Agar sinov muddati davriga mehnat shartnomasi tuzilmagan boʻlsa

preview
E’tibor bering
Tushuntirish 2023 yil 30 apreldan kuchga kiradigan Yangi MK asosida tayyorlangan.

«Nomzodga sinov muddatini belgilayotganda direktor u bilan mehnat shartnomasini tuzmadi, buni hali u professional sifatlari, jamoada ishlay olishi, korporativ qadriyatlarga sodiqligini  tasdiqlashi lozimligi bilan izohladi. Shunday qilish mumkinmi?».

Kadrovik.uz tushuntiradi:

 

– Yoʻq, ish beruvchi Mehnat kodeksining bir qator moddalarini buzayapti:

  • dastlabki sinov davrida xodimga nisbatan mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilikning va mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarning amal qilishi toʻliq tatbiq etiladi. Dastlabki sinov davri mehnat stajiga, shu jumladan har yilgi mehnat ta’tilini olish huquqini beradigan ish stajiga ham kiritiladi ;
    • ishga qabul qilishda albatta yozma mehnat shartnomasi tuzilishi shart ;
    • dastlabki sinov mehnat shartnomasi asosida belgilanadi, aksincha emas .

Xodimning ixtisosligi (lavozimi) boʻyicha haqiqatda ishlashiga ruxsat etish, ishga qabul qilinishi hujjatlar bilan rasmiylashtirilganidan qat’i nazar, ish boshlangan kundan e’tiboran mehnat shartnomasini tuzish deb hisoblanadi . Xodimning ishlashiga ruxsat etilgan paytdan boshlab ish beruvchida unga ish haqi toʻlash va boshqa mehnat normalariga rioya etish majburiyati yuzaga keladi .

 

Ish beruvchi uchun oqibatlar

Haqiqatda ishlayotgan xodim bilan mehnat shartnomasini oʻz vaqtida tuzmaganlik uchun ish beruvchining mansabdor shaxsiga nisbatan MJTKning 49-m. boʻyicha jarima sanksiyalari qoʻllanishi mumkin.

 

Xatoni tuzatish tartibi

Mehnat shartnomasini ikki nusxada rasmiylashtirib, ulardan birini xodimga tilxat olib topshiring. Ishga qabul qilinganligi toʻgʻrisida buyruq chiqaring. Yangi xodim ishlagan barcha kunlar uchun haq toʻlang.

 

 

Oʻzbekistonda ish beruvchining xatolari va ularni tuzatish tartibi - ularni qanday aniqlash va tuzatish ish beruvchi xatolari, ish beruvchi xatolarini tuzatish, ish beruvchi xatolarini qanday aniqlash mumkin, ish beruvchi xatolarini qanday tuzatish kerak, oʻzbekistonda ish beruvchi xatolar Oʻzbekistonda ish beruvchining xatolari va ularni tuzatish tartibi. Ish beruvchilar tez-tez qanday xatolarga yo’l qoʻyadilar va ularni qanday qilib unumdorlikni oshirish va ish muhitini yaxshilash uchun tuzatish kerakligini bilib oling /oz/publish/doc/text187055_sinov_muddati_davriga_mehnat_shartnomasi_tuzilmagan1