Noyabr oyida har bir kadrovikka asqotadi:
SSSR davrida olingan ta’lim toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni YaMMTga qanday kiritish kerak
«Tashkilot YaMMTga xodimning oliy ta’limi toʻgʻrisida ma’lumotni kiritishi kerak. 1978-1987 yillarda Frunze Politexnika institutida oʻqigan. SSSR davrida Oʻzbekistondan tashqaridagi universitetlarni bitirgan shaxslarga oliy ma’lumot toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni kiritish uchun qayerga murojaat qilish kerak?».
Savolga ekspert va «Norma» kadrlar xizmati rahbari Valeriya LYaNDRES javob berdi:
– Siz Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar
vazirligiga murojaat qilishingiz kerak. Avvalroq keltirilgan masala boʻyicha Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi shugʻullangan
. Ammo keyinroq inspeksiya vazifalari vazirlikka berilgan
.
Hozirgi vaqtda ish beruvchilar YaMMT tizimida sovet davridagi oliy ma’lumot toʻgʻrisidagi diplomni roʻyxatdan oʻtkazish va tasdiqlash imkoniyatiga ega emasligi sababli, xodimning qogʻoz shaklidagi diplomi uning ma’lumotini tasdiqlash uchun asos boʻlishi mumkin deb hisoblaymiz (Toshkent, 15.05.1992 y. Ta’lim sohasida hamkorlik toʻgʻrisida kelishuv 5-m.).