaqa toʻlaydi.
2-variant. TIEK xodimni nogiron deb tan oladi
Uning mehnat faoliyatini davom ettirish toʻgʻrisidagi keyingi qarorlar TIEK xulosasiga muvofiq qabul qilinadi.
Zarurat tugʻilganda yoki agar shubha paydo boʻlsa, siz xodimga mehnatga layoqatsizlik varaqasini beradigan davolash-profilaktika muassasasidan ularning uzaytirilishining asosli ekanligini tasdiqlashni talab qilishga haqlisiz.
Vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik nafaqasi toʻlashni mustaqil ravishda toʻxtata olmaysiz.