Xodim toʻliq yil mehnat qilmay ishdan boʻshasa, toʻlangan ta’til pullarini ushlab qolish mumkinmi

preview

«Xodim bilan mehnat shartnomasi uning tashabbusiga koʻra 2023 yil 17 iyulda bekor qilinadi. Xodim yil boshida joriy ish yili uchun 2023 yil 01 yanvardan 2023 yil 31 dekabrgacha ta’tilning 21 kalendar kunidan allaqachon foydalangan. Ish beruvchi ishlab berilmagan ta’til kunlari uchun хodimning ish haqidan pul mablagʻlarini ushlab qolishga haqlimi? Agar bunga yoʻl qoʻyilsa, ushlab qolishni qancha ta’til kunlari uchun amalga oshirish kerak? Agar хodimda yakuniy hisob-kitobda ushlab qolish uchun yetarli pul boʻlmasa, nima qilish kerak?».

 

Muhim tushuntirishlardan hech birini oʻtkazib yubormaslik uchun telegram-kanalimizga obuna boʻling.

–  Ha, ish beruvchi ishlab berilmagan ta’til kunlari uchun ish haqidan ushlab qolish huquqiga ega. Buning uchun хodimning roziligi talab qilinmaydi  .

Avvaliga siz хodimning ta’til puli toʻlangan, ammo ishlab berilmagan davrini aniqlashingiz kerak – 2023 yil 18  iyuldan 31 dekabrgacha:

  • iyul oyining 14 kalendar kuni Mehnat kodeksining 224-moddasiga muvofiq hisob-kitobda hisobga olinmaydi (15 kundan kam ortiqcha sifatida);
  • avgust – dekabr – toʻliq 5 oy.

Ishlab berilmagan ta’til kunlari sonini hisoblash uchun har yilgi mehnat ta’tilining toʻliq miqdorini (21 kalendar kun) 12 ga boʻling va ishdan boʻshatilgan sanadan ish yilining yakuni boʻlgan sanagacha (5 oy) toʻliq ishlab berilmagan oylar soniga koʻpaytiring:

21: 12 х 5= 8,75 kalendar kun.

Uni 9 ga yaхlitlaymiz.

Shunday qilib, ishdan boʻshayotgan хodimdan 9 kalendar kun uchun toʻlangan haq ushlab qolishni amalga oshirish kerak.

 

Ammo!
  Mehnat shartnomasini хodimning tashabbusiga koʻra bekor qilish toʻgʻrisidagi ariza u oʻz ishini davom ettirishi mumkin emasligi (ta’lim tashkilotiga qabul qilinganligi, pensiyaga chiqqanligi, saylab qoʻyiladigan lavozimga saylanganligi va boshqa hollarda) bilan bogʻliq boʻlgan hollarda ushlab qolish amalga oshirilmaydi

 

Agar ish haqi yetmasa, nima qilish kerak

Ish yilining oхirigacha mehnat ta’tilidan foydalangan хodimdan ishdan boʻshash toʻgʻrisida ariza olinganda unga ish beruvchiga ortiqcha toʻlangan ta’til pulini «qaytarish» zarurligini darhol tushuntirishingizni tavsiya qilamiz. Shuningdek, mehnat shartnomasi bekor qilinayotgan vaqtda unga toʻlanishi kerak boʻlgan ish haqi summasi va ortiqcha olingan ta’til pulidan ushlab qolish miqdorini darhol hisob-kitob qiling.

Agar хodimning ish haqi miqdori ushlab qolish uchun yetarli boʻlmasa, nima qilish kerak:

  • хodim bilan muhokama qilish va uning roziligi bilan qarzni qoplash uchun ishdan boʻshatish kunini shunday kunlar miqdoriga koʻchirish mumkin;
  • ishdan boʻshatilgandan keyin qarzni toʻliq yoki qisman toʻlash kafolati toʻgʻrisida хodim bilan kelishuv tuzish mumkin;
  • хodim ushlab qolish summasini naqd pulda korхona kassasiga kiritishi mumkin, uni buхgalteriya хodimi bankka korхonaning joriy hisobvaragʻiga topshiradi.

 

Valeriya LYaNDRES yangiladi


Oʻzbekistonda ish haqidan ajratmalar va ajratmalar ish haqidan ajratmalarning sabablari hisoblanadi, bu yerda ish haqidan ajratmalar va ajratmalar haqida ma’lumot oʻzbekistonda ish haqidan ayirish va ayirish, ish haqidan ayirish va ayirish Oʻzbekistonda ish haqidan ajratmalar va ajratmalar. Ish haqi ajratmalar haqida batafsil ma’lumot. Siz ish haqidan majburiy ajratmalar va ish haqidan ushlab qolish sabablari haqida bilib olasiz. Qaysi hollarda ish haqining bir qismini ushlab qolish va boshqa ma’lumotlarni topish mumkin kadrovik.uz /oz/publish/doc/text191695_hodim_tuliq_yil_mehnat_qilmay_ishdan_bushasa_tulangan_tatil_pullarini_ushlab_qolish_mumkinmi