2024 yilda Oʻzbekistonda qaysi xorijiy OTMlari akkreditatsiyadan oʻtgan

preview

Xorijiy OTMning diplomiga ega boʻlish obroʻli, ammo chet elda ta’lim olsangiz, bu juda qiyin va qimmat. Biroq Oʻzbekistondan chiqmasdan turib ham nufuzli kasb va xalqaro diplom olishingiz mumkin.

Kadrovik.uz Oʻzbekistonda qaysi xorijiy OTMlar qonuniy faoliyat koʻrsatayotganiga aniqlik kiritdi (maqola e’lon qilingan sanada):

 

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormaslik uchun telegram-kanalimizga obuna boʻling!

 

1

I.M. Gubkin nomidagi Rossiya Davlat neft va gaz universitetining Toshkent filiali (Rossiya)

2

M.V. Lomonosov nomidagi MDUning Toshkent filiali (Rossiya)

3

G.V. Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent filiali (RIU) (Rossiya)

4

Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti (Italiya)

5

Toshkent shahridagi xalqaro Vestminster universiteti (Buyuk Britaniya)

6

Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti (Singapur)

7

Toshkent shahridagi Inxa universiteti (Koreya)

8

Olmaliq shahridagi milliy texnologik tadqiqotlar universiteti filiali «MISiS» (Rossiya)

9

Toshkent shahridagi Puchon universiteti (Koreya)

10

Axborot tizimlari menejmenti Oliy maktabining Fargʻona shahridagi filiali (Latviya)

11

«MMFI» Rossiya milliy yadro tadqiqotlari universitetining Toshkent filiali (Rossiya)

12

Toshkent shahridagi Adju universiteti (Koreya)

13

Toshkent shahridagi Amiti universiteti (Hindiston)

14

Toshkent shahridagi ta’lim dasturlarini realizatsiya qilish markazi «Webster University» (AQSh)

15

Oʻzbekistondagi Sharda universiteti (Hindiston)

16

 «MEI» Milliy tadqiqot universitetining Toshkent filiali (Rossiya)

17

Toshkent shahridagi D.I. Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universiteti filiali (Rossiya)

18

Astraxan Davlat texnika universitetining Toshkent viloyatidagi filiali (Rossiya)

19

Toshkent shahridagi Belorus-Oʻzbekiston qoʻshma tarmoqlararo amaliy texnik kvalifikatsiyalar instituti (Belarus)

20

Iqtisodiyot va texnologiyalar universitetning Toshkent filiali (Turkiya)

21

A.I. Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universitetining Toshkent filiali (Rossiya)

22

Sankt-Peterburg davlat universitetining Toshkent filiali (Rossiya)

23

Varshava «Collegium Humanium» boshqaruv universitetining Andijon filiali (Polsha)

24

N.I. Pirogov nomidagi Rossiya milliy tadqiqot tibbiyot universitetining Toshkent filiali (RNIMU) (Rossiya)

25

Qozon federal universitetining Jizzax filiali (Rossiya)

26

Piza universitetining Toshkent filiali (Italiya)

27

Xalqaro qishloq xoʻjaligi universiteti (Buyuk Britaniya)

 

Shuningdek, 24.07.2019 yildagi 620-son VMQga muvofiq  xalqaro e’tirof etilgan tashkilotlarning (QS, THE, ARWU) reytingida oliy ta’lim muassasalari orasida birinchi 1 000 oʻrinni egallagan xorijiy oliy ta’lim muassasalarining diplomlari toʻgʻridan-toʻgʻri nostrifikatsiya qilinishi va ularning egalariga maxsus sinovlar talab qilinmasligini eslatib oʻtamiz.

E’tibor bering

«Ta’lim toʻgʻrisida»gi Qonunning 29-moddasiga muvofiq nodavlat tashkilotlar ta’lim faoliyati bilan faqat litsenziya olingan kundan boshlab shugʻullanishi mumkin.

«Soxta» ta’lim muassasalarida oʻqish talabalarga nafaqat shartnoma uchun pul yoʻqotish, balki Oʻzbekiston va boshqa davlatlar hududida oʻqishni tasdiqlovchi hujjat sifatida qabul qilinmaydigan diplom olish bilan ham tahdid soladi.

Oliy ta’lim vazirligi abituriyentlar va ularning ota-onalarini edu.uz rasmiy veb-saytida koʻrsatilgan davlat, nodavlat va xorijiy universitetlar roʻyxatidan oliy oʻquv yurtlarini tanlashga chaqiradi.

Saida JANIZAKOVA tayyorladi

 

 

 

 


Tushuntirishlar material e’lon qilingan paytda amalda boʻlgan normalarni hisobga olgan holda tayyorlangan va ekspertlar fikrini aks ettiradi. Yakuniy qarorni foydalanuvchi aniq vaziyatlarni hisobga olgan holda mustaqil ravishda qabul qiladi
Oʻzbekistonda kadrlar hisobi va hisobini yuritishning umumiy masalalari boʻyicha maslahatlar-kadrlar boʻyicha mutaxassislar uchun dolzarb masalalar kadrlar hisobi boʻyicha umumiy masalalar boʻyicha maslahatlar, ofis boshqaruvi boʻyicha umumiy masalalar boʻyicha maslahatlar, xodimlar hisobi boʻyicha umumiy masalalar boʻyicha maslahatlar, umumiy mehnat masalalari boʻyicha maslahatlar, oʻzbekistonda xodimlar hisobi boʻyicha umumiy masalalar boʻyicha maslahatlar Oʻzbekistonda kadrlar hisobi va ish yuritish boʻyicha umumiy masalalar boʻyicha maslahatlar. Saytda kadrovik.uz Oʻzbekistonda kadrlar hisobi va ish yuritishning umumiy masalalari boʻyicha maslahatlar taqdim yetildi. Bu yerda xodimlar muhim mehnat savollariga tegishli javoblarni, xodimlarni boshqarish va mehnat qonunchiligiga rioya qilish boʻyicha tavsiyalarni topadilar /oz/publish/doc/text199524_uzbekistonda_qaysi_horijiy_otmlar_akkreditaciyadan_utgan11