Kimni xizmat safariga yuborib boʻlmaydi

preview

«Loyiha institutida ishlovchi, ikki nafar – 4 va 9 yoshli farzandi bor xodimani buyruq bilan viloyatdagi tarkibiy boʻlinmaga xizmat safariga yuborishmoqda. U borishdan bosh tortayapti, biroq direktor fikridan qaytmay, intizomiy jazo qoʻllashini, hattoki ishdan boʻshatishini aytayapti. Bu qonunga zid emasmi?

Kadrovik.uz tushuntiradi:

E’tibor bering
Kerakli tushuntirishni oʻtkazib yubormaslik uchun TG-kanalimizga obuna boʻling!

 

– Yoʻq, bu qonunga zid.

Xizmat safari – tashkilot rahbarining farmoyishiga koʻra xodimning doimiy ish joyidan tashqarida (masalan, filialda, uchastkada, boshqa boʻlinma yoki tashkilotda) xizmat topshirigʻini bajarish uchun muayyan muddatga boshqa joyga borishidir.

Xodimlarning hammasini ham xizmat safariga yuborib boʻlmaydi. MKda ayrim toifadagi xodimlar uchun cheklovlar va taqiqlar roʻyxati mavjud. Xususan, quyidagilarni yozma roziligisiz xizmat safariga yuborib boʻlmaydi :

  • homilador ayollarni;
  • 14 yoshga toʻlmagan bolasi yoxud 16 yoshga toʻlmagan nogiron bolasi bor ayollarni;
  • onasiz bolalarni tarbiyalayotgan otalarni (ona vafot etgan, onalik huquqlaridan mahrum etilgan va boshqa hollarda) ;
  • voyaga yetmagan bolalarning vasiylarini (homiylarini);
  •  ota-ona gʻamxoʻrligidan mahrum boʻlgan bolalarni amalda tarbiya qilayotgan shaxslarni (buvisi, buvasi yoki boshqa qarindoshlarni).

Shu tariqa, koʻrib chiqilayotgan misolda xodimani uning roziligisiz xizmat safariga yuborib boʻlmaydi. Uning xizmat safariga borishdan bosh tortishiga mehnat intizomini buzish sifatida qarab boʻlmaydi.

 

Agar xodim yuqorida sanab oʻtilgan toifalardan birortasiga kirmasa

U uzrli sabablarsiz safarga borishdan bosh tortishga haqli boʻlmaydi. Bu holda xodimning xizmat safariga borishdan asossiz ravishda bosh tortishi mehnat intizomini buzish deb hisoblanadi. Buning uchun intizomiy jazo chorasini qoʻllash mumkin .

Agar xodimning ishi tez-tez xizmat safarlariga borishni taqozo etsa, ushbu shartni mehnat shartnomasida qayd etgan ma’qul.

 «Norma» eksperti

Valeriya LYaNDRES yangiladi


Oʻzbekistonda xizmat safarlari – xizmat safarlarini roʻyxatdan oʻtkazish, Oʻzbekistonda xizmat safari turlari, xizmat safarini tashkil yetish boʻyicha batafsil ma’lumotlar xizmat safari, xizmat safari, xizmat safari haqida ma’lumot, oʻzbekistonda xizmat safari, oʻzbekistonda xizmat safari Oʻzbekistonda xizmat safarlari. Bu yerda siz Oʻzbekiston boʻylab xizmat safarlarini roʻyxatdan oʻtkazish haqida ma’lumot olishingiz mumkin. Ish safarini qanday tashkil qilish kerak. Ish safari paytida ish uchun toʻlov haqida ma’lumot /oz/publish/doc/text190794_kimni_hizmat_safariga_yuborib_bulmaydi1