Oktyabr oyida har bir хodim uchun foydali boʻladi:
Kasaba uyushmasi qoʻmitasining qarori ustidan shikoyat qilish mumkinmi
«Kasaba uyushmasi qoʻmitasi mehnat majburiyatlarini bir marta qoʻpol ravishda buzganligi uchun хodimlar bilan mehnat shartnomasini bekor qilishga rozilik bermadi. Ish beruvchi bu qarordan norozi. U kasaba uyushmasi qoʻmitasining qarori ustidan shikoyat qilishi mumkinmi?».
Savolga «Norma» eksperti, yurist Nurali Nurmuhammyedov javob berdi:
– Agar jamoa kelishuvida yoki jamoa shartnomasida mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusiga koʻra bekor qilish uchun kasaba uyushmasi qoʻmitasining oldindan roziligini olish nazarda tutilgan boʻlsa, mehnat shartnomasini bunday roziliksiz bekor qilishga yoʻl qoʻyilmaydi .
Kasaba uyushmasi qoʻmitasi zarur hujjatlarni olgandan soʻng kasaba uyushmasi a’zosi bilan mehnat shartnomasini bekor qilish toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqishi va ish beruvchiga yigʻilishning tegishli bayonnomasini – asoslantirilgan qarorni koʻrsatgan holda yozma ravishda yuborishi kerak.
Agar ish beruvchi kasaba uyushmasi qoʻmitasining qaroridan norozi boʻlsa, u korхona kasaba uyushmasining yuqori turuvchi organi – kasaba uyushmalari birlashmasiga murojaat qilishi mumkin. Agar bunday birlashma boʻlmasa yoki korхona kasaba uyushmasi bunday birlashmalarga a’zo boʻlmasa, ish beruvchi nizoni umumiy tarzda sudga yuborishi mumkin.