Oktyabr oyida har bir xodim uchun foydali boʻladi:
«Davlat tibbiyot muassasasiga shifokor qabul qilindi. Mehnat daftarchasidagi yozuvlarga qaraganda, u avvalgi ishidan ikki oy oldin boʻshatilgan. Endi yangi ish joyidagi buxgalteriya boʻlimi ishdan boʻshatish va qabul qilish oʻrtasida ikki oy oʻtganini, demakki, staj toʻxtatib turilganini aytib, uzluksiz ish staji uchun ustama toʻlashdan bosh tortmoqda. Xodimning ta’kidlashicha, u «qisqartirishga tushgan», demak, staj saqlanadi. Bu shundaymi? Qanday hollarda ish stajidagi tanaffus tibbiyot xodimiga ustama toʻlashga ta’sir qilmaydi?».
Savolga «Norma» eksperti Lenara XIKMATOVA javob berdi:
– Darhaqiqat, davlat muassasalarining tibbiyot va farmatsevtika xodimlariga uzluksiz ish staji uchun tarif stavkalariga ustamalar toʻlanadi.
21.12.2005 yildagi 276-sonli VMQ bilan davlat muassasalarining tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining mehnatiga haq toʻlash tartibi va shartlarini tartibga soluvchi Nizom tasdiqlangan. Shu jumladan, ustama toʻlash shartlari ham.
U tarif stavkasidan foizlarda belgilanadi. Shunday qilib, koʻp yillik ish staji uchun shifokorlar, oʻrta va kichik tibbiyot xodimlari, shuningdek sogʻliqni saqlash muassasalarining farmatsevtika xodimlari uchun uzluksiz ish stajida quyidagi ustamalar belgilanadi:
- 5 yildan 10 yilgacha – tarif stavkasining 5% miqdorida;
- 10 yildan 15 yilgacha – tarif stavkasining 10%;
- 15 yildan 20 yilgacha – tarif stavkasining 15% (oliy ma’lumotli hamshiralar uchun – tarif stavkasining 20%);
- 20 yildan ortiq – tarif stavkasining 20% (oliy ma’lumotli hamshiralar uchun – tarif stavkasining 30%).
Ustamalar toʻlashning boshqacha tartibi belgilangan sogʻliqni saqlash musassalari xodimlarining ayrim toifalari bundan mustasno
.
Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining mutaxassisligi boʻyicha uzluksiz ish stajini hisoblab chiqarish tartibi Nizomning 3-son ilovasida koʻrsatilgan. Shu jumladan – mutaxassislik boʻyicha uzluksiz ish stajiga aniq qaysi vaqt davrlari kiritiladi; qaysi hollarda ishga kirishda uzluksiz ish staji saqlanib qoladi va hokazo.
Shunday qilib, tibbiyot va farmatsevtika xodimlari lavozimlariga ishga kirishda uzluksiz ish staji quyidagilarda saqlanib qoladi:
Koʻrib chiqilayotgan vaziyatda:
Agar xodim bilan avvalgi ish joyida mehnat shartnomasi MK 161-m. 2-q. 2-b. boʻyicha (yoki eski MK 100-m. 2-q. 1-b. boʻyicha) shtat qisqarishi munosabati bilan bekor qilingan boʻlsa va keyingi ishga joylashgunga qadar ishdagi tanaffus uch oydan oshmasa, ustama toʻlash uchun uzluksiz ish staji saqlanadi.
Mehnat daftarchasida ishdan boʻshatish asosi koʻrsatilmaganligi sababli, xodim ustama olish uchun yangi ish beruvchiga avvalgi ish joyidan mehnat shartnomasini bekor qilish toʻgʻrisidagi buyruq nusxasini taqdim qilishi kerak.