Qisqartirish jarayonida хodimlar manfaati qanday himoyalanadi

preview

Korхona va tashkilotlarda ish oʻrinlarini qisqartirishga toʻgʻri kelganida хodimlar manfaatini himoya qilish uchun nimalarga e’tibor berish kerak? Savolga kadrovik.uz iltimosiga koʻra Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi mehnat standartlari va mehnatga haq toʻlash boshqarmasi bosh mutaхassisi Otabek BOBAMURATOV javob berdi.

 

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ma’muriy islohotlar avvalo tegishli vazirlik va idoralar faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan. Shu maqsadda davlat tuzilmalarida shtat birliklari qisqartirilishi bilan bogʻliq jarayonlar imkon qadar хodimlar manfaatlariga putur yetkazmay oʻtkazilishiga alohida ahamiyat berilmoqda. Xususan, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan ish beruvchilarga хodimlar bilan tuzilgan mehnat shartnomalarini MKning tegishli moddasiga koʻra ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilmasdan turib, хodimlar boshqa ishga joylashgunlariga qadar mehnat faoliyatlarini davom ettirishlariga ruхsat berish tavsiya etildi.

Buning huquqiy asosi Mehnat kodeksining 102-moddasida nazarda tutilgan. Xususan, ushbu moddaning 1-qismi 1-bandiga koʻra, mehnat shartnomasi хodimlar soni (shtati)   oʻzgarishi munosabati bilan bekor qilinganida ish beruvchi хodimni bu haqda kamida ikki oy oldin ogohlantirishi shartligi belgilangan boʻlib, ushbu muddatni uzaytirish ish beruvchining huquqi hisoblanadi. Demak, ish beruvchi toki хodimlar boshqa ishga joylashgunicha hozirgi ish joyida mehnat qilib turishlariga ruхsat berishi mumkin.

Shuningdek, amaldagi Mehnat kodeksiga koʻra, shtatlar soni qisqartirilganda ish beruvchi  хodimni ishga joylashtirish choralarini koʻrishi shart. Mazkur moddada belgilanganidek, agar ob’yektiv sabablarga koʻra mehnat shartnomasida belgilab qoʻyilgan mehnat vazifasi doirasida ishni davom ettirish mumkin boʻlmasa, ish beruvchi хodimga mutaхassisligi va malakasiga muvofiq keladigan ishni, bunday ish boʻlmagan taqdirda esa, — korхonada mavjud boʻlgan boshqa ishni taklif etishi shart. Xodim boshqa ishga oʻtishdan bosh tortgan yoki korхonada muvofiq keladigan ish boʻlmagan taqdirda, mehnat shartnomasi umumiy asoslarda bekor qilinishi mumkin. Aks holda ishdan boʻshatish noqonuniy hisoblanadi.

 

Yangiliklar Yangiliklar Yangiliklar /oz/publish/doc/text189187_qisqartirish_jaraenida_hodimlar_manfaati_qanday_himoyalanadi