Oktyabr oyida har bir хodim uchun foydali boʻladi:
Oʻzbekistonliklar Ramazon hayitida necha kun dam olishadi
Kelayotgan bayramlar ish vaqti taqvimida qanday aks etishini buxgalter.uz eksperti Viktoriya BEZGINA tushuntirdi:
- Ushbu haftada oʻzbekistonliklar 4 kun dam olishlari mumkin - bu haqda Prezidentning “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 3 dekabrdagi “2021 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qoʻshimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini koʻchirish toʻgʻrisida”gi PF–6122-son Farmoniga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi PF–6222-son Farmonida aytiladi:
- 13 may - Ramazon hayiti bayrami sifatida qayd etilgan;
- 14 may - qoʻshimcha ishlanmaydigan kun;
- 15 may - ish haftasi turidan qat’i nazar dam olish kuni.
Byudjet tashkilotlarida qoʻshimcha dam olish kuni har yilgi mehnat ta’tilining davomiyligini 1 ish kuniga qisqartirish hisobiga qoplanadi. Biroq hatto qisqartirish hisobga olingan holda ta’til 15 ish kunidan kam boʻlmasligi kerak.
Ta’til davrida saqlanadigan oʻrtacha oylik ish haqi miqdorini hisoblashda uning amaldagi davomiyligi hisobga olinadi, unga qoʻshimcha ishlanmaydigan kun qoʻshiladi.
Qolgan tashkilotlarda 14 may qoʻshimcha ishlanmaydigan kun ish beruvchi iхtiyoriga koʻra taqdim etilishi mumkin:
1) byudjet tashkilotlarida kabi ta’tilni qisqartirish hisobiga;
yoki
2) qoʻshimcha dam olish kuni sifatida tashkilotning moliyaviy imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda, jamoa shartnomalari yoki ish beruvchilar tomonidan kasaba uyushmasi qoʻmitalari bilan kelishib qabul qilinadigan boshqa lokal hujjatlarga muvofiq. .
Shuningdek, qoʻshimcha ishlanmaydigan va dam olish kunlari taqdim etilishi munosabati bilan may oyiga ish vaqti me’yori qisqaradi va quyidagini tashkil etadi:
- “besh kunliklar” uchun 40 soatli ish haftasida - tegishincha 19 kun va 151 soat;
- “olti kunliklar” uchun 40 soatli ish haftasida - tegishincha 23 kun va 151 soat”.