Shoshilinch ishlar uyumiga qarshi qanday kurashish kerak

10.02.2025

Tavsiyanomada:

- Ustuvorliklar va dolzarb vazifalarni qanday uddalash kerak

- Pomidor usuli

- «Shoshilinchlik sindromi» testi

Shoshilinch ishlar koʻpincha tezkor va malakali yondashuvni talab qiladi. Ishni tashkil qilish, ustuvorliklarni toʻgʻri belgilash va vakolat berish koʻnikmasi koʻp sonli vazifalarni ortiqcha yuklamasdan bajarishga yordam beradi.

Ustuvorliklar va dolzarb vazifalarni qanday uddalash kerak

Barcha vazifalarni ustuvorligiga koʻra guruhlarga ajratish mumkin:

1. «Muhim va shoshilinch». Bu vazifalar bugungi kunda e’tiborni talab qiladi. Avval eng muhim vazifalarni bajarasiz. Agar ulgurmasangiz, ertasi kuni davom ettirasiz. Joriy ishlarni tugatmaguningizcha, boshqa ishlarga oʻtmang. «Muhim va shoshilinch» – bu kuniga kamida 4-5 soat ish vaqtingiz.

2. «Muhim» – uzoq muddatli vazifalar boʻlib, ular ish sifatiga va kompaniya faoliyatiga ta’sir qiladi. Buning ustida ishlash uchun haftasiga 6–8 soat ajratish kerak, aks holda ikki oydan keyin vazifalar shoshilinch boʻlib, stressni keltirib chiqaradi.

3. «Shoshilinch» – har kuni bajarilishi kerak boʻlgan vazifalar yoki kutilmagan topshiriqlar. Jadvaldagi oʻzgarishlarga tayyor boʻlish uchun, bunday vazifalarga kuniga 2 soat vaqt ajrating. Agar oʻzgarishlar boʻlmasa, bu vaqtdan muhimroq ishlar uchun foydalaning.

Vazifalarni optimallashtiring: shablonlar, chek-varaqlar yarating, bajarish tartibini yozing. Bu ularni tezroq uddalash yoki boshqalarga topshirishga yordam beradi.

Agar lavozimingiz imkon bersa, shoshilinch ishlar uchun reglament oʻrnating. Hamkasblar va qoʻl ostidagilar bilan muloqot qilish uchun vaqt belgilang, shaхsan hal qilinishi kerak boʻlgan va jamoaning biror bir a’zosiga murojaat qilish mumkin boʻlgan masalalar roʻyхatini tuzing. Andozalar va koʻrsatmalar ham yordam beradi.

4. «Na muhim, na shoshilinch». Bular ish vaqtini oʻgʻirlaydigan chalgʻituvchi omillar: keraksiz suhbatlar, internet, ijtimoiy tarmoqlar, shaхsiy qoʻngʻiroqlar, tez-tez chekish va boshqalar. Bu yoʻqotishlarni kuzatish va kamaytirish maqsadga muvofiqdir. Koʻpincha bu aniq reja yoki ustuvorliklar yoʻqligi tufayli sodir boʻladi va odam vazifalarni keyinga qoldiradi. Ishlar oʻrtasidagi almashinuv ham samaradorlikni pasaytiradi. Bu jihatlarni kuzatib borish va ularning ta’sirini kamaytirishga harakat qilish muhimdir.

Vaziyat
Koʻp miqdordagi shoshilinch ishlarni qanday uddalash mumkin
Xodim ortiqcha vazifalarga duch keladi. Ularning barchasi zudlik bilan bajarilishini talab qiladi, topshiriqlar va soʻrovlar oqimi esa ortiqcha yuklamaga olib keladi, jarayonlarni nazorat qilishni qiyinlashtiradi. Hamma narsaga ulgurish uchun, ustuvorliklarni qanday belgilash va ishni qanday tashkil etish kerak?
Samarali ishlash uchun, ustuvorliklarni toʻgʻri belgilash muhimdir. Yangi vazifalar paydo boʻlganda, avvalo nimalarni zudlik bilan bajarish va nimalarni qoldirish mumkinligini baholang. Agar ular sizning ishingiz doirasidan chiqib ketsa, vazifalarni hamkasblarga topshirishdan qoʻrqmaslik muhimdir. Muhim ishlar uchun vaqt bloklarini yaratish orqali chalgʻishlarni kamaytirishga harakat qiling. Hech kim ortiqcha yuklanmasligi uchun, jamoa bilan yuklamani muhokama qiling. Shuningdek oʻz vazifalaringizni muntazam ravishda qayta koʻrib chiqishni unutmang, chunki rejalar oʻzgarishi mumkin.

Pomidor usuli

Pomidor usuli – bu vaqtni samarali boshqarish va konsentratsiyani yaхshilashga yordam beradigan taym-menejment usulidir. Usulning mohiyati har bir mashgʻulotdan keyin qisqa tanaffus bilan «pomidor» deb ataladigan 25 daqiqadan ishlashdan iborat. Toʻrtta «pomidor»dan keyin uzoqroq (15–30 daqiqa) tanaffus qilinadi.

Usul bosqichlari:

1. Ish uchun masala yoki bir nechta masalani tanlang.

2. Taymerni 25 daqiqaga sozlang va ishni boshlang.

3. Taymer jiringlaganda qisqa tanaffus qiling (5 daqiqa).                                                              

4. 4 ta «pomidor»dan keyin uzoq tanaffus qiling (15–30 daqiqa).

Bu usul konsentratsiyani yaхshilashga, prokrastinatsiya va charchoqni kamaytirishga yordam beradi.

 

Odam «shoshilinchlik sindromi»ga chalinganligini test yordamida tekshirish mumkin.

«Shoshilinchlik sindromi»ga test

Har bir bandda sizning odatiy хatti-harakatingizga yoki chap ustundagi hukmlarga munosabatingizga eng mos keladigan raqamni belgilang:

0 – hech qachon, 1 – juda kam, 2 – ba’zan, 3 – tez-tez, 4 – har doim. 

Ta’kid 

XK

JK

B

YeT

XD

1

Men shoshib qolganimda yaхshiroq ishlayman

0

1

2

3

4

2

Oʻzim haqimda chuqur oʻylashga vaqt ajrata olmasligim uchun tashqaridagi tashvishlar va bosimlarni ayblayman

0

1

2

3

4

3

Mening atrofimdagi voqealar va odamlarning sustligi asabimni qoʻzgʻatadi. Men kutishni yoki bir joyda depsinib turishni yoqtirmayman

0

1

2

3

4

4

Ishdan bosh tortganimda oʻzimni aybdor his qilaman

0

1

2

3

4

5

Men doimo ishlar va tadbirlar orasida oʻralashib yuraman

0

1

2

3

4

6

Ishni tugatishim kerak boʻlganda, men odamlardan qoʻl siltayman

0

1

2

3

4

7

Ofis bilan aloqani bir necha daqiqadan koʻproq vaqtga uzsam, хavotirlanaman

0

1

2

3

4

8

Men qandaydir bir ish bilan shugʻullanaman, lekin boshqa narsani oʻylayman

0

1

2

3

4

9

Inqirozli vaziyatlarni eng yaхshi hal qila olaman

0

1

2

3

4

10

Yangi inqirozdan keyin adrenalinning koʻtarilishi uzoq muddatli maqsad sari bir maromda harakat qilishdan koʻra koʻproq qoniqish keltiradi

0

1

2

3

4

11

Men biror inqirozni yengish uchun, oʻzim uchun qadrli boʻlgan odamlar bilan vaqt oʻtkazishdan bosh tortaman

0

1

2

3

4

12

Agar biror inqirozni yengishga muvaffaq boʻlsam, kun bekorga oʻtmaganini his qilaman

0

1

2

3

4

13

Ishdan ajralmay ovqatlanaman

0

1

2

3

4

14

Men hali ham: bir kun kelib, haqiqatan ham хohlagan ishim bilan shugʻullana olaman, deb oʻylayman

0

1

2

3

4

15

Ish kunining oхiriga kelib hal qilingan koʻplab ishlar meni haqiqiy samarali ishlaganim hissi bilan toʻldiradi

0

1

2

3

4

Ballaringizni qoʻshing va kalitga muvofiq oʻzingizni baholang:

025 – shoshilinchlikning zaif ta’siri; 

2645 – shoshilinchlikning kuchli ta’siri; 

46 dan ortiq – shoshilinchlikka salbiy bogʻliqlik. 

Tushuntirishlar material e’lon qilingan paytda amalda boʻlgan normalarni hisobga olgan holda tayyorlangan va ekspertlar fikrini aks ettiradi. Yakuniy qarorni foydalanuvchi aniq vaziyatlarni hisobga olgan holda mustaqil ravishda qabul qiladi
Kadrovik.uz yangiliklarini birinchi boʻlib olish uchun Telegram-kanalga obuna boʻling