2023 yil 1 dekabrdan boshlab ish haqi va pensiyalar oshiriladi

preview

17 noyabr kuni Prezident PF-196-son Farmonni imzoladi, unga koʻra ish haqi, pensiyalar va ijtimoiy nafaqalar 2023 yil 1 dekabrdan 7%ga oshiriladi.

 

2023 yil 1 dekabrdan boshlab quyidagi miqdorlar belgilanadi (oyiga):

  • mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori  (MHTEKM) – 1 mln 50 ming soʻm (hozir – 980 ming soʻm);
  • bazaviy hisoblash miqdori (BHM) – 340 ming soʻm (hozir – 330 ming soʻm);
  • pensiya hisoblashning bazaviy miqdori (PHBM) – 372 ming soʻm (hozir – 347 ming soʻm),
  • yoshga doir eng kam pensiya miqdori – 725 ming soʻm (hozir – 677 ming soʻm);
  • nogironlik pensiyasining eng kam miqdori, shu jumladan ish staji toʻliq boʻlmagan chogʻdagi nogironlik pensiyasi – 800 ming soʻm (hozir – 747 ming soʻm);
  • mehnatga layoqatsiz fuqarolarga toʻlanadigan nogironlik nafaqasi va bolalikdan nogironligi boʻlgan shaхslarga beriladigan nafaqa – 800 000 soʻm (hozir – 747 ming soʻm); 
  • 1941-1945 yillardagi urush oqibatida nogiron boʻlgan shaхslar va uning qatnashchilari, shuningdek fashistlar konslagerlarining voyaga yetmagan sobiq mahbuslari va Leningrad shahri qamal qilingan davrda ishlagan shaхslarning eng kam pensiya miqdori ustamalarni inobatga olgan holda – oyiga 3, 527 mln soʻm ( hozir – 3,296 mln soʻm);
  • belgilangan yoshga doir eng kam pensiya miqdoridan pensiya oluvchilarning yoshga doir pensiyalari miqdori – 800 000 soʻm (hozir – 747 000 soʻm); 
  • zarur ish stajiga ega boʻlmagan keksa yoshdagi fuqarolarga beriladigan nafaqa miqdori – 608 ming soʻm (hozir – 535 ming soʻm); 
  • ish staji toʻliq boʻlmagan chogʻdagi yoshga doir pensiyaning eng kam miqdori qoʻshimcha toʻlovni hisobga olgan holda – 608 ming soʻm (hozir – 535 ming soʻm); 
  • oʻzgalar parvarishiga muhtoj nogironligi boʻlgan 18 yoshgacha bolalarning parvarishi bilan band boʻlgan bolaning qonuniy vakiliga beriladigan nafaqa miqdori – 608 ming soʻm (hozir – 535 ming soʻm); 
  • boquvchisini yoʻqotganlik nafaqasi oluvchilarning bir nafar mehnatga qobiliyatsiz oila a’zosi uchun nafaqa miqdori – 608 ming soʻm (hozir – 535 ming soʻm), keyingi har bir mehnatga qobiliyatsiz oila a’zosi uchun – 212 ming soʻmdan qoʻshiladi (hozir – 198 ming soʻm); 
  • boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi oluvchilarning bir nafar mehnatga qobiliyatsiz oila a’zosi uchun pensiyaning eng kam miqdori – 608 ming  soʻm (hozir – 535 ming soʻm), keyingi har bir mehnatga qobiliyatsiz oila a’zosi uchun amaldagi tartibga muvofiq pensiya toʻlanadi.

 

 

 

Yangiliklar Yangiliklar Yangiliklar /oz/publish/doc/text194527_2023_yil_1_dekabrdan_boshlab_ish_haqi_va_pensiyalar_oshiriladi