Noyabr oyida har bir kadrovikka asqotadi:
Karantinda ish haqi qancha muddat toʻlanmay turishi mumkin
Qaysi paytdan boshlab korxonada ish haqini toʻlash boʻyicha qarz muddati oʻtkazib yuborilgan hisoblanadi? Ish haqi boʻyicha muddat oʻtkazib yuborilganligi uchun kim va qanday hajmda javob beradi? Agar bunda bank aybdor boʻlsa, qanday yoʻl tutish lozim? Yoki kontragentlar vaqtida toʻlovni amalga oshirmaganligi uchun korxonaning hisobvaragʻida pul mavjud boʻlmasachi? Vaziyatni «Norma»ning kadrlar masalalari boʻyicha eksperti Lenara XIKMATOVA tushuntirdi.
- Ish haqini bir kunga boʻlsa ham kechiktirish, sabablaridan qat’i nazar, mehnat qonunchiligining buzilishi hisoblanadi.
Mulkchilikning barcha shaklidagi korxonalar va tashkilotlar oʻzining moliyaviy holatidan qat’i nazar, xodimga bajargan ishi uchun haqni oʻz vaqtida va toʻliq hajmda toʻlashi shart
. Buning uchun rahbar shaxsan javobgar boʻladi
.
Xodim shikoyat bilan yuqori turuvchi tashkilotga (agar mavjud boʻlsa), kasaba uyushma qoʻmitasiga (agar u a’zo hisoblansa), davlat mehnat inspeksiyasiga, prokuraturaga yoki sudga murojaat qilishi mumkin.
Qonun boʻyicha javobgarlik choralari
Direktorni ma’muriy javobgarlikka tortishlari mumkin
(BHMning 5 baravaridan 10 baravarigacha, bir yil davomida huquqbuzarlik takroran sodir etilgan boʻlsa - BHMning 10 baravaridan 15 baravarigacha jarima). Shuningdek, korxona mulkdori direktorni intizomiy jazolashi mumkin.
Agar kechiktirilishida bank aybdor boʻlsa, prokuraturaga murojaat qilish zarur. Bank xodimlarini MJTKning 241-7-moddasiga binoan ma’muriy javobgarlikka tortish (BHMning 20 baravaridan 40 baravarigacha jarima) toʻgʻrisida ariza beriladi. Agar ma’muriy jazodan keyin bank yana ish haqi uchun pul mablagʻlarini berishni kechiktirsa, bu uning xodimlarini jinoiy javobgarlikka tortishga sabab boʻladi
.
MKning 16-moddasi talablari ish beruvchiga ish haqini xodimlarga har yarim oyda bir martadan kam boʻlmagan tarzda toʻlash majburiyatini yuklaydi. Aniq muddatlar korxonaning jamoa shartnomasida yoki boshqa lokal normativ hujjatida koʻrsatilgan boʻlishi darkor (“boʻnak – joriy oyning __-sanasigacha, ish haqi - kelasi oyning __-sanasigacha”).
Xodimni ishdan boʻshatish chogʻida ish beruvchi unga ish haqini MKning 110-moddasida belgilangan muddatlarda toʻlashga majbur.
Jamoa shartnomasida nimani yozish kerak
Shuningdek, jamoa shartnomasida ish beruvchining aniq javobgarlik choralari belgilanadi
. Masalan, unda korxona ish haqi kechiktirilgan har bir kun uchun oʻz xodimlariga toʻlaydigan penya belgilanishi mumkin. Yoki jamoa shartnomasida xodimlarning ish haqini toʻlash qanchadir muddatdan ortiq kechiktirib yuborilganda ishni toʻxtatib turish huquqi belgilanishi mumkin. Bunda shu davr uchun xodimlar uchun ish haqi saqlanib qoladi.
Shuningdek, jamoa shartnomasi maketi ish haqi boshqa organlar aybi bilan kechiktirilgan taqdirda ish beruvchi qabul qilishi kerak boʻlgan choralarni taklif qiladi:
- “xizmat koʻrsatuvchi bankning aybi bilan sodir boʻlganda – Ish beruvchi (2001 yil 22 iyundagi 264-son VMQ asosida tuzilgan bank va mijoz oʻrtasidagi xizmat koʻrsatish shartnomasiga binoan) bank rahbariyatiga jarima undirish toʻgʻrisida talabnoma kiritishni va undirilgan jarimani mehnatga haq toʻlash fondiga yoʻnaltirishni oʻz zimmasiga oladi;
- “muddati oʻtgan debitor qarzdorlik mavjudligi sababli kechiktirilish sodir boʻlganda - Ish beruvchi debitor qarzlarni jarimalar, penyalar bilan birga undirishni va undirilgan mablagʻni mehnatga haq toʻlash fondiga yoʻnaltirishni oʻz zimmasiga oladi;
- kechiktirilish hisob raqamida mablagʻning yoʻqligi sababli sodir boʻlganda - Ish beruvchi tijorat bankidan kredit olib mehnat xaqini toʻlashni oʻz zimmasiga oladi (2002 yil 19 martdagi 88-son VMQga binoan)”.
Jamoa shartnomasida belgilangan choralarning bajarilishini nafaqat taraflarning vakillari va mehnat jamoasi, balki Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining organlari ham nazorat qiladi
.