Tashkilot nomi oʻzgarganini YaMMTda aks ettirish

preview

«Tashkilotning mulkdori, nomi va yuridik manzili oʻzgartirildi. Bunda xodimlarning koʻpchilik qismi ishlashda davom etdi. Barcha oʻzgarishlar munosabati bilan ushbu xodimlarning elektron mehnat daftarchalariga qanday yozuvlar kiritilishi kerak? Ularning mehnat shartnomalari shartlarida hech narsa oʻzgarmadi. Haqiqatda ular ishdan boʻshatilmagan va ishga qayta qabul qilinmagan. Tashkilot nomining oʻzgarishini YaMMTda qanday aks ettirish kerak?».

kadrovik.uz iltimosiga koʻra savollarga YaMMT IDAK Boshqaruv direksiyasi boʻlim boshligʻi Zarnigor Abdurahmonova javob berdi:

 

– YaMMTda ish beruvchining STIRi uning identifikatori boʻlib hisoblanadi.

Tashkilot toʻgʻrisidagi ma’lumotlar (tashkilot STIRi, nomi, davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan manzili, mulkchilik shakli, rahbar haqidagi ma’lumotlar va boshqalar) yuridik shaxslarning (tashkilotlar) Markaziy ma’lumotlar bazasi orqali tizimga avtomatik ravishda kelib tushadi.

Tashkilot nomi oʻzgarganda my.mehnat.uz saytidagi ushbu ma’lumot ham tashkilotning STIRi orqali avtomatik ravishda yangilanadi. Korxona nomining oʻzgarishi haqidagi ma’lumotlarni mustaqil tarzda kiritishingiz shart emas.

 

 

 

 


My.mehnat.uz My.mehnat.uz My.mehnat.uz /oz/publish/doc/text185453_tashkilot_nomi_uzgarganini_yammtda_aks_ettirish