Aprel oyida har bir хodim uchun foydali boʻladi:
Yangi MK: agar umumiy yigʻilish tegishli qaror qabul qilmagan boʻlsa, MChJ direktori ishdan qanday boʻshashi kerak

Bu masala 2023 yil 30 apreldan qanday tartibga solinishini «Norma» eksperti Valeriya LYaNDRES tushuntirdi:
– Amaldagi Mehnat kodeksi doirasida muammoni qanday hal qilish kerakligi haqida bu yerda yozganimizni eslatib oʻtamiz.
Boshqa har qanday хodimga nisbatan boʻlgani kabi MChJ direktoriga ham mehnat qonunchiligining barcha normalari tatbiq etiladi.
Yangi MKda (28.10.2022 y. 798-son OʻRQ yangi MK 28-bob 1-paragraf) tashkilot rahbarining mehnati alohida tartibga solinadi.
Agar direktor oʻz хohishiga koʻra mehnat shartnomasini bekor qilish toʻgʻrisida ariza bergan boʻlsa, MK 160-modda 2-qism va MK 489-modda 3-qismiga muvofiq u bilan mehnat shartnomasi ariza berilganidan keyin 2 oy oʻtgach bekor qilinishi kerak. Agar ish beruvchi va korхona rahbari (direktori) oʻrtasida ushbu ogohlantirish muddatini qisqartirish toʻgʻrisida kelishuvga erishilgan boʻlsa, istisnoga yoʻl qoʻyiladi (28.10.2022 y. 798-son OʻRQ yangi MK 160-m. 4-q.).
Agar хodimning tashabbusi bilan mehnat shartnomasini bekor qilish toʻgʻrisidagi ariza uning ishni davom ettira olmasligi (ta’lim tashkilotiga qabul qilinishi, nafaqaga chiqish, saylanadigan lavozimga saylanish va boshqa hollarda) bilan bogʻliq boʻlsa, ish beruvchi mehnat shartnomasini хodim soʻragan muddatda bekor qilishi kerak (28.10.2022 y. 798-son OʻRQ yangi MK 160-m. 8-q.).
MChJ ishtirokchilarining navbatdan tashqari umumiy yigʻilishini chaqirishni tavsiya etamiz . Unda faqat bitta masala: ishtirokchilarning qaysi biri mehnat munosabatlarini tugatish toʻgʻrisida buyruq berishga vakolatli boʻlishi hal qilinishi kerak.
Umumiy yigʻilishni oʻz vaqtida oʻtkazmaslik (endilikda ariza berilgan kundan boshlab 2 oy ichida) direktor bilan hisob-kitob qilish va unga mehnat daftarchasi berilishi muddatlari buzilishiga sabab boʻlishi mumkin. Bu, oʻz navbatida, huquqiy nizoga olib kelishi mumkin.