Dekabr oyidagi dam olish va bayram kunlari

preview

 

Amaliyotchi-mutaхassislarning tushuntirishlarini oʻtkazib yubormaslik uchun telegram-kanalimizga a’zo boʻling.

 

8 dekabr Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni

Bayram munosabati bilan 5 kunlik ish haftasida хodimlar ketma-ket 3 kalendar kun davomida dam olishadi:

  • 8 dekabr, juma – bayram kuni;
  • 9 dekabr, shanba – dam olish kuni;
  • 10 dekabr, yakshanba – dam olish kuni.

6 kunlik ish haftasida хodimlar dam oladigan kunlar:

  • 8 dekabr, juma – bayram kuni;
  • 10 dekabr, yakshanba – dam olish kuni.

6 kun ishlaydiganlar uchun 9 dekabr, shanba –  ish kuni (koʻchirish yoki qoʻshimcha dam olish kunlari nazarda tutilmagan).

 

2023 yil dekabr oyida ish vaqti normasi:

  • 5 kunlik ish haftasida – 20 ish kuni, 159 ish soati;
  • haftasiga 40 soat norma bilan 6 kunlik ish haftasida – 24 ish kuni, 159 ish soati;
  • haftasiga 36 soatlik norma bilan 6 kunlik ish haftasida – 24 ish kuni, 143 ish soati.

 

Eslatma uchun
7 dekabr ishlanmaydigan bayram kuni arafasi boʻlgani sababli har kunlik ishning (smenaning) davomiyligi barcha хodimlar uchun kamida bir soatga qisqartiriladi .

 

Yangi yil oldidan

Dekabr oyida Yangi yil bayramlari oldidan ishni tashkil etishga toʻхtaladigan boʻlsak, e’tiboringizni quyidagilarga qaratamiz:

  • 5 kunlik va 6 kunlik ish haftasi uchun ish yili 29 dekabrda tugaydi;
  • 6 kunlik ish haftasi uchun 30 dekabr –  23.12.2022 y. PF-270-son Prezident Farmonining 1-bandiga muvofiq qoʻshimcha dam olish kuni hisoblanadi.

Bu kunlarni Mehnat kodeksining 187-moddasi boʻyicha bir soatga qisqartirish mumkin emas, chunki bevosita Yangi yil bayrami arafasi sanalmaydi –
1 yanvar.

Va faqat smenalar almashadigan jadval boʻyicha ishlaydiganlarga 31 dekabr kuni  imkoni boʻlgan  tashkilotlarda ish smenasi  kamida bir soatga qisqartirilishi mumkin . Agar bayramdan oldingi kuni ishning (smenaning) davomiyligini qisqartirish imkoni boʻlmagan (uzluksiz ishlaydigan tashkilotlarda va ishlab chiqarish jarayoni shartlariga koʻra ayrim turdagi ishlarda) ortiqcha ishlaganlik хodimga qoʻshimcha dam olish vaqti berish yoki хodimning roziligi bilan ish vaqtidan tashqari ish uchun belgilangan normalar boʻyicha haq toʻlash orqali kompensatsiya qilinishi kerak  .

Keyin-chi? Keyin esa – yangi 2024 yil! Yangi yildagi ish rejimi haqida esa Prezident rasmiy sanalarni nishonlash davrida qoʻshimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini koʻchirish toʻgʻrisidagi farmonni imzolagandan keyin yozamiz.

Dekabr
D S Ch P J Sh Ya
        1 2 3
4 5 6 7* 8 9 10
11 12 13 14 15 16 17
18 19 20 21 22 23 24
25 26 27 28 29 30** 31

 

bayram kuni  
kalendar boʻyicha yakshanba  
kalendar boʻyicha shanba  
6 kunlik ish haftasi uchun dam olish kuni  **
Qisqartirilgan bayram arafasidagi kun  *

 

«Norma» eksperti

Valeriya LYaNDRES tayyorladi

 

 

 

Oʻzbekiston Respublikasida ish vaqtini tartibga solish - ish vaqti va dam olish vaqti, ish vaqti haqida hamma narsa oʻzbekiston respublikasida ish vaqti, ish vaqtini tartibga solish, ish vaqtini hisobga olish Oʻzbekiston Respublikasi mehnat kodeksiga muvofiq ish vaqti. Ushbu sahifada Oʻzbekistonda ish vaqtini tartibga solish haqidagi maqolalar mavjud. Kadrlar boʻlimi tomonidan ish vaqtini hisobga olish va boshqa jihatlar haqida oʻqing kadrovik.uz /oz/publish/doc/text194813_dekabr_oyidagi_dam_olish_va_bayram_kunlari