2026 yil uchun ishlab chiqarish kalendari: ish kunlari, qoʻshimcha dam olish kunlari va bayramlar

preview

24 dekabr kuni Prezident tomonidan 2026 yilda bayram kunlariga qoʻshimcha ishlanmaydigan kunlar va dam olish kunlarini koʻchirish toʻgʻrisidagi farmon imzolandi. Bu safar hujjat bilan bir yoʻla butun yil ga, shu jumladan Mustaqillik kuni va Qurbon hayitiga qoʻshimcha dam olish kunlari tasdiqlandi. Shuningdek, hujjatda 2026 yil dekabr oyidagi dam olish kunlari haqida ham ma’lumot bor. 2026 yilda хodimlar qancha ishlashlari va dam olishlari haqida yanada batafsil kadrovik.uz nashrida oʻqing.

 

2026 yilda ishlanmaydigan bayram kunlari

Mehnat kodeksining 208-moddasida ishlanmaydigan bayram kunlari belgilangan. Unda Roʻza hayiti va Qurbon hayitidan boshqa barcha bayramlarning aniq sanalari belgilangan. Prezidentning 24.12.2025 yildagi 257-son Farmonida may oyining oхirida bir yoʻla bir nechta qoʻshimcha dam olish kunlari tasdiqlandi. Shundan kelib chiqib, 2026 yilda Qurbon hayiti 27 mayga toʻgʻri keladi deb, хulosa qilish mumkin.

Bayram

Nishonlash sanasi

Yangi yil

1 yanvar

Xotin-qizlar kuni

8 mart

«Roʻza hayiti» (Iyd-al-Fitr)

20 mart (dastlabki sana)

Navroʻz bayrami

21 mart

Xotira va qadrlash kuni

9 may

«Qurbon hayiti» (Iyd-al-Adha)

27 may (dastlabki sana)

Mustaqillik kuni

1 sentyabr

Oʻqituvchi va murabbiylar kuni

1 oktyabr

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni

8 dekabr

E’tibor bering

Jadvalda Roʻza hayiti va Qurbon hayitini nishonlash sanalari oldindan koʻrsatilgan.

Ishlab chiqarish kalendari 2026 yuklab olish

 

2026 yilda dam olish kunlarining koʻchirilishi

2026 yilda dam olish kunlariga uchta bayram toʻgʻri keladi: Xotin-qizlar kuni; Navroʻz bayrami; Xotira va qadrlash kuni. Biroq 5 kunlik va 6 kunlik ish haftasi uchun dam olish kunlarini koʻchirish tartibi farq qiladi.

Bundan tashqari, Prezident Farmoni bilan Yangi yil bayramini nishonlash munosabati bilan dam olish kuni koʻchirildi . Bu 5 kunlik ish haftasida ishlaydigan хodimlarga taalluqli: ular uchun 12 dekabr shanba dam olish kuni 31 dekabr payshanba ish kuniga koʻchiriladi. Shunday qilib, 5 kunlik ish haftasida ishlaydigan хodimlar uchun 12 dekabr ish kuni, 31 dekabr esa dam olish kuni boʻladi.

Dam olish kunlari qanday koʻchirilishi va bu kimlarga taalluqli ekanligini quyidagi jadvalda batafsil koʻrib chiqamiz.

Dam olish kuniga toʻgʻri keladigan bayram

Qanday koʻchiriladi

Kimlar uchun koʻchiriladi

Xotin-qizlar kuni

8 mart yakshanba kunidan 9 mart dushanba kuniga koʻchiriladi

Barcha хodimlar uchun

Navroʻz bayrami

21 mart shanba kunidan 23 mart dushanba kuniga koʻchiriladi

5 kunlik ish haftasida ishlaydigan хodimlar uchun

Xotira va qadrlash kuni

9 may shanba kunidan 11 may dushanba kuniga koʻchiriladi

E’tibor bering

Navroʻz bayrami hamda Xotira va qadrlash kuni 6 kunlik ish haftasida ishlaydigan хodimlar uchun – ishlanmaydigan bayram kuni. Shanba bu хodimlar uchun ish kuni boʻlganligi sababli, ular uchun dam olish kuni koʻchirilmaydi.

 

2026 yilda qoʻshimcha dam olish kunlari

24.12.2025 yildagi PF-257-son  farmonga koʻra, fuqarolar uchun 7 ta qoʻshimcha dam olish kunlari belgilanadi.

Qanday bayramga qoʻshimcha dam olish kuni belgilanadi

Qoʻshimcha dam olish kuni belgilanadigan ish haftasining turi

5 kunlik

6 kunlik

Yangi yil (2026 y.)

2 yanvar

2 va 3 yanvar

Qurbon hayit

28 va 29 may

28, 29 va 30 may

Mustaqillik kuni

31 avgust

31 avgust

Yangi yil (2027 y.)

31 dekabr

E’tibor bering

Prezident farmoni bilan Yangi yil bayramini nishonlash munosabati bilan dam olish kunining koʻchirilishi belgilandi . Bu 5 kunlik ish haftasida ishlaydigan хodimlarga taalluqli: ular uchun 12 dekabr shanba dam olish kuni 31 dekabr payshanba ish kuniga koʻchiriladi. Shunday qilib, 5 kunlik ish haftasida ishlaydigan хodimlar uchun 12 dekabr ish kuni, 31 dekabr esa dam olish kuni boʻladi.

Ishlab chiqarish kalendari-2026 yuklab olish

 

2026 yilda ish vaqtini hisoblash

Hisob-kitob 24.12.2025 yildagi 257-son Prezident qarorida koʻrsatilgan ma’lumotlarga muvofiq, shuningdek Roʻza hayiti va Qurbon hayitini nishonlashning dastlabki sanalarini hisobga olgan holda tayyorlangan.

2026 yilning I choragi uchun ish vaqti hisob-kitobi

Ish haftasining turi

Yanvar

Fevral

Mart

I chorak

5 kunlik (40-soatli)

160

160

151

471

6 kunlik (40-soatli)

160

160

153

473

36-soatli

144

144

136

424

Ish kunlari soni

5 kunlik

20

20

19

59

6 kunlik

24

24

23

71

 

2026 yilning II choragi va I yarim yilligi uchun ish vaqti hisob-kitobi

Ish haftasining turi

Aprel

May

Iyun

II chorak

I yarim yillik

5 kunlik (40-soatli)

176

134

176

486

957

6 kunlik (40-soatli)

174

139

174

487

960

36-soatli

156

124

156

436

860

Ish kunlari soni

5 kunlik (40-soatli)

22

17

22

61

120

6 kunlik (40-soatli)

26

21

26

73

144

 

2026 yilning III choragi va 9 oyi uchun ish vaqti hisob-kitobi

Ish haftasining turi

Iyul

Avgust

Sentyabr

III chorak

9 oy

5 kunlik (40-soatli)

184

160

167

511

1468

6 kunlik (40-soatli)

181

165

166

512

1472

36-soatli

162

150

149

461

1321

Ish kunlari soni

5 kunlik (40-soatli)

23

20

21

64

184

6 kunlik (40-soatli)

27

25

25

77

221

 

IV chorak, II yarim yillik va 2026 yil uchun ish vaqti hisob-kitobi

Ish haftasining turi

Oktyabr

Noyabr

Dekabr

IV chorak

II yarim yillik

Yil

5 kunlik (40-soatli)

168

168

175

511

1022

1979

6 kunlik (40-soatli)

172

167

166

505

1017

1977

36-soatli

156

150

149

455

916

1776

Ish kunlari soni

5 kunlik (40-soatli)

21

21

22

64

128

248

6 kunlik (40-soatli)

26

25

25

76

153

297

 

Yangiliklar Yangiliklar Yangiliklar /oz/publish/doc/text212683_2026_yil_uchun_ishlab_chiqarish_kalendari_ishvaqti_balansi_ishkunlari_dam_olish_kunlari_vabayramlar