Mehnat shartnomasining shakli

25.02.2025

OʻRQ-1030-son Qonunga muvofiq Mehnat kodeksiga MK 106-moddasiga koʻra mehnat shartnomasini tuzish shakliga taalluqli oʻzgartishlar kiritildi. Endilikda uni nafaqat an’anaviy yozma (qogʻoz) shaklda, balki elektron shaklda ham rasmiylashtirish imkoniyati nazarda tutilgan.

Nimalar oʻzgardi?

Mehnat shartnomasining shakli
♦️Qanday edi: Mehnat shartnomasi faqat yozma shaklda, taraflar tomonidan imzolangan kamida ikki nusхada tuzilar edi.
♦️Qanday boʻldi: Endi shartnomani qogʻoz shaklda ham, elektron shaklda ham rasmiylashtirish mumkin. Ikkala variant ham teng yuridik kuchga ega.

Elektron mehnat daftarchasi
♦️Yangilik: MK 106-moddasining 2-qismida aniqlashtirilishiga koʻra, agar mehnat shartnomasi elektron shaklda tuziladigan boʻlsa, uni rasmiylashtirish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda "Yagona milliy mehnat tizimi" idoralararo dasturiy-apparat kompleksida (YaMMT) amalga oshirilishi kerak.

♦️Bilish muhim:

  • 2024 yil dekabr oyida Vazirlar Mahkamasining 27.12.2024 yildagi 891-son Qarori qabul qilindi, ushbu qaror bilan YaMMTda elektron mehnat shartnomalarini tuzish va elektron mehnat daftarchalarini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga "Elektron mehnat shartnomasini tuzish" degan yangi bob qoʻshildi.
  • Mehnat shartnomasining elektron shaklidan foydalanishni rejalashtirayotgan ish beruvchilar ushbu nizomda belgilangan tartibga rioya qilishlari kerak.

Bu ish beruvchilar va хodimlar uchun nimani anglatadi?

✅ Endi mehnat shartnomasini ikki shaklda – qogʻoz yoki elektron shaklda tuzish mumkin, bunda ularning ikkisi ham teng ahamiyatga ega.
✅ Agar shartnoma elektron shaklda rasmiylashtiriladigan boʻlsa, uni roʻyхatdan oʻtkazish faqat YaMMT tizimi orqali amalga oshiriladi.
✅ Bu oʻzgarish kadrlar hisobini raqamlashtirishga yordam beradi, qogʻoz hujjat aylanishini qisqartiradi va mehnat munosabatlarining shaffofligini oshiradi.

Xulosa: Ish beruvchilar mehnat munosabatlarini rasmiylashtirishda yangi talablarni hisobga olishlari va zarur hollarda YaMMTda belgilangan elektron mehnat shartnomasini tuzish tartibi bilan tanishishlari kerak.

Tushuntirishlar material e’lon qilingan paytda amalda boʻlgan normalarni hisobga olgan holda tayyorlangan va ekspertlar fikrini aks ettiradi. Yakuniy qarorni foydalanuvchi aniq vaziyatlarni hisobga olgan holda mustaqil ravishda qabul qiladi
Kadrovik.uz yangiliklarini birinchi boʻlib olish uchun Telegram-kanalga obuna boʻling