Noyabr oyida har bir kadrovikka asqotadi:
«Korxonada kasaba uyushmasi qoʻmitasi bilan har yilgi ta’tillarni taqdim qilish jadvali kelishilgan va tasdiqlangan. Biroq, ish beruvchi amaldagi intizomiy jazoga asoslanib, xodimga jadval boʻyicha yozda taqdim qilinishi kerak boʻlgan ta’tilni berishdan bosh tortdi. Yoz oʻtdi, xodim mehnat ta’tilidan oʻzi moʻljallagan davrda foydalana olmadi. Bu qonuniymi? Kasaba uyushmasi qoʻmitasi jadval ijrosini nazorat qilishi kerakmi?».
– Ish beruvchi xodimga ta’tillar jadvaliga muvofiq ta’til berishni rad etib, noqonuniy harakat qilgan.
Mehnat intizomini buzganligi uchun ish beruvchi xodimga quyidagi intizomiy jazo choralarini qoʻllashga haqli
:
- hayfsan;
- oʻrtacha oylik ish haqining oʻttiz foizidan koʻp boʻlmagan miqdorda jarima. Ichki mehnat tartib qoidalari bilan xodimga oʻrtacha oylik ish haqining 50% dan koʻp boʻlmagan miqdorda jarima solish holatlari nazarda tutilishi mumkin. Xodimning ish haqidan jarimani ushlab qolish ish beruvchi tomonidan Mehnat kodeksining 269 va 270-moddalariga rioya qilingan holda amalga oshiriladi;
Ta’tillar jadvali – bu ijro qilish ish beruvchi uchun ham, xodimlar uchun ham majburiy boʻlgan ichki normativ hujjatdir. Na ish beruvchi, na xodim ta’tilga chiqish uchun jadvalda belgilangan vaqtni bir tomonlama oʻzgartirishga haqli emas.
Mehnat kodeksining 228-modda 1 va 2- qismlari har bir tashkilotda ta’tillar jadvalini xodimlarning vakillik organi bilan kelishilgan holda tasdiqlash majburiyligini belgilaydi.
Tasdiqlangan ta’tillar jadvali tashkilotning barcha xodimlari etiboriga yetkaziladi: odatda uni boʻlimlarda ilib qoʻyishadi yoki xodimlar u bilan imzo ostida tanishtiriladi. Biroq bu ish beruvchini har bir xodimni uning ta’tili beriladigan vaqt toʻgʻrisida ta’til boshlanishidan kamida oʻn besh kun oldin xabardor qilish majburiyatini istisno qilmaydi
.
Agar ish beruvchini jadval bilan belgilangan ta’til vaqti qoniqtirmasa, u xodimga ta’til davrini oʻzgartirish iltimosi bilan murojaat qilishi mumkin. Jadvalda belgilangan har yilgi mehnat ta’tilini berish vaqti xodim va ish beruvchi oʻrtasidagi kelishuvga binoan rozilik olingandan keyingina oʻzgartirilishi mumkin
.
.Kacaba uyushmalari, ularning birlashmalari, boʻlinmalari va boshlangʻich kasaba uyushmasi tashkilotlari ish joylarida ish beruvchilarning mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga va mehnatni muhofaza qilish qoidalariga, shuningdek jamoa kelishuvlari hamda jamoa shartnomasi, ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qoʻmitasi bilan kelishilgan holda qabul qilingan boshqa hujjatlar qoidalariga rioya etishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish huquqiga ega
.
Valeriya LYaNDRES yangiladi