Homilador ayol yengil ishga oʻtishni rad etsa

preview

«Zararli ishlab chiqarishda mehnat qiluvchi injener – homilador xodimaga tibbiy xulosa bilan yengilroq ishga oʻtib ishlash tavsiya etilgan. Bunday ishlar korxona omborida mavjud. Homilador ayol oʻz mutaxassisligi boʻyicha ish talab qildi va aks holda ishga chiqmasligini aytib, u yerga oʻtishdan bosh tortdi.

Xodimaning talablari qonuniymi? Ish beruvchi homilador ayolni taklif qilingan yengil ishga oʻtishni rad etgan taqdirda ishdan ozod etishga majburmi? Bunda uning oʻrtacha ish haqi saqlanadimi? Agar yangi ishga kam haq toʻlansa, oʻtkazishdan keyin homilador xodimaning mehnatiga qanday haq toʻlanadi?»

Vaziyatni  kadrovik.uz iltimosiga koʻra  yangi Mehnat kodeksini ishlab chiqish boʻyicha ekspertlar guruhi rahbari, yuridik fanlar nomzodi Mixail GASANOV va mehnat huquqi boʻyicha «Norma» eksperti, yurist Lenara XIKMATOVA izohlashdi:

 

Ekspertlarning tushuntirishlarini oʻtkazib yubormaslik uchun telegram-kanalimizga a’zo boʻling.

 

– Chindan ham homilador ayollarga tibbiy xulosaga muvofiq ishlab chiqarish normalari, xizmat koʻrsatish normalari kamaytiriladi yoki ular salbiy ishlab chiqarish omillarining ta’sirini istisno qiladigan yengilroq yoki noqulay ishlab chiqarish omillarini istisno etadigan ishlarga oʻtkaziladi.

Bunday oʻtkazish ish beruvchi uchun majburiydir, chunki qonunchilikda nazarda tutilgan uzrli sabablarga koʻra amalga oshiriladi . Sizning holatingizda bunday uzrli sabab tibbiy xulosaning mavjudligi boʻlib, unga koʻra homilador ayol boshqa yengilroq ishga vaqtincha oʻtkazishlariga muhtoj.  Ya’ni, agar tashkilotda bunday ish boʻlsa, ish beruvchi tibbiy xulosani bajarishi va homilador xodimani boshqa ishga oʻtkazishi shart.

 

Yengilroq ishga oʻtkazilgandan keyin homilador xodimaning mehnatiga qanday haq toʻlanadi

Oʻtkazishdan keyin homilador xodimaning mehnati barajadigan ishi boʻyicha toʻlanadi, agar bu ishga kam haq toʻlansa, xodimada avvalgi ishlaridagi oʻrtacha oylik ish haqi saqlanadi .

 

Korxonada mos keladigan ish oʻrinlari boʻlmasa, nima qilish kerak

Bunday holda homilador ayolga yengilroq ish yoki noqulay ishlab chiqarish omillari ta’siridan xoli boʻlgan ish berish masalasi hal etilguniga qadar, u buning oqibatida qoldirilgan barcha ish kunlari uchun oʻrtacha  ish haqi saqlangan holda ishdan ozod etilishi lozim . Agar tegishli ish paydo boʻlmasa, xodima homiladorlik va tugʻish ta’tili boshlangunga qadar (vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasi asosida) oʻrtacha ish haqi saqlangan holda ishga chiqmaslikka haqli.

 

Tibbiy xulosaga koʻra homilador ayolga mos keladigan oson ish boʻlsa, lekin xodima unga oʻtishga rozi boʻlmasachi? Bu holatda oʻrtacha ish haqi saqlanib qoladimi?  

Amaldagi qonunchilik bu savolga aniq javob bermaydi. Bir tomondan, xodim uchun MKning 394-moddasiga muvofiq yengil ishga oʻtishni rad etish nazarda tutilmagan. Boshqa tomondan, xodimni vaqtincha boshqa ishga oʻtkazish uning roziligi bilan amalga oshiriladi, ishlab chiqarish zaruriyati yoki bekor turib qolish bundan mustasno . Koʻrib chiqilayotgan vaziyatda bu variantni qoʻllab boʻlmaydi.

Shuning uchun  ish beruvchida oʻrtacha ish haqini saqlab qolgan holda homilador ayolni ishdan ozod qilish majburiyati faqat tashkilotda unga mos ish boʻlmaganda yuzaga keladi deb hisoblaymiz. Agar bunday ish boʻlsa va ish beruvchi uni homilador ayolga taklif qilsa-yu, lekin u buni rad etsa – pul toʻlgan holda ishdan ozod qilish uchun asos yoʻq.

Homilador ayolni boshqa ishga oʻtishga majburlash mumkin emas. U oʻtkazishni rad etish huquqiga ega, ammo u endi oʻrtacha ish haqini saqlashni talab qila olmaydi.

Shu bilan birga homilador ayollar bilan tuzilgan mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusiga koʻra bekor qilishga yoʻl qoʻyilmaydi, bundan tashkilot (uning alohida boʻlinmasi) tugatilgan yoki yakka tartibdagi tadbirkorning ish faoliyati tugatilgan hollar mustasno .

Shuning uchun, agar xodima unga taklif qilingan yengil ishga oʻtishdan bosh tortgan taqdirda ham, u bilan mehnat shartnomasini progullar uchun bekor qilish mumkin emas. Ammo bu ish beruvchiga ish vaqtini hisobga olish jadvalida «0» qoʻyishga va homilador ayolga ish haqi hisoblamaslikka toʻsqinlik qilmaydi.

Hammasi qonuniy boʻlishi uchun ish beruvchi xodimaning yengilroq ishga oʻtishdan bosh tortganligini hujjatlashtirishi kerak. Unga taklif qilinayotgan tibbiy xulosaga muvofiq oʻtkazish zarurligi toʻgʻrisida boʻsh ish oʻrnini koʻrsatgan holda xabar bering. Bu haqda yozma xabarnoma yuboring va uni xodimaga topshiring. Undan oʻtkazishni yozma rad etishni soʻrang. Agar xodima buni qilishni istamasa, guvohlar ishtirokida xodimaga boshqa ishga oʻtish zarurligi toʻgʻrisida xabar berilganligi, unga bunday ish oʻrni taklif qilingani, ammo u buni rad etgani toʻgʻrisida dalolatnoma tuzing.

E’tibor bering
Agar tashkilotda bir nechta mos boʻsh ish oʻrinlari mavjud boʻlsa, ish beruvchi birinchi navbatda homilador ayolga mutaxassislik boʻyicha ish taklif qilishi kerak.

 

Misol uchun, ushbu boʻsh ish oʻrinlari orasida zararli ishlab chiqarishda emas, balki odatdagi  ish sharoitida muhandisning erkin birligi mavjud. Xodima bu joyga da’vo qilish huquqiga ega.

Oʻtkazish zarurligi toʻgʻrisidagi xabarnomada xodima uchun barcha mos boʻsh ish oʻrinlarini koʻrsatishingizni tavsiya qilamiz. Homilador ayol oʻtishni istagan ish uchun vaqtincha oʻtkazishni rasmiylashtiring. Agar u barcha taklif qilingan joylardan bosh tortgan boʻlsa, uni yuqorida koʻrsatilgan tartibda ish haqini saqlamasdan ishdan ozod qiling.

Agar ozod qilish davrida yangi mos boʻsh ish oʻrni paydo boʻlsa, ish beruvchi xodimga ushbu ishga vaqtincha oʻtishni taklif qilishi shart. 

 

Homilador ayol bilan muddatli mehnat shartnomasi tuzilgan boʻlsa va shartnoma muddati tugayotgan boʻlsa, oʻtkazishdan bosh tortgan taqdirda mehnat shartnomasini uning muddati tugaganligi sababli bekor qilish mumkinmi?

Ayolning homiladorligi davrida muddatli mehnat shartnomasining muddati tugagan taqdirda, ish beruvchi uni homiladorlik tugaguniga qadar, unga homiladorlik va tugʻish ta’tili berilgan taqdirda esa bunday ta’tilning oxiriga qadar uzaytirishi shart . Bu xodimaning arizasi  va homiladorlik holatini tasdiqlovchi tibbiy ma’lumotnoma asosida amalga oshiriladi.

Ayol bilan tuzilgan mehnat shartnomasining muddati tugaganligi munosabati bilan ushbu shartnomani uning homiladorligi davrida bekor qilishga, agar mehnat shartnomasi yoʻq boʻlgan xodimning majburiyatlarini bajarish vaqtiga tuzilgan boʻlsa va homiladorlik tugaguniga qadar ayolni ish beruvchida uning sogʻligʻi holati inobatga olingan holda bajara oladigan boshqa ishga ayolning yozma roziligi bilan oʻtkazish mumkin boʻlmasa, yoʻl qoʻyiladi

 

Kadrovik.uz tavsiya qiladi

Agar xodimga sogʻligʻi holatiga koʻra yengilroq ish tavsiya qilingan boʻlsa, ammo tashkilotda mos ish oʻrni boʻlmasa, quyidagi tavsiyani oʻqing:

 

 

 

Tushuntirishlar material e’lon qilingan paytda amalda boʻlgan normalarni hisobga olgan holda tayyorlangan va ekspertlar fikrini aks ettiradi. Yakuniy qarorni foydalanuvchi aniq vaziyatlarni hisobga olgan holda mustaqil ravishda qabul qiladi
Oʻzbekistonda boshqa ishga oʻtish - boshqa ishga oʻtkazish shartlari, boshqa ishga oʻtkazish boʻyicha koʻrsatmalar boshqa ishga oʻtish, boshqa ishga oʻtish qanday sodir boʻladi, boshqa ishga oʻtish jarayoni, oʻzbekistonda boshqa ishga oʻtish Oʻzbekistonda boshqa ishga oʻtish. Oʻzbekistonda boshqa ishga oʻtish qanday amalga oshiriladi? Bu erda siz boshqa ishga oʻtish tartibi haqida maqolalar topasiz. Hammasi boshqa ishga oʻtish haqida. Boshqa ishga oʻtkazish qoidalari va tartibi /oz/publish/doc/text193290_homilador_ael_engil_ishga_utishdan_bosh_tortsa1