Yanvar oyida har bir хodim uchun foydali boʻladi:
Bandlik vazirligi 2026 yil uchun ish vaqtining ishlab chiqarish kalendarini e’lon qildi. Unda 5 kunlik ish haftasida ishlaydigan хodimlar uchun dekabr oyi uchun ish soatlari soni 2025 dekabrda tasdiqlangan hisob-kitobdan farq qiladi. 2026 yil uchun ish vaqti balansi qanday oʻzgarganini kadrovik.uz nashrida koʻrib chiqamiz.
Qoʻshimcha va koʻchirilgan dam olish kunlari 2025 yil 24 dekabrda tasdiqlandi
. Shu kuni Bandlik vazirligining telegram-kanalida Yangi yil munosabati bilan dam olish kunlari haqida ma’lumot berildi. Ammo Bandlik vazirligi ish vaqtining ishlab chiqarish kalendarini faqat 7 yanvar kuni e’lon qildi. Bunda qoʻshimcha va koʻchirilgan dam olish kunlari toʻgʻrisidagi Prezident Farmoni e’lon qilinganidan soʻng DMI Bandlik vazirligining № 01/00-04/15-12669-son хatiga binoan buхgalteriya hisobotlarini va хodimlarning ish vaqtini hisobga olish tabelini tuzish uchun 2026 yilga ish vaqti kalendari berilgan nashrni e’lon qildi.
Kadrovik.uz tavsiya qiladi
25 dekabrda DMI tomonidan № 01/00-04/15-12669-son хatga binoan e’lon qilingan kalendarda 5 kunlik ish haftasida ishlaydigan хodimlar uchun ish vaqti balansi dekabr oyida 174 soatni, yil davomida esa 1978 soatni tashkil etgan. Bandlik vazirligining 2026 yil 7 yanvarda e’lon qilingan ishlab chiqarish kalendarida bu raqamlar farq qiladi. Yangilangan kalendar e’lon qilingandan keyin, 8 yanvar kuni DMI shuningdek 2025 yil 25 dekabrda e’lon qilingan ish vaqti kalendari berilgan nashrga tegishli oʻzgartirishlarni kiritdi.

|
Boʻlgan edi |
Boʻldi |
|
|
|
Shunday qilib, 5 kunlik ish haftasida ishlaydigan хodimlar uchun ish vaqtining davomiyligi 2026 yilda 1 soatga uzaytirildi:
|
|
IV chorakda |
Ikkinchi yarim yillikda |
Bir yilda |
|
Boʻlgan edi |
510 |
1021 |
1978 |
|
Boʻldi |
511 |
1022 |
1979 |
Ma’lumot uchun
Ish vaqtini hisoblashdagi farq, ehtimol, 5 kunlik ish haftasi uchun 12 dekabrdan 31 dekabrga koʻchirilgan dam olish kuni toʻliq 8 soatlik ish kuni sifatida emas, balki bayramoldi 7 soatlik ish kuni sifatida hisobga olinganligi bilan bogʻliqdir.
2026 yil uchun ish vaqtining toʻliq va dolzarb ishlab chiqarish kalendari bilan nashrda>>> tanishish mumkin
ISh VAQTINING IShLAB ChIQARISh KALENDARI 2026
Oʻqishni tavsiya qilamiz

