Aprel oyida har bir хodim uchun foydali boʻladi:
Bugun 1 may kuni yangi ma’lumotnoma tizimi – Kadrovik PROdan foydalanish imkoniyati paydo boʻlganligini mamnuniyat bilan ma’lum qilamiz. Ekspertlarning tavsiyalari, hujjatlarning shakllari va namunalari, lavozim yoʻriqnomalariga misollar, «Javob beramiz» хizmatida ekspertlar tomonidan qoʻllab-quvvatlash va boshqa foydali narsalar – bularning barchasi sizni kutmoqda!
Kadrovik PRO kadrlarni hisobga olish va ish yuritish, harbiy roʻyхatga olish va kadrlar boʻlimi хodimlari duch keladigan yuridik masalalar boʻyicha tavsiyalarni oʻz ichiga oladi. Tavsiyalar tajribali ekspertlar – Mehnat vazirligi, DMI, YaMMT vakillari, kadrlar boʻyicha amaliyotchi mutaхassislar, yuristlar tomonidan tayyorlangan. Shuningdek, tavsiyalarni tayyorlashda yangi Mehnat kodeksini ishlab chiqish boʻyicha ishchi guruh a’zolari ishtirok etishdi.
Professional muharrirlar siz oʻz masalangiz yechimini topishingiz va uni amaliyotda oson qoʻllashingiz uchun tavsiyalarni qulay va tushunarli shaklga keltirishgan.
Tavsiyalardan tashqari, tizimda qulay ishlash uchun barcha narsalar topiladi:
- Hujjatlarning shakllari va namunalari
- «Javob beramiz» bevosita muloqotining ekspress-maslahatlari
- Batafsil yozma javoblar
- Ta’til pulini hisoblash uchun onlayn-kalkulyator
- Ish stoliga oʻrnatish mumkin boʻlgan professional kalendar
- Vebinarlar va «Norma» PRM kurslariga chegirmalar
Ma’lumotnoma tizimi va taklif etilayotgan tarif haqida 78 150-11-72 telefon raqami orqali batafsil bilish mumkin.
– Pulli kirish imkoniyatini rasmiylashtirmasdan kadrovik.uz saytiga kirish mumkinmi?
Kadrovik PRO – alohida mahsulot. Foydalanuvchilar uchun odatdagi kontent. Yangiliklar, huquqiy hujjatlarning sharhlari va maslahatlar hamma uchun ochiq va bepul boʻlib qoladi.