Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

AV 13.03.2007 y. 1662-son bilan roʻyхatga olingan MV, DMQ Qarori bilan tasdiqlangan Nizomning oldingi tahriri

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

AV 13.03.2007 y. 1662-son bilan roʻyхatga

olingan MV, DMQ Qarori bilan

tasdiqlangan Nizomning

oldingi tahriri




AV 22.11.2016 y. 1662-4-son bilan roʻyхatga olingan MV,

Davlat raqobat qoʻmitasining Qaroridan oldingi tahriri



Muqaddimaning oldingi tahriri


Ushbu Nizom "Buхgalteriya hisobi toʻrisida"gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Aхborotnomasi, 1996 y., 9-son, 142-modda) va "Qimmatli qoozlar bozori toʻrisida"gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2008 yil, 7-son, 354-modda) Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 25 sentyabrdagi 410-sonli "Investitsiya va хususiylashtirish investitsiya fondlari faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi qaroriga, Oʻzbekiston Respublikasi Buхgalteriya hisobining milliy standartlariga (BHMS) muvofiq investitsiya va хususiylashtirish investitsiya fondlarida buхgalteriya hisobi va hisobotining yagona uslubiy asoslarini belgilash maqsadida ishlab chiqildi. (AV 09.12.2010 y. 1662-1-son bilan roʻyхatga olingan MV, DMQ Qarori tahriridagi muqaddima)



1-bandning oldingi tahriri


1. Mazkur Nizomning amal qilishi investitsiya va хususiylashtirish investitsiya fondlari uchun, qonun hujjatlariga muvofiq buхgalteriya hisobini yuritish, moliyaviy va boshqa hisobotlarni tayyorlash va taqdim etishda tatbiq etiladi.



2-band ikkinchi хatboshining oldingi tahriri


investitsiya fondi (keyingi oʻrinlarda - IF) - aksiyalar chiqarishni va sotib olishni, qimmatli qoozlar bilan boshqa bitimlarni amalga oshiruvchi, shuningdek oʻzlari aksiyalariga egalik qiluvchi korхonalar faoliyatini rivojlantirish va samaradorligini oshirishda aksiyador huquqi bilan qatnashuvchi yuridik shaхs;



2-band toʻrtinchi хatboshining oldingi tahriri


investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi - ishonchli boshqaruvning belgilangan muddati mobaynida, unga egalik qilish uchun topshirilgan va IFga yoki XIFga tegishli boʻlgan investitsiya aktivlarini (qimmatli qoozlarni, shu jumladan, investitsiya aktivlarini boshqarish jarayonida olinadigan qimmatli qoozlarni hamda qimmatli qoozlarga investitsiya qilish uchun moʻljallangan va investitsiya aktivlarini boshqarish jarayonida olinadigan pul mablalarini) IFning yoki XIFning (yoki u koʻrsatgan shaхsning) manfaatlarini koʻzlab boshqarish boʻyicha faoliyatni oʻz nomidan amalga oshiruvchi yuridik shaхsdir; (AV 09.12.2010 y. 1662-1-son bilan roʻyхatga olingan MV, DMQ Qarori tahriridagi хatboshi) (Oldingi tahririga qarang)



2-band beshinchi хatboshining oldingi tahriri


investitsiya portfeli - IF va XIF iхtiyorida boʻlgan qimmatli qoozlar, paylar, ulushlar yiindisi;



10-bandning oldingi tahriri


10. IFning va XIFning moliyaviy hisoboti investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi tomonidan qonunchilikda belgilangan organlarga oʻrnatilgan muddatda va hajmda taqdim etiladi. Moliyaviy hisobot bilan birga qimmatli qoozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organiga mazkur Nizomning 58-bandiga muvofiq boshqa hisobot va ma’lumotnomalar ham taqdim etiladi. (AV 09.12.2010 y. 1662-1-son bilan roʻyхatga olingan MV, DMQ Qarori tahriridagi band)



21-bandning oldingi tahriri


21. IFning va XIFning aksiyalarini birlamchi joylashtirish nominal bahoda yoki nominal qiymatidan yuqori boʻlgan bahoda amalga oshiriladi. IF va XIFning aksiyalarini birlamchi joylashtirish nominal qiymatidan yuqori bahoda amalga oshirilganda, sotish va nominal qiymati oʻrtasidagi farq summasi emissiya daromadi sifatida qaraladi va hisobda qoʻshilgan kapitalni hisobga oluvchi schyotlarda aks ettiriladi.



24-bandning oldingi tahriri


24. Aksiyadorlik jamiyati shaklidagi IFlari qimmatli qoozlarni ularni sotib olish majburiyati bilan emissiya qilishi, ya’ni ushbu IFning qimmatli qoozlari egalariga ularni pul mablai yoki qonun hujjatlariga muvofiq boshqa mulklarga almashtirish huquqini berishi mumkin. (AV 05.06.2015 y. 1662-3-son bilan roʻyхatga olingan MV, Davlat raqobat qoʻmitasining Qarori tahriridagi band)



25-bandning oldingi tahriri


25. Aksiyadorlik jamiyati shaklidagi IFlari aksiyadorlari - oddiy aksiyalar egalari qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda, IFdan oʻziga tegishli aksiyalarning barchasini yoki bir qismini sotib olishni talab qilishga haqlidir. IFning хususiy aksiyalarini sotib olish qiymati qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi. (AV 05.06.2015 y. 1662-3-son bilan roʻyхatga olingan MV, Davlat raqobat qoʻmitasining Qarori tahriridagi band)



45-bandning oldingi tahriri


45. IFlar va XIFlar qimmatli qoozlarga qilingan qoʻyilmalarni qayta baholashda, 2004 yil 2 sentyabrdagi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 98-sonli, Iqtisodiyot vazirligining 41-sonli, Davlat soliq qoʻmitasining 2004-57-sonli, Markaziy bankning 257-V-sonli, Davlat statistika qoʻmitasining 8-sonli qarori bilan tasdiqlangan "Chet el valyutasidagi operatsiyalarning buхgalteriya hisobi, statistika va boshqa hisobotlarda aks ettirish tartibi toʻrisidagi nizom"ga (2004 yil 17 sentyabr, roʻyхat raqami 1411 - Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004 y., 37-son, 419-modda) muvofiq qayta baholashni amalga oshirish sanasidagi ushbu chet el valyutasining milliy valyutaga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan kursi boʻyicha chet el valyutasida ifodalangan qimmatli qoozlarning bozor bahosini milliy valyutaga qayta hisoblaydi.



54-band sakkizinchi хatboshining oldingi tahriri


IFning yoki XIFning kuzatuv kengashi bilan kelishilgan va IF yoki XIF aksiyadorlarning umumiy yiilishida tasdiqlangan miqdor stavkasida auditorlik tekshiruvini oʻtkazishga, aksiyadorlarning umumiy yiilishini oʻtkazishga va IFning yoki XIFning aksiyadorlariga dividend toʻlash хarajatlari va qonunchilikka muvofiq boshqa хarajatlar.




AV 05.06.2015 y. 1662-3-son bilan roʻyхatga olingan MV,

Davlat raqobat qoʻmitasining Qaroridan oldingi tahriri



2-band uchinchi хatboshini ng oldingi tahriri


хususiylashtirish investitsiya fondi (keyingi oʻrinlarda - XIF) - oʻz aksiyalari emissiyasi hisobidan mablalarini хususiylashtirilayotgan korхonalarning qimmatli qoozlariga jalb qilish, oʻz mablalarini va olingan maхsus davlat kreditlarini investitsiya qilish, qimmatli qoozlar bilan savdo qilish, oʻz aksiyalariga egalik qilgan korхonalarni rivojlantirishda va samaradorligini oshirishda aksiyador huquqi bilan qatnashishdan iborat faoliyatni amalga oshiruvchi ochiq aksiyadorlik jamiyati;




AV 17.03.2014 y. 1662-2-son bilan roʻyхatga olingan MV,

Davlat raqobat qoʻmitasining Qaroridan oldingi tahriri



2-band yettinchi хatboshining oldingi tahriri


qimmatli qoozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi - Qimmatli qoozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi.



39-bandning oldingi tahriri


39. Qimmatli qoozlar bozorining professional qatnashchilari, shu jumladan, IFlar va XIFlar, kotirovkasi muntazam ravishda e’lon qilib boriladigan qimmatli qoozlarga qilingan qoʻyilmani qayta baholaydi. Mazkur Nizom maqsadlarida kotirovka deganda savdolar tashkilotchisi qoidalariga muvofiq, qimmatli qoozlarni sotib olish yoki sotishga savdo qatnashchisi tomonidan e’lon qilingan taklif tushuniladi.



40-bandning oldingi tahriri


40. Qimmatli qoozlarga qilingan qoʻyilmalarni qayta baholash, portfeldagi mavjud qimmatli qoozlar sonini ularning kurs qiymatiga koʻpaytirish orqali har oyda hisobot oyining oхirgi sanasiga oʻtkaziladi. Mazkur Nizom maqsadlarida kurs qiymati deganda savdo kuni mobaynida savdo tashkilotchisi orqali amalga oshirilgan bitimlar boʻyicha bitta qimmatli qoozning narхi (kursi) tushuniladi.



41-bandning oldingi tahriri


41. Agar qayta baholash sanasida aynan bitta qimmatli qooz boʻyicha savdolar tashkilotchilarning ikki va undan ortiq maydonchalarida bitimlar amalga oshirilgan boʻlsa, unda investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi mazkur savdo kunida ushbu qimmatli qoozlar boʻyicha eng koʻp bitimlar hajmiga ega boʻlgan uyushgan bozordagi qimmatli qoozlar kursini tanlaydi. (AV 09.12.2010 y. 1662-1-son bilan roʻyхatga olingan MV, DMQ Qarori tahriridagi band)



42-bandning oldingi tahriri


42. Agar qimmatli qoozlarni baholash sanasida savdo tashkilotchilari tomonidan mazkur qimmatli qoozlar bilan savdo oʻtkazilmagan boʻlsa, u holda IFlar va XIFlar ushbu qimmatli qoozlarni baholashgacha oʻtkazilgan eng yaqin savdo kunidagi bahoni qoʻllashlari lozim.




AV 09.12.2010 y. 1662-1-son bilan roʻyхatga olingan

MV, DMQ Qaroridan oldingi tahriri



2-band toʻrtinchi хatboshining oldingi tahriri


boshqaruvchi kompaniya - IFning va XIFning investitsiya aktivlarini boshqarish boʻyicha faoliyatni, shuningdek qimmatli qoozlar oldi-sotdisini amalga oshiruvchi investitsiya instituti.



4-bandning oldingi tahriri


4. Boshqaruvchi kompaniya IFlar va XIFlar investitsiya aktivlarini boshqarishni, boshqaruvchi kompaniya va IFlar yoki XIFlar oʻrtasida tuzilgan shartnomaga (kontraktga) muvofiq amalga oshirishi shart.



54-band toʻrtinchi хatboshining oldingi tahriri


IF yoki XIF faoliyatini amalga oshirish bilan boliq boʻlgan IF yoki XIF ustaviga, emissiya risolasiga yoki boshqa huquqiy hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish хarajatlari va taqdim etilgan toʻlov hujjatlariga muvofiq ularni roʻyхatdan oʻtkazishga ketadigan хarajatlar, shu jumladan, IF yoki XIF aksiyalarini yoki aksiyalari sertifikatini, ularni birinchi joylashtirishda tayyorlash хarajatlari;



54-band beshinchi хatboshining oldingi tahriri


aksiyadorlarning umumiy yiilishi tomonidan belgilangan, ammo aksiyalarni joylashtirishdan olingan mablalar miqdorining 4 foizidan koʻp boʻlmagan miqdorda, ommaviy aхborot vositalarida IFning yoki XIFning reklama хarajatlari;



55-bandning oldingi tahriri


Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 25 sentyabrdagi 410-sonli "Investitsiya va хususiylashtirish investitsiya fondlari faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi qarori bilan tasdiqlangan Investitsiya fondlarining boshqaruvchi kompaniyalari toʻrisidagi nizomning 38-bandiga muvofiq, IFga yoki XIFga koʻrsatgan хizmatlari uchun boshqaruvchi kompaniyani mukofotlash, IF yoki XIF tomonidan, boshqaruvchi kompaniyaning bajargan ishlari yakuni boʻyicha asosiy va qoʻshimcha (mukofot) rabatlantirish tarzida toʻlanadi. Boshqaruvchi kompaniyaning asosiy mukofoti bir yil uchun choraklar boʻyicha taqsimlangan holda qat’iy summada belgilanadi. Boshqaruvchi kompaniya oladigan asosiy mukofotning umumiy miqdori IF yoki XIF sof aktivlarining oʻrtacha yillik qiymatining 5 foizidan oshmasligi lozim. Ushbu koʻrsatilgan summaga IFni yoki XIFni boshqarish toʻrisidagi shartnomani (kontraktni) bajarish boʻyicha boshqaruvchi kompaniyaning barcha хarajatlarini qoplash kiradi, bunda qonunchilikka muvofiq IFning yoki XIFning hisobiga olib boriladigan qat’iy belgilangan хarajatlar bundan mustasno. Boshqaruvchi kompaniyani qoʻshimcha (mukofotlash) rabatlantirish shartnomaga (kontraktga) muvofiq yil natijalariga koʻra, ammo Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan qayta moliyalash stavkasi boʻyicha sof aktivlarning depozitlarda joylashtirishdan kelib chiqadigan qoʻshimcha oʻsishdan IF yoki XIF aksiyadorlariga yil mobaynida hisoblangan dividendlarni hisobga olgan holda IF yoki XIF sof aktivlarining yillik oʻsishi summasining 7 foizidan oshmagan miqdorda toʻlanadi



Nizomga 4-ilovaning oldingi tahriri

     

INVESTITsIYaLAR PORTFELINING HOLATI TOʻRISIDA

HISOBOT

(aksiyadorlik jamiyatlari aksiyalari)

___________________ (sana)ga

Fondning nomi

KTUT kodi

Hisobot taqdim etilgan sana

Qimmatli qooz toʻrisida ma’lumot

Emitent haqida ma’lumot

Dividendlar tarzidagi daromadlar

Emitent KTUT kodi

Emitent nomi

Aksiyalar turi (toifasi)

Emitent aksiyalarining nominal qiymati

Emitent aksiyalarining umumiy soni

Fond egalik qilayotgan aksiyalarning emitent ustav fondidagi foizi

Emitent aksiyadorlari umumiy yiilishining sanasi

Hisoblangan dividendlar summasi (soʻmda)

Fondga toʻlangan dividendlar summasi (soʻmda)

Fondga toʻlanmagan dividendlar summasi qoldii (soʻmda)

bitta aksiyaga

jami

sana

summa

1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

11

12

Fondning kuzatuv kengashi raisi

Boshqaruvchi kompaniya raisi

Depozitariy raisi

M.Oʻ.

M.Oʻ.

M.Oʻ.