Oʻzbekiston XMTning ish haqini himoya qilish toʻgʻrisidagi Konvensiyasini ratifikatsiya qildi

preview

Prezident 12.03.2024 yilda OʻRQ-918-sonli  “Xalqaro mehnat tashkilotining ish haqini himoya qilish toʻgʻrisidagi 95-sonli Konvensiyasini ratifikatsiya qilish toʻgʻrisidagi qonunni imzoladi (Jeneva, 1949 yil 1 iyul).

 

Qonunchilikdagi yangiliklarni oʻtkazib yubormaslik uchun telegram-kanalimizga obuna boʻling.

 

Ushbu hujjat nima haqida: Xalqaro mehnat tashkilotining ish haqini himoya qilish toʻgʻrisidagi 95-sonli konvensiyasi хodimlarga ish haqini toʻlashda adolatni ta’minlash maqsadida qabul qilingan.

Uning maqsadlari:

  • qonunchilikka muvofiq ish haqining muntazam toʻlanishini ta’minlash;
  • qonuniy asoslarsiz ish haqini ushlab qolishdan himoya qilishni kafolatlash;
  • ish haqini toʻlashda kechikishlarning oldini olish va toʻlovlarni ta’minlash uchun mablagʻlarni nazarda tutish.

 

Ishtirokchi mamlakatlar uchun ahamiyati 

95-sonli Konvensiya ishtirokchi davlatlarni ish haqining adolatli toʻlanishini ta’minlash, ishchilarning mehnat huquqlarini himoya qilish va ish haqi sohasida ekspluatatsiyaning oldini olish uchun qonunchilik va boshqa choralarni koʻrishga chaqiradi. Konvensiya хalqaro miqyosda хodimlarning huquqlarini himoya qilishda muhim rol oʻynaydi.

 

 

 

 

Qonunchilikdagi yangiliklar Qonunchilikdagi yangiliklar Qonunchilikdagi yangiliklar /oz/publish/doc/text197742_uzbekiston_hmtning_ish_haqini_himoya_qilish_tugrisidagi_konvenciyasini_ratifikaciya_qildi