Xodim ma’naviy zarar uchun 100 million talab qilmoqda

preview

«Ikki yil oldin tashkilot xodim bilan  noqonuniy ishdan boʻshatish boʻyicha sudlashgan. Sud xodimning foydasiga yakunlandi, u qayta tiklandi, barcha kerakli toʻlovlar amalga oshirildi. Shundan soʻng u oʻz xohishiga koʻra ishdan boʻshadi. Endi 2 yildan soʻng xodim yana sudga murojaat qildi – endi oʻsha noqonuniy ishdan boʻshatish munosabati bilan ma’naviy zararni qoplashga. Uning foydasiga 100 million soʻm undirib berishni soʻramoqda.

Ma’naviy zararni qoplash toʻgʻrisidagi nizolar boʻyicha sudga murojaat qilish muddati qancha va bunday summa uchun maksimal miqdor belgilanganmi?»

Savolga «Norma» eksperti, yurist Lenara XIKMATOVA javob berdi:

 

Ekspertlarning bitta ham tushuntirishini oʻtkazib yubormaslik uchun telegram-kanalimizga obuna boʻling.

 

 

– Agar xodimga ish beruvchining noqonuniy xatti-harakatlari (harakatsizligi) tufayli jismoniy yoki ma’naviy azob-uqubatlar yetkazilgan boʻlsa, xodimga ma’naviy zarar qoplanadi. Bunda, agar xodim noqonuniy ishdan boʻshatish toʻgʻrisidagi da’vo jarayonida bunday talablarni bildirmagan boʻlsa, u boshqa istalgan vaqtda alohida da’vo arizasini berish orqali buni qilishga haqli.

Xodimga yetkazilgan ma’naviy zararni kompensatsiya qilish haqidagi nizolar boʻyicha sudga murojaat etish muddati xodimga belgilanmaydi .

Ma’naviy zarar kompensatsiyasining maksimal summasi boʻyicha  cheklovlar yoʻq . Xodim, shartli aytganda, mehnat shartnomasi noqonuniy bekor qilish munosabati bilan oʻz qiyinchiliklarini qanchaga baholasa, milliard soʻm boʻlsa ham soʻrashi mumkin. Ammo kompensatsiyaning yakuniy miqdorini sud belgilaydi – ish beruvchinigg xatti-harakatlarini hisobga olgan holda. Sud jarayoni davomida moddiy zarar miqdoridan qat’i nazar, xodimga ma’naviy zarar va uning kompesatsiya miqdori dalili belgilanadi.

Amaliyotda sudlar odatda javobgarning foydasiga uning bir oylik oʻrtacha ish haqini undirishadi. Bu Mehnat kodeksi  tomonidan belgilangan ma’naviy zarar kompensatsiya summasining minimal miqdori .

 

 

Tushuntirishlar material e’lon qilingan paytda amalda boʻlgan normalarni hisobga olgan holda tayyorlangan va ekspertlar fikrini aks ettiradi. Yakuniy qarorni foydalanuvchi aniq vaziyatlarni hisobga olgan holda mustaqil ravishda qabul qiladi
Oʻzbekistonda ish beruvchining moliyaviy javobgarligi-ish beruvchining moliyaviy javobgarligi turlari, ish beruvchining moliyaviy javobgarligining Qonunchilik normalari oʻzbekistonda ish beruvchining moliyaviy javobgarligi, ish beruvchining moliyaviy javobgarligi, ish beruvchining moliyaviy javobgarligini roʻyxatdan oʻtkazish Oʻzbekistonda ish beruvchining moliyaviy javobgarligi. Bu yerda siz ish beruvchining moliyaviy javobgarligini roʻyxatdan oʻtkazish uchun ma’lumot topishingiz mumkin. Ish beruvchining moliyaviy javobgarligini roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha koʻrsatmalar. Ish beruvchining moliyaviy javobgarligi haqida kadrovik.uz /oz/publish/doc/text192065_hodim_manaviy_zarar_uchun_100_million_talab_qilmoqda