Har yilgi mehnat ta’tilini pulli kompensatsiya bilan almashtirish
Mehnat kodeksining 234-moddasining 3 qismiga kiritilgan oʻzgartishlarga koʻra, foydalanilmagan ta’til uchun pulli kompensatsiya toʻlashda yakshanba kuni inobatga olinmaydi.
Nimalar oʻzgardi?
♦️Qanday edi:
Ilgari foydalanilmagan ta’til uchun pulli kompensatsiyani hisoblash qoidalari 6 kunlik ish haftasidan kelib chiqqan holda, MK 257-moddasi bilan belgilangan edi.
Xodimni ishdan boʻshatishda foydalanilmagan ta’til uchun kompensatsiya quyidagicha hisoblangan:
✅ Foydalanilmagan ta’tilning kalendar kunlari soni aniqlangan;
✅ Oʻrtacha ish haqi MK 257-moddasi 10 qismida belgilangan ish kunlarining oʻrtacha oylik soni (25,3) asosida hisoblangan.
♦️Qanday boʻldi:
MK 234-moddasiga pulli kompensatsiya toʻlashda yakshanba kuni inobatga olinmaydi degan aniqlik kiritildi. Biroq kompensatsiyani hisoblash algoritmining oʻzi oʻzgarmadi.
Amaliyotda bu nimani anglatadi?
⭕️Yakshanba kunini qanday inobatga olish kerak?
Ayrim manbalar bu oʻzgarishni хodimga foydalanilmagan ta’til uchun kompensatsiya toʻlanadigan kunlarning kamayishi sifatida notoʻgʻri talqin qilmoqda. Aslida gap kompensatsiya toʻlanadigan kunlar soni haqida emas, balki toʻlov summasini hisoblashda ushbu kunlarni hisobga olish tartibi haqida bormoqda.
⭕️Hisob-kitob qanday amalga oshiriladi?
♦️Foydalanilmagan ta’til kunlarining soni oʻzgarmaydi.
♦️Oʻrtacha ish haqi хodimning oʻrtacha ish haqi saqlanib qoladigan oydan oldingi oʻn ikki kalendar oy uchun хodimga hisoblangan mehnatga haq toʻlash tarzidagi barcha daromadlar summasining 1/12 qismidan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi, MK 257-moddasining 3 qismi.
♦️Kompensatsiya avvalgidek foydalanilmagan ta’tilning barcha kunlari uchun hisoblanadi, hisob-kitoblarda yakshanba kunlari yillik ta’tilga haq toʻlashda chiqarib tashlanishi kabi chiqarib tashlanadi.
⭕️Misol:
Xodimga ishdan boʻshatilgunga qadar boʻlgan ish davri uchun foydalanilmagan ta’til uchun 10 kalendar kun kompensatsiya toʻlanishi kerak, hisob-kitob quyidagicha boʻladi:
10 ÷ 7 × 6 = 8,57 Butun songacha yaхlitlangandan soʻng ish beruvchi kompensatsiya toʻlashi lozim boʻlgan 9 kunni olamiz, MK 224-moddasi.
✅ Hisoblash formulasi saqlanib qoladi:
⭕️Kompensatsiya summasi = Oʻrtacha oylik ish haqi : 25,3 х 6 kunlik ish haftasi hisobidan kelib chiqqan holda ta’til davridagi ish kunlari soni.
✅ Yakshanba kunlari alohida ajratib koʻrsatilmaydi, biroq toʻlov summasini hisoblashda har yilgi ta’tilga haq toʻlashdagi kabi chiqarib tashlanadi.
Xulosa
⭕️Kompensatsiyani hisoblash algoritmi oʻzgarmadi, biroq Mehnat kodeksiga toʻlovni amalga oshirishda yakshanba kunlari hisobga olinmasligi haqida aniqlik kiritildi.
⭕️Ish beruvchilar MK normalarini toʻgʻri qoʻllash uchun ushbu aniqlikni inobatga olishlari kerak.
- Xodimga har yilgi mehnat ta’tilida boʻlgan vaqti uchun oʻrtacha ish haqi toʻlash
- 12 yoshgacha boʻlgan bolaning ota-onasidan birining ish haqi saqlanmaydigan ta’til olish huquqi
- Har yilgi mehnat ta’tili qismlarga qanday boʻlinadi
- Ish haqi saqlanmaydigan ta’til berishning tartibi
- Chek-list: mehnat ta’tilini qanday rasmiylashtirish kerak
Telegram kanali