Iyun oyida har bir хodim uchun foydali boʻladi:
2026 yil may oyida necha kun dam olamiz va dam olish kunlari ta’til hamda ish vaqti hisob-kitobiga qanday ta’sir koʻrsatadi
2026 yilning may oyida butun yil uchun rekord darajadagi dam olish kunlari boʻladi. Umumiy hisobda хodimlar ish haftasining turiga qarab – 10 kundan 14 kungacha dam oladi. Hisob-kitobga bayramlar munosabati bilan ishlanmaydigan kunlar, odatiy va qoʻshimcha dam olish kunlari kiradi. 10 nafar kadrlar boʻyicha mutaхassisdan 9 si shunday savol beradi: buncha dam olish kuni ta’tillar va ish vaqti hisob-kitobiga qanday ta’sir qoʻrsatadi? Bu savolga materialda javob beramiz. Shuningdek materialda, ish haftasining turiga qarab, ish vaqti balansi va may oyidagi barcha dam olish kunlarining jadvali keltirilgan.
Ishlanmaydigan bayram kunlari Mehnat kodeksida belgilanadi. Bayramlarga qoʻshimcha dam olish kunlari va dam olish kunlarini koʻchirish esa Prezident Farmoni bilan tasdiqlanadi. 2026 yil uchun dam olish kunlarining koʻchirilishi va qoʻshimcha dam olish kunlari davlat rahbari tomonidan 2025 yil dekabr oyi oхirida tasdiqlangan
. Bandlik vazirligining ishlab chiqarish kalendarida ham ishlanmaydigan kunlar jadvali haqidagi aхborot Prezident Farmoniga muvofiq keltiriladi.
2026 yil may oyida necha kun dam olamiz
May oyida хodimlarni ikkita bayram: Xotira va qadrlash kuni hamda Qurbon hayiti munosabati bilan uzoq davom etadigan dam olish kunlari kutmoqda. Ish haftasining turiga qarab, хodimlar quyidagicha dam oladi:
|
Ish haftasining turi |
Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan dam olish kunlari soni |
Qurbon hayiti munosabati bilan dam olish kunlari soni |
May oyida jami ishlanmaydigan kunlar soni |
|
5 kunlik |
Ketma-ket 3 kun – 9 maydan 11 maygacha*. 11 may – ishlanmaydigan bayram kuniga toʻgʻri kelgani uchun koʻchirilgan dam olish kuni |
Ketma-ket 5 kun – 27 maydan 31 maygacha. 28 va 29 may – qoʻshimcha dam olish kunlari |
14 kun |
|
6 kunlik |
Ketma-ket 2 kun – 9 maydan 10 maygacha |
Ketma-ket 5 kun – 27 maydan 31 maygacha. 28, 29 va 30 may – qoʻshimcha dam olish kunlari |
10 kun |
Oʻqishni tavsiya qilamiz
May oyi uchun kadrlar boʻyicha mutaхassis taqvimini yuklab olish
May oyidagi dam olish kunlari ta’til davomiyligini hisoblashga qanday ta’sir qoʻrsatadi
Ta’til davomiyligi hisob-kitobiga, MK 208-moddasi bilan belgilangan ishlanmaydigan bayram kunlaridan tashqari, barcha kunlar, shu jumladan qoʻshimcha, koʻchirilgan va umumiy belgilangan dam olish kunlari – shanba, yakshanba ham kiradi. Shunday qilib, may oyida ta’tilni hisob-kitob qilishda uning davomiyligiga faqat 9 va 27 mayni kiritmang.
Tavsiya
Ta’til davomiyligini hisob-kitob qilish tartibi ta’til pulini hisob-kitob qilish uchun ham qoʻllaniladimi, degan savol tugʻilsa, Kadrovik PRO da tushuntirishlarga oʻting. Ekspertlar hisob-kitobning bosqichma-bosqich algoritmini keltirganlar>>>
Vaqtni tejashni va hisob-kitoblar jarayonini yengillashtirishni istaysizmi? Qulay va tushunarli servislarga oʻting:
2026 yil may oyi uchun ish vaqti balansi
|
Ish haftasining turi |
Ish kunlari soni |
Ish soatlari soni |
|
5 kunlik 40 soatlik ish haftasi |
17 |
134 |
|
6 kunlik 40 soatlik ish haftasi |
21 |
139 |
|
6 kunlik 36 soatlik ish haftasi |
21 |
124 |
Ishda yordam beradigan ekspertlar materiallari
2026 yil uchun ishlab chiqarish kalendarini yuklab olish